Mavzu: Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tasnifi


Avtoritar qobiliyati – bu o’quvchilarga bevosita emosional-irodaviy ta’sir etib, ularda obru orttira bilishdan iborat qobiliyatlardir



Yüklə 15,8 Kb.
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü15,8 Kb.
#156812
1   2   3   4   5   6
Pedagogik qobiliyat turlari va ularning tavsifi

Avtoritar qobiliyati – bu o’quvchilarga bevosita emosional-irodaviy ta’sir etib, ularda obru orttira bilishdan iborat qobiliyatlardir.

Avtoritar qobiliyat o’qituvchining rostguyligi, irodaviy uddaburonligi, o’zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy xislatlarga, shu bilan birga o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his etishi, uning e’tiqodi, o’quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olganligiga ishonch kabi xislatlariga ham bog’liqdir.

Kommunikativlik qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo’lishga, o’quvchilarga yoshdoshish uchun to’g’ri yo’l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.

Kommunikativlik qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo’lishga, o’quvchilarga yoshdoshish uchun to’g’ri yo’l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.

Pedagogik takt psixologiyasini o’rganishda psixolog I.V.Straxov benixoya katta hissa qo’shgan. Uning fikricha bunda muximi o’quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo’llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, o’quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.

Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri – har qanday pedagogik ta’sirga nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni his eta bilishdan iboratdir. Farosatli o’qituvchi bolalarga e’tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi.

4. O’qituvchining pedagogik xayoli, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati.

Pedagogik xayol – kishining o’quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyixalashtirishda qz ish harakatlarining natijasini oldindan kura bilishda namoyon bo’ladigan maxsus qobiliyatidir. Bu qobiliyat o’qituvchi ma’lum o’quvchidan kelgusida Kim chiqishini ko’z oldiga keltirishida, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarning o’sib rivojlanishini oldindan ko’ra bilishida namoyon bo’ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, o’quvchiga bo’lgan ishonch bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham o’quvchilar ayrim o’qituvchilar to’g’risida «Axmad akamlar, chamasi ichimizdagi eng yaramaslariga ham ishonchlarini yo’qotmasdilar, shuning uchun ham biz ularni hurmat qilardik» degan fikrlarni izxor qiladilar.


Yüklə 15,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə