Mavzu: poyaning morfologik tuzulishi


Poyaning hayot kechirish davriga qarab turlari



Yüklə 108,89 Kb.
səhifə9/11
tarix22.03.2024
ölçüsü108,89 Kb.
#180709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BIOLOGIYA KURS ISHI ODINA

Poyaning hayot kechirish davriga qarab turlari.

Bargli poyaga novda deyiladi. Uning asosiy vazifasi o`simlikni havodan oziqlanishiga xizmat qilishdir. Poya barg va ildiz orasida boglovchi oraliq bo`lib, unda hosil bo`lgan moddalarni o`tkazib beradi. Poya yon novdalarini va bargni tutib turib maxanik funksiyani bajaradi.
Novda kurtakdan yoki urug`dan hosil bo`ladi. Novdani barg birikib turadigan qismi barg o`rni yoki bo`g`in deb nomlanadi. Birinchi bo`g`inidan ikkinchi bo`g`inigacha bo`lgan masofa bo`g`in oralig`i deyiladi.
Barg va poya oralig`idagi masofa barg qo`ltig`i deyiladi.
Bo`g`in oralig`i uzun va qisqa bo`ladi. Agar bo`g`in oralig`i qisqa bo`lsa qisqa bo`g`inli, uzun bo`lsa uzun bo`g`inli novdalar deyiladi.
Novdada bo`g`in va bo`g`in oraliqlari bir necha bo`lib, ular doimo takrorlanib turadi. Bu hodisaga metameriya deyiladi.
Кurtak bu novdaning murtak holatidir. Unda barg va poya murtakda joylashgan singari joylashadi.
Har bir kurtakning tuzilishi o`sish konusini himoya qilishga qaratilgan. Кurtakning tashqi qismini qoplab turuvchi barglar kutin va mumsimon moddani shimib, tangachalar hosil qiladi. Tangachalar temir daraxtida qora rangda bo`lib fiziologik himoya qilish vazifasini bajaradi. Кashtan bargli eman daraxti kurtaklari mayda tuklar bilan qoplangan bo`ladi. Кurtak poyada joylashgan o`rniga qarab quyidagi turlarga bo`linadi.
Apikal - uchki kurtaklar. Yon kurtaklar. Yon kurtaklar barg qo`ynida joylashadi, shuning uchun bu kurtaklarni yon kurtaklar deyiladi. Кurtaklarni faoliyatiga qarab faol kurtaklar va yashirin kurtaklarga ajratiladi. Yashirin kurtaklar daraxtsimon o`simliklarda ko`p uchraydi. Qo`shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo`ladi.
Кelib chiqishiga ko`ra: vegetativ kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash kurtaklarga bo`linadi.
Vegetativ kurtaklardan novda, gul hosil qiluvchi kurtaklardan - gul, aralash kurtaklardan bargli to`pgul hosil bo`ladi.
Кurtaklarning shakli va o`lchami har xil bo`lib, ular yumaloq, konussimon, tuxumsimon, uchi qirrali va uchi qirrasiz bo`lishi mumkin.
Кurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bo`linadi.
1. Navbat bilan - spiral,
2. Qarama - qarshi.
3. Xalqasimon shaklda.
Qarama - qarshi joylanish siren, pista, yalpiz kabi o`simliklarda kuzatiladi.

Yüklə 108,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə