Mavzu: Qadimgi Hindiston svilizatsiyasi. Qadimgi hind sivilizatsiyasining paydo bo`lishi


Yevropaliklar tomonidan oʻrganilishi



Yüklə 21,67 Kb.
səhifə2/6
tarix25.09.2023
ölçüsü21,67 Kb.
#123740
1   2   3   4   5   6
1-Topshiriq-Qadimgi Hindiston sivilatziyasi

Yevropaliklar tomonidan oʻrganilishi
XIX asrning oxirgi choragi va XX asrning boshlarida Hindistonda arxeologik tekshirishlar boshlandi. XX asrning 20-30 yillarda hind qadimshunoslari Hind vohasidagi eng qadimiy madaniyatni kashf qildilar. Hind daryosi vodiysidagi qazilmalar Hindiston tarixi ibtidosini ming yil oldinga surdi. Qadimgi Hindistondagi boy madaniyat oriylardan meros emasligi, balki oriylar kelishidan ancha avval Hindistonning tub aholisi yuksak madaniyatga ega bo‘lganligi aniqlandi.
Hindiston diyori jahonning qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Hindiston tarixining ibtidosi bo’lgan Qadimgi Hind sivilizatsiyasi haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: Mohenjadaro, Mahabhabharata, Xarappa (Panjob viloyati), Veda, Avidya, Svastika, Gang, Adiryan, Bengal, Himolay, Tlidas.
Insoniyat tarixida ishlab chiqaruvchi xo’jalikning, shahar madaniyati va yozuvning, xullas, sivilizatsiyaning ilk vatani Yaqin Sharq bo‘lib, insoniyatning madaniy yutuqlari shu yerdan butun ko’hna dunyoga, g’arb-u sharqqa tarqalgan degan fikr XX asr boshlarida ham hukmron ilmiy karash edi. Ammo keyingi tadqiqotlar bu qarashga tuzatishlar kiritib bormoqda. Dastlabki shunday kashfiyotlar XX asrning 20- yillaridayoq amalga oshirildi: hind arxeologlari Saxni va Banerji Hind daryosi bo‘yida Mesopotamiyadagi shumerlar va Misrdagi ilk fir’avnlar davridayoq mavjud bo‘lgan qadimgi sivilizatsiya qoldiqlarini ochdilar. Olimlar ko’z oldida rivojlangan hunarmandchilik, ajoyib shaharlar va o’ziga xos madaniyatga ega bo’lgan sivilizatsiya namoyon bo‘ldi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Dastlab arxeologlar ushbu sivilizatsiyaning eng yirik shahar markazlari – Xarappa va Mohenjo-Daroni ochdilar. Bu sivilizatsiya ochilgan birinchi shahar nomidan kelib chiqib, Xarappa sivilizatsiyasi deb ataldi. Shu tariqa Hind sivilizatsiyasini qadimiylik bo‘yicha yer yuzida Mesopotamiya va Misr sivilizatsiyalari bilan tengdosh bo’lgan uchinchi sivilizatsiya deb atash mumkin. Ammo ba’zi tadqiqotchilar bu sivilizatsiyaning endi o‘rganilayotganligini nazarda tutib, eng qadimgi bo’lishi ham mumkin, degan taxminni aytmoqdalar. Hind sivilizatsiyasi ham boshqa qadimgi sivilizatsiyalar qatori daryolar bo’yida shakllangan va sug‘orma dehqonchilikka asoslangan edi. Qadimgi Hind sivilizatsiyasining qirg’oq bo’ylab tarqalish moyiligiga qarab olimlar unga Mesopotamiyaning ta’siri kuchli bo’lganligi haqida tahmin qilishadi. Darhaqiqat, Mesopotamiya sivilizatsiyasi qadimgi Hind sivilizasiyasi mavjudligidan dalolat beruvchi dastlabki manbalardan bir necha asr oldin vujudga kelgan. Bundan tashqari, ularning shahar hayotida ham anchagina umumiylik bor: «o’rta sinf» shaharliklarning nisbatan to’kis yashash darajasi, yuqori darajadagi fuqarolik ongining shakllanganligi (bu faqat Mesopotamiyadagi manbalar bilan isbotlangan bo’lib buni tasdiqlovchi hind manbalari topilmagan) bu umumiylikning eng muhim jihatlaridir Ammo shaharni rejalashtirish, ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvni chiqarishning puxtaligi Mohenjo-Daro aholisining yuksak turmush madaniyatidan dalolat beradi. Bu ikki sivilizatsiyalarning o’xshash tomonlari umumiy xarakterga ega bo’lib, mayda farqlar bilan izohlanmaydi.
Hindiston mamlakati shu nomdagi yarimorol hamda Osiyo qit’asining Hind va Gang daryolari vodiylaridagi bir qismini egallagan.
Gang vodiysidagi tropik o‘rmonlar, ulkan daraxtlar va rang-barang o‘simliklarga boy bo‘lgan.
Miloddan avvalgi 3- mingyillikda Hind daryosi vodiysida katta shaharlar vujudga kela boshladi.
Moxenjodaro va Xarappa shaharlari Hind daryosi havzasining eng yirik shaharlari edi.

Yüklə 21,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə