Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Pedagogik diagnostikaning mohiyati va funktsiyalari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə103/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Pedagogik diagnostikaning mohiyati va funktsiyalari. O'zbekistonning har tomonlama rivojlanishi va amalga oshirilayotgan islohotlaming muvaffaqiyati aholining, ayniqsa, yosh avlodning bilimi, tarbiyasi va madaniyatining qay darajada shakllanganligiga bog'liqdir.
O’quv-tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi o’mi nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy: “ Ta’lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat”1 - degan fikmi “Fozil odamlar shahri asarida alohida ta’kidlagan. Jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti- harakatini sekin - asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyami tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib boradi, ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda o’qituvchi yoshlaming shaxs sifatida rivojlanishining xususiyatlarini e’tiborga olishi zarur. Mustaqil, ma'rifiy-madamy, adolatli va insonparvar jamiyatda yosh avlodni har tomonlama yetuk, axloqli, odobli kishilar sifatida kamol toptirish dolzarb vazifadir. Mustaqil respublikamizning «Ta'lim to g risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablari bilan hamohang ravishda barkamol insonni voyaga yetkazish uchun zarur bo'lgan quyidagi xususiyatlami shakllantirish lozim. -ijobiy fazilatlar mohiyati, mazmunini to'g'ri tushunish hamda tahlil qilib, munosabat bildira olish; -jamoada qabul qilingan normalarga amal gilish, mehnat qilish malakalarini egallsh;
1 Абу Hacp Фаробий. Фот ил одамлар ша^ри.-Ташкент: Укитувчи, 2004,-87-бет. 27 -
barkamol inson siymosini idrok etish, uning ma'naviy qiyofasini shakllantirish usullarini izlash.
Mashg'ulot o'tkaziladigan sharoitlardan qat’i nazar o'quv jarayonini qulaylashtirishga xizmat qiluvchi diagnostika quyidagi maqsadlargayo'naltiriladi: - ta'lim natijasi noto'g'ri baholanganda ichki vatashqi tahrirga; - ta'limdagi kamchiliklarni aniqlashga; -ta'limning muvaffaqqiyatli natijalarini tasdiqlaShga; -o'quv jarayonining keyingi bosqichlarini rejalshtirishga; - ta'limtarbiyadagi muvaffaqiyatlami rag batlantirish orqali motivatsiya paydo qilishga va keyingi murakkab qadamlami yonaltirishga; - o'quv-tarbiyaviy sharoitlami yaxshilashga. Nufuzli amerika ma'lumotnomalarining (Lindguist) birida pedagogik tashxislash vazifalari (Edicational Measurement) ga yirik boblar uchun o'rin ajratilgan: o'qitish jarayonida uslubiy yordam ko'rsatish, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabdagi ijtimoiy pedagog maslahati, tarbiyaviy jarayonda ta'limning o'mi (Plaziering). Bu yana bir karra ilmiy asoslangan pedagogik diagnostika o'quv-tarbiyaviy jarayonning mazmunini boyitishga xizmat qilishini ko'rsatadi. Pedagogik diagnostikada o4quvchi shaxsi pedagogik diagnostika obyekti sifatida qaraiadi.
Ta’lim muassasadagi ta’lim - tarbiya sifati, moddiy - texnika bazasining mustahkamligi, o’quv jarayonida axborot - kommunikatsiya vositalari va o’qitishning zamonaviy metodlaridan, innovatsiyalardan samarali foydalanilayotgani o’quvchi shaxsini kamol toptirishga qaratiladi va o’quv dargohining bilim o’chog’i degan maqomga munosibligini ko’rsatadi.
Bugungi kunda pedagogik diagnostikaning shuriday tamoyillarini amaliyotda qo’llash lozimki, bu tamoyillar tarbiyalanuvchi, o'quvchi-yoshlaming shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ulaming pedagogik dahlsizligini ta’minlashi, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an'analar orqali ularga ijobiy ta'sir ko rsatishi va korreksiyalash metodikalarini oqilona tatbiq etishi zarur.
Tashxislashning natijalari kadrlar tayyorlash va ulaming kasbiy malakalarini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Tashxislashda mavjud pedagogik muammolar ravshanlashadi, ulaming yechimini topish zarurati amqlanadi. Muammolar yechimi faoliyatning tarkibiy qismlarida, vazifalami oqilona taqsimlashda o'z aksini topadi. Pedagogik diagnostika funktsiyalari (vazifalari) aynan shu nuqtayi nazardan kelib chiqadi:
-teskari aloqa funktsiyasi-ko'zlangan o'quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishish shakllari vayo'llarini tahlil qilish;

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə