Mavzu: Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tasnifi



Yüklə 15,8 Kb.
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü15,8 Kb.
#156812
1   2   3   4   5   6
Pedagogik qobiliyat turlari va ularning tavsifi

O’qituvchi nutqi jumlalarni, murakkab og’zaki izohlarni, qyin atamalarni va zarurati bo’lmasa, turli ta’riflarni ishlatmasligi lozim. Shu bilan birga o’qituvchi shuni ham hisobga olishi kerakki, o’qituvchining lunda-lunda bo’lib chiqqan qisqa nutqi ko’p hollarda o’quvchilarga tushunarsiz bo’lib qolar ekan. O’qituvchining o’z o’rnida ishlatilgan hazil aralash va xayrixohlik bildiruvchi arzimagan kinoyali nutqi o’quvchilarni juda jonlantirib, o’quvchilar tomonidan o’tu yaxshi qabul qilinar ekan.

Qobiliyatli o’qituvchining nutqi jonli, obrazli, aniq-ravshan intonasiyali va ifodali, emosiyaga boy, dona-dona bo’lib, bunda stilistik va grammatik xatolar mutlaqo bo’lmasligi loizm. Bir xil ohangdagi ezma nutq o’quvchilarni juda tez toliqtirib, ularni zeriktiradi va bexafsala qilib quyadi. Shu bilan birga bunday nutq I.P.Pavlovning fiziologik ta’limotiga ko’ra doimiy ta’sir etuvchan qo’zg’ovchiga aylanib, katta bosh miya yarim sharlar pustida tormozlanish jarayonini yuzaga keltirib, o’quvchini ezma va uyquchan qilib quyadi.

Shoshqaloq nutq bilim o’zlashtirishga xalaqit berib, bolalarni tez toliqtiradi, muhofazaqiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. O’ta sekin lanjlik va zerikishga olib keladi. Nutqning balandligi – qattiq gapirish ham xudi shu singari xollarga olib keladi. Xaddan tashqari qattiq, keskin, baqirib gapirish o’quvchilarning asabiga tegib, ularni tez toliqtirib, muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi.

3. O’qituvchining tashkilotchilik, avtoritar va kommunikativ qobiliyatlari

Tashkilotchilik qobiliyati – bu birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunday jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o’zining shaxsiy ishini to’g’ri tashkil qila olish qobiliyatidir.

O’quvchilar o’z o’qituvchilari haqida turlicha fikrda bo’ladilar. Jumladan, ayrim o’quvchilar: «…Biz Azim akani juda yaxshi ko’ramiz. Ular sinfimizda bir pasning ichida , juda tezlik bilan ishchanlik kayfiyatini uyushtirib, barchamizni o’zining po’xtaligi, ozodaligi, epchilligi va tadbirkorligi bilan hayratda qoldiradilar» desalar, ayrim o’quvchilar: «Sobir akamlar bizning ixlosimizni qaytarib, xafsalamizni bir pul qiladilr. Ular ko’p ishga urinadilaru, ammo birortasini ham oxriga yetkazmaydi…» deydilar.


Yüklə 15,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə