Mavzu: Qurilish xaritalari Kirish I bob Qurilish xaritalari 1 Yirik masshtabli kadastr kartalarini loyihalash va tuzish kursining maqsadi va vazifalari



Yüklə 41,82 Kb.
səhifə6/7
tarix31.05.2023
ölçüsü41,82 Kb.
#114544
1   2   3   4   5   6   7
2.2 Qadimdagi kadastr va kartalar.
Integratsiya bo`yicha talablar. Sistemada EHM ning turli tipdagi apparatli vositalari, operatsion sistemalar, ma`lumotlar formati va amaliy dasturiy ta`minot sistemalari minimallashtirilishi kerak. Barcha komp’yuterlar tarmoqqa ulangan bo`lishi kerak. Fotogrammetrik server, ma`lumotlar bazasi serveri va grafik ma`lumotlar alohida kommutatorlarga ulangan, hamda ular bir biri bilan bog’langan bo`lishi zarur. Shu orqali barcha ishchi o`rinlaridagi fotogrammetrik kichik sistemalari fotogrammetrik serverga bog’langan kommutatorlarga ulanadi. Qolgan ishchi o`rinlari ma`lumotlar bazasi va grafik ma`lumotlari serveriga ulanadi. Lokal hisoblash tarmog’i kabellari ekranlashtirilgan bo`lishi kerak. Shunda ular elektromagnit nurlanishidan himoya qilinadi. Tarmoqda ishchi o`rinlari o`rtasidagi ma`lumot almashinuvi 100 Mbit/sek. dan, server va kommutatorlar o`rtasidagi ma`lumot almashinuvi 1000 Mbit/sek. dan kam bo`lmasligi kerak. Sistemani integratsiyalashda sistema komponentlari o`rtasida almashinadigan ma`lumotlar mosligi ta`minlanmog’i kerak. Barcha tipdagi ishchi o`rinlari o`rtasida, hamda ishchi o`rin va server o`rtasida ma`lumot uzatish ishlab chiqarish jarayoniga ta`sir qilmasligi kerak. Barcha kichik sistemalarda ishchi o`rinlari uchun plotter va printerlar ajratilgan bo`lishi kerak. Apparat vositalariga umumiy talablar. Kadastr kartografiyasining avtomatlashgan sistemasida kunlik, haftalik va oylik to`liq ma`lumotlar zahirasi uchun apparat va dasturiy vositalar qarab chiqilgan bo`lishi kerak. Grafik masalalarni yechish va stereokuzatish uchun ishlatiladigan barcha kompyuter monitorlari videokartalar bilan birgalikda progresivlikka ega bo`lishi va quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak: magnitlanishning qurilmaviy funktsiyalari; monitorni aylantirish va qiya qilishni ta`minlovchi podstavkalarni mavjudligi; operatorni standartga mos holda radiatsion va elektromagnit nurlanishdan himoyalash; antistatik himoya. Barcha ishchi o`rinlari kompressiya va dekompressiya vositalari bilan (apparatli yoki dasturiy) ta`minlangan bo`lishi kerak. 23 Barcha CD-ROM qurilmalari CD-RW formatidagi disklarni o`qishni ta`minlashi kerak. Dasturiy ta`minotga umumiy talablar. Maxsuslashtirilgan interfeysning dasturiy mahsulotlari avtomatlashgan kartografiyaning masalalarini yechishga mo`ljallangan, GIS ning oddiy operatsiyasi sifatida, operator uchun oddiyroq va qulay bo`lishi kerak. Sistemada ma`lumotlarni tashqi xotirada saqlash va qayta tiklash uchun arxivlashni ta`minlovchi dasturiy vositalar qarab chiqilgan bo`lishi zarur. Raqamli kartografik ma`lumotlarni jamlash uchun mos keluvchi dasturiy vositalarni qarab chiqish talab etiladi. Eng muhimi amaliy dasturiy ta`minotni to`ldirish, modernizatsiya qilish, yangi til va dasturlarni qo`llagan holda yangilarini yaratish, foydalanuvchi menyusini yaratish uchun ochiluvchanligi kuchaytirish kerak. Aerofotosuratlarni skanerlovchi ishchi o`rinlariga talablar. Funktsional talablar. Aerofotosuratlarni skanerlash ishchi o`rinlari quyidagi jarayon va operatsiyalarni bajarilishini ta`minlashi kerak: - skanerlash paytida hisobga olinadigan fotometrik korrektsiya parametrlarini tanlash (gistogramma, gamma); - pikselli o`lchamlarda berilgan fotometrik korrektsiya parametrlari bilan aerofotosuratlarni skanerlash; - tasvirlar obzori piramidasini tuzish bilan bir vaqtda skanerlash; - skanerlangan suratlarni fotommetrik, gistogramma va gammalar korrektsiyalari; - skanerlangan tasvirni monitorda qarab chiqish; - koordinatalar sistemasiga bog’liq holda suratlarni koordinatalarini o`tkazish; - skanerlash natijalarini talab etilgan formatlarga TIFF, TIFF TILED, Raw Raster ga o`tkazish; - raqamli tasvirni kompressorlash; - skanerni fotometrik va geometrik kolibrovka qilish. 24 Fotogrammetrik skanerga talablar: - piksel o`lchami minimal 8 mkm dan ko`p bo`lmasligi, maksimal 40 mkm dan kam bo`lmasligi kerak; - radiometrik razresheniya – 256 (8 bit) kulrang gradatsiyasida yoki RGB kanalining har birida bo`lishi; - geometrik aniqliq – skanerlangan tasvirdagi nuqtalarning o`rtacha kvadratik joylashuvi 3 mkm dan ko`p bo`lmasligi; - optik zichlik diapazoni – 2,5 D kam bo`lmasligi; - maksimal optik zichlik – 2,8 D dan kam bo`lmasligi; - ma`lumotlarning ko`rinishi – optik zichlikdagi piksellarda; - rastrli tasvirlarni ochiq formati. Fototriangulyatsiya ishchi o`rinlariga talablar. Umumiy talablar. Fototriangulyatsiya fotogrammetriyaning raqamli metodlari yordamida amalga oshirilishi kerak. Fotogrammetrik tarmoqni o`tkazish dasturi tayanch ma`lumotlar sifatida GPS yordamida olinadigan, aerofotosuratlarni proektsiyalari markaziy koordinatalari qo`llanilgan blokli tarmoqlarni qurishni ta`minlashi kerak. Funktsional talablar. Ishchi o`rinlari quyidagi funktsional imkoniyatlarga ega bo`lishi kerak: - loyihani boshqarish, tayanch va nazorat nuqtalari koordinatalarini kiritish, aerofotosyomka parametrlari, aerofotoapparat kolibrovkasi parametrlari; - ichki mo`ljallash, aerofotosuratlar deformatsiyasini affinnalar, polinomiallar yordamida hisoblash; - fotogrammetrik tarmoqdagi nuqtalar koordinatalarini aniqlash (qo`lda yoki avtomatik); - koordinatasi aniqlangan nuqtalarni markirlash; - o`lchash natijalarini ASCH fayllar shaklida ko`rsatish; - qayta o`lchash, o`lchashni to`g’rilash; - o`lchash natijalarini tezkor nazorat qilish; - fototriangulyatsiya tarmog’ini to`g’rilash. 25 Stereosyomka ishchi o`rinlariga talablar. Umumiy talablar. Ushbu ishchi o`rni joydagi obyektlarni stereoskopik syomkasini o`tkazish bo`yicha kompleks ishlarni bajarish uchun mas`uldir. Unda syomka natijalari obyektlar konturining vektorli modeli shaklida, syomkaning to`liqligi va aniqligi nazorat qilingan holda namoyish etiladi. Ishchi o`rni fotogrammetriyaning raqamli metodlariga asoslangan bo`lishi kerak. Funktsional talablar. Ushbu ishchi o`rni quyidagi funktsional imkoniyatlarga ega bo`lishi kerak: - loyihani boshqarish, tayanch va nazorat nuqtalari koordinatalarini kiritish, aerofotosyomka parametrlari, aerofotoapparat kolibrovkasi parametrlari; - aerofotosuratlarni o`zaro orientirlash; - stereomodellarni qurish va ularni monitor ekraniga olib chiqish; - modelni tayanch nuqtalar bo`yicha tashqi orientirlash; - rel’ef va obyektlarning nuqtalar koordinatasini o`lchash; - konturlar koordinatalarini turli rejimlarda o`lchashni ta`minlash; - dialog rejimida o`lchash natijalarini to`g’rilash va qayta o`lchash; - chiziqlarni shakli va rangini berish, hamda yorqin va yaxshi ko`rinadigan shartli belgilarni qo`llash; - obyektlar konturi vektorli modelini qayta ishlovchi ishchi o`rinlariga uzatish; - konturlar vektorli modelini nazorat abrisini nashr qilish. Fotogrammetrik serverga talablar. Fotogrammetrik server aerofotosuratlarni fotogrammetrik qayta ishlashda qo`llaniladigan va ishlab chiqariladigan barcha materiallar, hamda ma`lumotlarni saqlashga ixtisoslashgan. Server parametrlariga asosiy talablar: - protsessorlar miqdori – ikkitadan kam bo`lmasligi; - protsessorni yuqori sifatli ishlab chiqarilganligi; - operativ xotira – 2 Gb dan kam emas, 4 Gb gacha kengaytirilgan; - diskli xotira hajmi – 600 Gb dan kam bo`lmasligi; 26 - hamma diskli xotira RAID massivi shaklidagi ma`lumotlarni saqlashda yuqori ishonchlilikni ta`minlishi kerak; - server imkoniyati 1000 Mbit/sek. bo`lgan Gigabit Ethernet texnologiyali tarmoq adapteriga ega bo`lishi kerak.
Kartamateriallarni skanerlovchi ishchi o`rinlariga talablar. Funktsional talablar. Ushbu ishchi o`rni quyidagi funktsional imkoniyatlargaega bo`lishi kerak: - ko`p rangli kartamateriallarni skanerlash; - oq-qora kartamateriallarni skanerlash; - rastrli tasvirlarni filtrlash; - rang va fototon bo`yicha ajratish (oq-qora tasvirlar uchun); - rastrli tasvirlar gistogrammalari tahlili, filtratsiyasi, binarizatsiyasi; - kartamateriallar koordinatalarini o`tkazish va ularni deformatsiyasini hisoblash, tasvirlarni geometrik korrektsiyasi; - rastrli tasvirlarni ekranda vizuallashtirish, masshtablashtirish va panoramalashtirish; - rastrli tasvirlarni ishchi o`rinlariga vektorlash uchun eksport qilish; - kartografik skanerlarni fotometrik va geometrik kolibrovka qilish. Kartografik skanerga talablar: - kiritiluvchi hujjatlar formati – A0 (ISO) gacha; - rangli kartalarni va ko`p tonli materiallarni skanerlash imkoniyatlari; - yorqin va yorqin bo`lmagan materiallar bilan ishlash imkoniyatlari; - jihoziy (instrumental) ta`minlash razresheniyasi – har dyuymga 500 nuqtadan kam bo`lmasligi; - geometrik aniqlik – nuqtalarning o`zaro holati o`rta kvadrati chiziq uzunligining 0,1 % dan oshmasligi kerak, skanerlangandan so`ng matematik korrektsiya – chiziq uzunligini 0,01 % oshmasligi kerak; 27 - rang gradatsiyasi soni – 256 rang gradatsiyasi (8 bit/piksel) oq-qora tasvirlar uchun va 256 gradatsiya (8 bit) RGB ning har bir kanali uchun, shuningdek har bir pikselga 24 bit rangli tasvirlar uchun; - apparatli yoki dasturli rang ajratishni ta`minlash; - optik zichlik diapazoni 0,1-2,5 D dan kam bo`lmasligi kerak; - skanerni kalibrovka qilish va tekshirish vositalari. Karta va ortofotoplanlarni vektorlash ishchi o`rinlariga talablar. Karta va ortofotoplanlarni vektorlash ishchi o`rinlariga funktsional talablar. Karta va ortofotoplanlarni vektorlash ishchi o`rinlari quyidagi jarayonlarni bajarilishini ta`minlashi kerak: - rastrli binar tasvirni qo`lda yoki yarimavtomatik tarzda vektorlash; - ko`p tonli rastrli tasvirlarni qo`lda vektorlash; - vektorlash natijalarini redaktorlash – dialogda raqamlash natijalarini to`g’rilash va qayta o`lchash; chiziq bo`yicha nuqtalarni birlashtirish usullari (qirqma, qiyshiq, yopiq, duga); konturlar (chiziqlar); konturlarni bo`lish; chiziqlarni chiziqlar va nuqtalarga birlashtirish; nuqtalar qo`yish; konturlar modelini topologik to`g’riligini avtomatik nazorat qilish; ma`lum koordinatalarni nuqtalar bilan belgilash; alohida nuqtalar, chiziqlar, chiziq fragmentlarini o`chirish; - vektorlash natijasini ekranda vizuallashtirish; - chiziqlarga shakl, qalinlik va rang berish, yaxshi ko`rinuvchi grafik belgilardan shartli belgilar uchun foydalanish; - kichik sistema ishchi o`rinlaridagi vektorli ma`lumotlarni qayta ishlash va nashr qilish uchun eksport qilish.
Keyingi yillarda geografiya axborot tizimlarda dalada ko`zatilgan, geopozitsionli tizim orqali va sunniy yo`ldoshlardan olingan ma`lumotlardan keng foydalana kelmoqda. Dalada olingan ma`lumotlar geodezik asboblar erdamida, 28 topografik syomka orqali olingan ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Maxsus dastur ―koordinata geometriyasi‖ (COGO) ma`lumotlarni geografiya axborot tizimlar uchun mo`ljallangan formatga ezib beradi. Geopozitsionli tizimdan foydalanilganda eng kamida ikkita qabo`l qiluvchi vositalar ishlatilsa ma`lumotlar aniqligi oshadi. Ushbu usul ―differentsial usuli‖ deb nomlanadi va muhim bo`lgan nuqtalarning koordinatalrini aniqlashda qo`l keladi. Qabo`l qiluvchi vositalar olingan ma`lumotlarni turli xil koordinata va balandliklar tizimlarga aylantirish imkoniyatga ega. Ayrim geopozitsion va geografiya axborot tizim birgalikda ishlatishga mo`ljallangan. Ushbu qo`llanmada bu masalaga ko`p e`tibor berilmagan. Arofotosuratlar va sunniy yo`ldoshlardan olingan ma`lumotlardan ham geografiya axborot tizimlarda foydalanish imkoniyatlari katta. SPOT sunniy yo`ldoshdan olingan tasvirlar Internet orqali tarqalgani tufayli muhim manba` sifatida ishlatilish mumkin. Turli xil echimligidagi tasvirlar alohida turgan uylarni bir biridan ajratish imkon beradi va turli vazifalar echishga mos keladi. Kodlash jarayoni geografiya axborot tizimga ma`lumot kiritish jarayonining faqat ayrim qismidir. U natijasida nuqtalarning koordinatalar to`g’risida ma`lumot barpo etiladi. Geografiya axborot tizimida saqlanadigan har bir element to`g’risida ma`lumotni ham komp’yuter xotirasiga kiritish kerak. Ma`lumki, ushbu ma`lumot ham raqamli tarzda kiritilish lozim. Xaritaga nazar tashlasak unda turli xil ma`lumotlar har xil usuldan foydalanib ko`rsatilgan. Misol uchun, darelar uchun ularning nomlari, chuqurligi, kengligi, tezligi, ko`prik va boshqa inshootlar kabi axborot berilgan. Ushbu axborot tushunishni komp’yuterga ham o`rgatish kerak. Ilgari atributlar xususida gap ketgan edi va ular oddiy fayl tarzida saqlanadi, boshqacha, aytganday, oddiy jadval va ushbu jadvalning qatorlari xaritada berilgan elementlar, ustunlar esa elementlarning ko`rsatkichlari. Misol uchun, qatorlarda daryolarning nomlari berilsa, ustunlarda esa har bir darening o`ziga hos ko`rsatkichlari, ya`ni tezligi, kengligi, dengiz sathidan balandligi va h.q.
Ma’lumki, karta - Yer yuzasining, boshqa osmon jismlarining yoki kosmik fazoning kichiklashtirilgan, umumlashgan, matematik jihatdan aniqlangan tasviri bo`lib, ma`lum tizimli shartli belgilar asosida ularda joylashgan yoki proyeksiyalangan obyektlarini ko`rsatadi. Obyekt sifatida kartada tasvirlangan ixtiyoriy voqea va hodisalar tushuniladi. Zamonaviy GAT – bu ko`p miqdordagi grafik va mavzuli ma`lumotlar bazasiga ega bo`lgan, baza asosida ish bajarish imkoniyatiga ega modelli va hisobli funktsiyalar bilan birlashgan, fazoviy ma`lumotlarni kartografik shaklga aylantirish, turli qarorlarni qabul qilish va monitoring ishlarini amalga oshiradigan avtomatlashgan tizim, deb qaraladi. GAT maqsadiga ko`ra - ko`p maqsadli, axborot-ma`lumotnomali, monitoring va inventarizatsionli, tadqiqotli, boshqaruvli, o`quv ishlariga mo`ljallangan, nashrli va boshqa yo`nalishli bo`lishi mumkin. Zamonaviy GIS texnologiyalarda kadastr kartalari va planlarini tuzishni amalga oshirishda juda samarali va to`laqonli vositalar maxsuslashtirilgan dasturiy va apparatli sistemalardir, quyida biz ularni kadastr kartografiyasining avtomatlashtirilgan sistemasi deb ataymiz. Kadastr kartografiyasining avtomatlashgan sistemasi (KKAS) avtomatlashtirilgan ishchi o`rinlarini jamlanmasini o`zida mujassamlashtirgan, hamda ular lokal hisoblash tarmog’i bilan aloqada kadastr kartografiyasi mahsulotini tuzishning umumiy texnologiyasiga birlashtirilgan. KKAS aerofotosyomka materiallarini fotogrammetrik qayta ishlash bo`yicha kameral ishlar kompleksini bajarish, kartalarni raqamlash, raqamli kartografik ma`lumotlarni qayta ishlash kabi qator ishlarni o`z ichiga oladi va so`nggi mahsulot sifatida: raqamli karta va planlar, qattiq yuzaga nashr qilingan karta va planlar, raqamli va an`anaviy shakldagi ortofotoplanlar va ortofotokartalar ishlab chiqariladi. Kadastr kartografiyasining avtomatlashgan sistemasi strukturasida uchta kichik sistemani ajratish mumkin: fotogrammetrik kichik sistema; karta va ortofotoplanlarni vektorlash sistemasi. Har bir ko`rsatilgan kichik sistema o`z navbatida ishchi o`rinlaridan iborat. Ishchi o`rinlari deganda belgilangan texnologik jarayonlar va operatsiyalarni bajarilishini ta`minlovchi texnik va dasturiy vositalar kompleksi tushuniladi. Aerofotosuratlar va sun’iy yo`ldoshlardan olingan ma`lumotlardan ham geografiya axborot tizimlarda foydalanish imkoniyatlari katta. SPOT sun’iy yo`ldoshdan olingan tasvirlar internet orqali tarqalgani tufayli muhim manba sifatida ishlatilishi mumkin. Turli xil yechimligidagi tasvirlar alohida turgan uylarni bir biridan ajratish imkon beradi va turli vazifalar yechishga mos keladi. Kadastr kartografiyasining avtomatlashgan sistemasini asosiy komponentlaridan biri raqamli kartografik ma`lumotlarni qayta ishlash kichik sistemasi (RKM) sanaladi. U sistemani so`nggi mahsulotini olish uchun kerak bo`lgan barcha texnologik jarayonlarni bajarilishini ta`minlaydi. Kiruvchi materiallar va ma`lumotlar. Quyida kichik sistemada navbatdagi qayta ishlash uchun kiruvchi ma`lumotlar va materiallar sanab o`tilgan: - fotogrammetrik kichik sistemadan olingan vektorli ma`lumotlar; - karta va ortofotoplanlarni vektorlash natijasi bo`lgan obyektlar konturining vektorli modeli fayllari shaklidagi kartalarni vektorlash kichik sistemasidan olingan ma`lumotlar; - taxeometr yordamida qilingan dala syomkalari natijasida olingan kadastrli kartografik ma`lumotlar; - turli metodlar bilan olingan obyektlar nazorat abrislari: ularga stereofotogrammetrik metod, karta va ortofotoplanlarni vektorlash usuli, dala syomkalari natijalari; - obyektlarni hujjatli shaklda va matnli ASCH fayllar, aerofotosuratlarni deshifrovkasi natijalari, kiritiluvchi kartografik materiallar ko`rinishidagi xarakteristikasi; - agar kichik sistema dasturiy vositalari semantik ma`lumotlarni kiritish imkoniyatlariga ega bo`lsa, fotogrammetrik, hamda karta va ortofotoplanlarni raqamlash yordamida olingan sistemani ichki formati fayllaridagi kartalashtirilayotgan obyektlar haqidagi semantik ma`lumotlar; - tuzilayotgan karta varaqlari ma`lumotlari (nomi, nomenklaturasi, burchaklar koordinatasi, koordinatalar sistemasi, proektsiyasi va b.); - raqamli ortofotoplanlar. Yer kadastrini informatsion asosini tuzishni ta`minlovchi, joydagi yerkadastr ishlarini asosiy xillari bo`lib, yer inventarizatsiyasi va kadastr kartografiyasi sanaladi. Bu ishlar bir-biridan ajralmaydi, ular uchun kiritiladigan ma`lumotlar umumiy, inventarizatsiya va kadastr kartografiyasi ishlari tarkibiga kiruvchi ayrim dala ishlari bir vaqtda olib borilishi mumkin. Joyning inventarizatsiyasi va kadastr kartografiyasi bo`yicha ishlarning natijalari kadastr kartalari va yozma inventarizatsion materiallar shaklida ko`rsatiladi.
Qurilishni tashkillashtirish loyihasida quyidagilar ko‘zda tutilgan: vaxta poselkalari maydonchalarining minimal O‘lchamlari, ВСН-199-84 talablaridan kelib chiqqan holda;

  • O‘simlik qatlami va daraxtlarni maksimal darajada saqlab qolish;

  • Asosiy qurilish ishlarini namunaviy texnologiya xaritalari va sxemalari bo‘yicha tashkil etish;

  • O‘ymalar gruntlarini ko‘tarmalarda yer polotnosini tiklashda maksimal darajada ishlatish;

  • Tuproq tashish yo‘llaridan oqilona foydalanish;

  • Avtomatika va aloqa kabel liniyalarini tiklashda transheyasiz kabel yotqizgichlarni qo‘llash;

  • Poseloklar hududidan O‘tgan avtomobil yo‘llaridan grunt tashish maqsadida tunda foydalanishni cheklash;

  • Aholi punktlari hududida tunggi paytda gruntni zichlash ishlarini to‘xtatish;

  • Avtotransport harakatlanadigan zonani otvod polosasi bilan cheklab qo‘yish;

  • Trassa oldi karerlari maydonlarini qayta kultivatsiyalash.

Transport vositalari, qurilish mashina va mexanizmlarini yuvish maydonchalari, suvni tindirish va tozalash moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning bugungi kundagi dolzarb masalalarini hal etish jarayonlarida nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va vakolatlarining kengaytirilishi amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligini ta’minlashda yanada kengroq imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa, bu borada O’zbekiston ekologik harakati tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etdi.
Bugungi kunda mazkur sohadagi munosabatlarning huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, ular «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Suv va suvdan­ foydalanish to‘g‘risida»gi, «Atmosfera havosini muho­faza qilish to‘g‘risida»gi, «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi kabi 30 dan ziyod qonunlar bilan tartibga solib kelinmoqda. Ushbu huquqiy hujjatlar yurtimizda atrof muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ekologik muvozanatni ta’minlashdek muhim ijtimoiy masalalar ro‘yobida salmoqli o‘rin tutmoqda.

Qurilish davrida suv ta’minotining izdan chiqishi holatlari uchun suvni nasoslar yordamida haydash ko‘zda tutilgan.


Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g’risidagi qonunga rioya qilinishi ustidan ob’ektdagi barcha qurilish ishlari rahbarlari nazorat qiladilar.
Qurilish tugaganidan so‘ng qurilish chiqindilari olib chiqib ketiladi. To‘g’ri kurakli ekskavatorlardan gruntga o‘yma va karyerlarda ishlov berishda ham foydalanadilar. Bunda ishlov berilayotgan devordagi transheya-“cho‘ntak” eni etarlicha katta bo‘lishi mumkin, ammo strelasi eng quyi darajaga tushirilgan ekskavatorning burilishiga ishlanayotgan devor chekkasi va mashinaning yurish qismlari halaqit beradi. Natijada gruntga ishlov berishda teskari kurakning maksimal kavlash chuqurligi nisbatan tor transheyalarni qazishga nisbatan kichikroq bo‘ladi. To‘g’ri kurak bu holda bir to‘xtash joyidan ikkinchisiga zaboydagi harakatlanishga nisbatan ko‘ndalang yo‘nalishda xuddi draglayn ko‘ndalang qaziganida siljigani kabi siljib boradi. Tuproq ekskavator bilan bir darajada ishlayotgan va orqa tarafdan keladigan (bunda katta burilish burchaklariga ega bo‘lish talab etiladi) transportga, yoki kotlovan tubi bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobillarga ortiladi. Tuproq to‘kish paytida kovsh o‘z tutqichi bilan birga burilgani sababli, tuproq ortish radiusi va balandligi o‘zgarib, shuning uchun texnologik tavsiflar qatorriga boshlang’ich va yakuniy radiuslar qiymati va tuproq ortish balandligi kiritiladi.
Kichik va o‘rtacha gidravlik ekskavatorlar uchun to‘g’ri kurak – eng keng tarqalgan va uneversal uskuna turidir. Ko‘pincha uch qismdan iborat strela-tuqichning biriktirish mexanizmi cheklovsiz pasport chuqurliklariga, katta kesish kuchini qo‘llagan holda, kovshning to‘lishini, devorini mashinaning bevosita tayanch bazasiga yaqinlashtira olinadigan zaboyning tik traektoriyasini ta’minlash imkoniyatini beradi (2.5-rasm,b). ba’zi to‘g’ri kuraklar tutqichni silindrlar bilan birga rejada strelaga nisbatan o‘ng yoki chap tarafga ma’lum burchakka burish imkonini beradi. Qazish o‘qi o‘zgartirilgan bunday ekskavatorlar o‘ta tor va noqulay sharoitda: bino devorlari, poydevorlar tagida transheya qazish imkonini beradi .
Ana shu fazilatlar gidravlik teskari kuraklarning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Ularni nafaqat turli-tuman kotlovan va transheyalar qazish, balki otkoslar va maydonlarni tozalash, draglaynlar va to‘g’ri kuraklar o‘tganidan so‘ng o‘yiqlarga ishlov berish, shuningdek to‘liq profilli nisbatan sayoz odatda 5-6m gacha o‘yiqlarni qazishda qo‘llaydilar.
So‘nggi holatda gidravlik teskari kurak yon zaboyda tuproq to‘kish uchun kichikroq burilish burchaklariga ega bo‘lgan holda ko‘ndalang qazishni amalga oshiradi. Shuning uchun to‘g’ri kurak ishchi tsikli teskari kurakka nisbatan biroz katta bo‘lsa ham, biroq burilishga ketadigan vaqt sarfi qisqarishi oqibatida u qazish fronti bo‘ylab tez-tez harakatlanishiga qaramay, bir muncha samarali bo‘lishi mumkin. Transport ishlashi uchun ham qator qulayliklar yuzaga kelib, o‘zi to‘kkich avtomobillar ekskavator oldiga zaboyning g’ovaklashib qolgan tubidan emas, balki etarlicha zich tabiiy er yuzasidan keladi.
2.2.8 Ekskavator- yordamida va karerlarda gruntlarga ishlov berish. Bir cho‘michli ekskavatorning ish unumdorligini aniqlash

Draglaynlar uchun qazuv joyi (zaboy) va qazuv o‘tishini (proxodka) loyihalash



Draglayn jihoziga ega bo‘lgan ekskavatorlarni, yoki odatga ko‘ra draglayn deb nomlanuvchi dastgohlarni temir yo‘l qurilishida draglayn tubi yoki cheti tashqarisi bo‘ylab harakatlanganida gruntni kavalerlarga olib tashlab yoki
transportga yuklab, gruntini ko‘tarmaga to‘kib, turli kotlovanlarni, rezervlarni kavlash uchun, shuningdek tubni chuqurlashtiruv ishlari va suv ostidan qum yoki shag’al kavlab olish uchun ishlatiladi.
Draglaynlarni bunchalik keng qo‘llanish sohasiga ega ekanligi ular kavlashni yuqoridan turib bajara turib, kichik-kichik kavlanmalarni ham kavlash imkoniyati bilan birga, zarurati bo‘lganida 10...12 m chuqurlikkacha etib boruvchi etarlicha yirik kavlash hkn chuqurligini ta’minlay olishqobiliyatiga ham ega.
Draglaynlar to‘ppa-to‘g’ri kurakli ekskavatorlardan farqli-o‘laroq, sezilarli darajada katta kavlash va to‘kish radiuslariga, bo‘shatilish balandliklariga ega.
Shu vaqtning o‘zida draglaynlar kavlanmaning o‘ziga hos bo‘lgan shakliga ega bo‘lib, ularning old devorlari nisbatan nishabdir (qiyalik burchagi 45° tartibida),ya’ni ishchi sohada to‘ppa-to‘g’ri kuraklarga nisbatan kamroq hajmdagi gruntni kavlab olishadi, hamda ishning pastroq aniqligiga ega.

Xulosa: Qurilishni tashkillashtirish loyixasida mehnat muhofazasining asosiy masalalari hal qilingan bo‘lib, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha KMK 3.01.02-00 talablari hajmidagi muayyan yechimlar QTL bosqichida ishlab chiqiladi.
Foydalanishdagi temir yo‘l izlari yaqinida ishlarni amalga oshirishda shuningdek “Temir yo‘llardan texnik foydalanish qoidalari”, “Temir yo‘llarda signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnoma” ko‘rsatmalariga rioya qilish lozim.
Ayniqsa elektr uzatish liniyalari (LEP) yaqinida mexanizmlar ishlashiga alohida e’tibor qaratilishi shart.
Ishlab turgan kommunikatsiyalar yaqinida biron-bir ishlarni bajarishdan oldin ish joyiga tegishli foydalanuvchi tashkilotlar vakillari chaqirilishi zarur.
Odamlar va mashinalar uchun o‘tish joylari, mashina va mexanizmlarning barcha ish joylariga qulay va xavfsiz o‘tish imkoniyatini ta’minlashi shart.
Ish joylarida texnika xavfsizligi yuzasidan plakatlar va yodnomalar osib qo‘yiladi.
Yo‘l izini yotqizish va ballastlash ishlari kunning yorug’ vaqtida bajarilishi kerak.
Ishchilarga sanitariya-gigiyena xizmati ko‘rsatish uchun qurilish maydonlarida inventar xonalari ko‘zda tutilib, ularda kiyinish, yuvinish, isinish,quritish xonalari, hojatxonalar joylashadi.
Inventar binolar suv ta’minoti vaqtinchalik vodoprovod yordamida amalga oshirilib, ular ishlab turgan yoki loyihalashtirilgan doimiy suv tarmoqlariga ulanadi. Maishiy oqova suvlar uchun maxsus o‘ralar qaziladi.
Yilning yog’in-sochinli va sovuq davrida ishchilar maxsus yashirinishi va isinishi uchun ish paytida tanaffuslar ko‘zda tutilib, bunday xonalar ish joyidan uzog’i bilan 75m masofada joylashishi kerak.
QTELda mehnat muhofazasining asosiy masalalari hal qilingan bo‘lib, mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha KMK 3.01.02-00 talablari hajmidagi muayyan echimlar IOBL bosqichida ishlab chiqiladi.
Foydalanishdagi temir yo‘l izlari yaqinida ishlarni amalga oshirishda shuningdek “Temir yo‘llardan texnik foydalanish qoidalari”, “Temir yo‘llarda signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnoma” ko‘rsatmalariga rioya qilish lozim.
Ayniqsa LEP yaqinida mexanizmlar ishlashiga alohida e’tibor qaratilishi shart.
Ishlab turgan kommunikatsiyalar yaqinida biron-bir ishlarni bajarishda ish joyiga tegishli foydalanuvchi tashkilotlar vakillari chaqirilishi zarur.
Odamlar va mashinalar uchun o‘tish joylari odamlar, mashina va mexanizmlarning barcha ish joylariga qulay va xavfsiz o‘tish imkoniyatini ta’minlashi shart.
Maydon ichidagi kommunikatsiyalar qurilish maydonida ishlayotgan mexanizmlar va mashinalar eta olmaydigan hududlarda joylashtirilishi kerak. Ish joylarida texnika xavfsizligi yuzasidan plakatlar va yodnomalar osib qo‘yiladi.
Ish rahbarlari qo‘l ostidagilarni GOST 12.0.004-90, 12.1-04-91 bo‘yicha to‘g‘ri va xavfsiz ishlashga o‘rgatib, muntazam ravishda mashg‘ulot o‘tkazishi va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib borishi talab etiladi.
“Darcha” vaqtida bajariladigan ishlarni amalga oshirish joylari stansiya navbatchisi bilan doimiy ishlab turadigan telefon va radio aloqasi bilan ta’minlanadi. Poezdlar harakat grafigidagi “darchalar” kunning yorug‘ paytida belgilanishi lozim. Stansiya yo‘llari orqali o‘tish joylari rels kallaklari darajasida, signallar o‘rnatish bilan bajarilishi zarur. Temir yo‘l izlarining avtomobil yo‘llari bilan kesishuv joylarida yaxlit qoplamalar yotqizilib, u yorug‘lik signalizatsiyasi va shlagbaumlar bilan jihozlanadi.
Qurilish maydoniga yaqinlashish yo‘llari asosiy qurilish ishlari boshlanishidan oldin jihozlanishi ko‘zda tutiladi.
Bosh pudratchi bo‘lgan qurilish tashkiloti, subpudratchilar bilan birgalikda qurilish maydonida bajariladigan ishlar tarkibida texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha chora tadbirlarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi talab etiladi.
Foydalanilayotgan inshootlar qayta jihozlangan, hamda ishlar ularning bevosita yaqinida bajarilganida ishlarni amalga oshirish loyihalari ushbu inshoot va moslamalar ixtiyorida bo‘lgan tashkilotlar bilan albatta kelishib olinishi shart.
Qurilish maydonlari va ish joylari har bir ish toifasi uchun yoritilganlik me’yorlariga muvofiq yoritilishi talab etiladi.
YOritish uskunalari mavjud tarmoqlar va ko‘chma elektrostansiyalar yordamida tok bilan ta’minlanadi.
Tuproq polotnosini to‘kib ko‘tarish ishlarini bajarish joylari GOST 12.1.046-85 talablari, shuningdek SSBT tizimi standartlari talablarini hisobga olgan holda ko‘chma yoritish moslamalari bilan yoritilishi shart.
Yo‘lni yotqizish va ballastlash ishlari kunning yorug‘ paytida bajariladi.
Ishchilarga sanitariya-gigiena xizmati ko‘rsatish uchun qurilish maydonlarida inventar xonalari ko‘zda tutilib, ularda kiyinish, yuvinish, quritish, isitish xonalari, hojatxonalar joylashadi.
Sanitariya-gigiena maqsadlari uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik binolar maydoni hisobi 3- bo‘limda keltirilgan.
Yilning yog‘in-sochinli va sovuq davrida ishchilar maxsus yashirinishi va isinishi uchun ish paytida tanaffuslar ko‘zda tutilib, bunday xonalar ish joyidan uzog‘i bilan 75m masofada joylashishi kerak.
Ob’ektdagi ishlar vaxta usulida olib boriladi. Ish rejimi 2 haftalik, ish smenasi – 10 soatlik, 7 soatlik ortiqcha ishlagani uchun bir kun qo‘shimcha dam olish kuni taqdim etilishi hisobidan qabul qilingan.
Loyihada vaqtinchalik vaxta poselkalarini Navoiy stansiyasida joylashtirish ko‘zda tutilgan. Qurilish ishtirokchilari oziq-ovqat bilan vaxta poselkasida ta’minlanadilar. Peregonlarda ishlayotganlar uchun ko‘chma oshxona – vagonlar ko‘zda tutiladi.
Ishchilar vaxta poselkasidan ish joyiga avtobuslar bilan etkaziladi.
Tibbiy, madaniy maishiy xizmatlar ishchilarning doimiy joylashgan joyidagi mavjud korxonalar tomonidan, shuningdek vaxta poselkalari, stansiyalar va trassa atrofidagi poselkalardagi mavjud davolash va boshqa shu kabi tegishli muassasalar tomonidan ko‘rsatiladi. Ish joyidagi har bir brigadada dori-darmon qutisi bo‘lishi shart.

Yüklə 41,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə