Mavzu: Qurilish xaritalari Kirish I bob Qurilish xaritalari 1 Yirik masshtabli kadastr kartalarini loyihalash va tuzish kursining maqsadi va vazifalari



Yüklə 41,82 Kb.
səhifə2/7
tarix31.05.2023
ölçüsü41,82 Kb.
#114544
1   2   3   4   5   6   7
I bob Qurilish xaritalari
1.1 Yirik masshtabli kadastr kartalarini loyihalash va tuzish kursining maqsadi va vazifalari.


Yirik masshtabli kadastr kartalari tabiiy geografik va sotsial - iqtisodiy boyliklarni xozirgi xolatini, miqdor va sifat kursatkichlarini, hamda ularni joylashish chegaralari va tarqalish areallarini qog‘ozda tasvirlash natijasida vujudga keladilar. Bunday karta va planlar voqea va xodisalarni ma’lum zamon va makonda tarqalishini ma’lum geografik xududga bog‘lab ko‘rsatadilar. Yirik masshtabli kadastr kartalarining mazmuni tabiiy boyliklar: - Yer, suv, o‘simlik, xayvonot dunyosi, tuproq, qazilma boyliklar, O‘rmon va xokazolar, xamda sotsial - iqtisodiy boyliklar: - shaxarlar, imoratlar, avtomobil va temir yo‘llar, yenergiya manbalari va boshqalarga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin.
Yirik masshtabli kadastr kartalarini tuzishning asosiy maqsadi davlat kadastr tizimini yuritish, tabiiy va sotsial - iktisodiy boyliklarni tarqalish chegaralarini aniqlash, yerlarni turlari buyicha miqdori va sifat jihatidan ta’riflash, ularning iqtisodiy, yekologik va sotsial xolatlariga baho berish va ulardan oqilona foydalanish yo‘llarini o‘rganishda kartalardan foydalanish. Karta va planlar tabiiy va sotsial iqtisodiy boyliklarga yegalik qiluvchi va ulardan foydalanuvchilarga, ma’lum chegaralar buyicha biriktirib quyish va xuquqiy rasmiylashtirish uchun asosiy xujjatlardan biri bo‘lib xisoblanadi.
Bozor iqtisodi jarayonida tabiiy va sotsial iqtisodiy boyliklarni to‘g‘ri va haqqoniy hisobga olish, ularni miqdor va sifat kursatkichlarini, hamda hozirgi holatini sifat va kiymat jihatidan baholashsiz bu boyliklarni uzlashtirish, xo‘jalik ishlarini yuritish, qurilish va obodonchilik ishlarini olib borish aslo mumkin yemas.
Ma’lum tabiiy yoki ma’muriy xududda joylashgan tabiiy va sotsial iqtisodiy boyliklarni har tomonlama yangi ma’lumotlarini uz ichiga olgan kadastr xujjat va kartalari bu boyliklarni o‘rganish, o‘zlashtirish va ulardan oqilona foydalanishda bebaho qo‘llanma hisoblanadilar.
Davlat kadastrlari ishlarini yuritish ayniqsa aholi zich yashaydigan xududlarda, shahar, qishloq va sug‘oriladigan yerlarda, hamda sanoat majmualarida dolzarb bo‘lib qoldi. Chunki bunday xududlarda moddiy boyliklarning yuqori konsentratsiyasi, tabiiy va ekologik sharoitni uzgarganligi, xamda yekologik tangliklar hosil bulayotganligi, bu boyliklardan oqilona foydalanish ularni muhofaza qilish va ko‘paytirish chora tadbirlarini yaratish kerakligini taqoza qilmoqda.

Yüklə 41,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə