Mavzu: Qurilish xaritalari Kirish I bob Qurilish xaritalari 1 Yirik masshtabli kadastr kartalarini loyihalash va tuzish kursining maqsadi va vazifalari


Davlat kadastr kartalari quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi



Yüklə 41,82 Kb.
səhifə3/7
tarix31.05.2023
ölçüsü41,82 Kb.
#114544
1   2   3   4   5   6   7
Davlat kadastr kartalari quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:


1.Tabiiy geografik va sosial iqtisodiy jarayonlarni urganish uchun batafsil ma’lumotlar olish.
2.Tabiiy va sosial iqtisodiy boyliklarni zahirasini, chegarasini va geografik joylashishini bilish.
3.Soliqlar chegarasini (miqdorini) aniklash (Er va boshka tabiiy boyliklardan foydalanganligi uchun).
4.Er uchastkalari, ekin maydonlari, yaylovlar, utlokdar, O‘rmonlar va x.k. baholash va tan narxini aniqlash.
5.Tabiiy va sosial iqtisodiy boyliklardan oqilona foydalanish yullarini aniqlash va chora tadbirlarni belshlash.
6.Tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklarini baholash, qayta ishlash, ko‘paytirish va yekologik muvozanatni saklash uchun.


Hozirgi zamonda dunyoning barcha davlatlarida kadastr tizimi olib boriladi. Xamma qabul qilgan tushunchalarga muvofiq, Kadastr - bu ma'lum tabiiy yoki ma'muriy xududdagi tabiiy va sossial - iqtisodiy boyliklar, hodisa va voqealar, xamda narsalar tug‘risidagi ma’lumotlarni bir tizimga solish. Bu ma’lumotlar uz ichiga iqtisodiy, sifat va turlari buyicha miqdor kursatkichlarini, ba’zi hollarda sotsial va yekologik jihatdan baxolashni xam o‘z ichiga oladi.
Kadastr tarixi yeramizdan avvalgi 3000 yillarga to‘g‘ri keladi. Qadimiy Misrda Yer maydonlarini chegarasini aniqlashda kadastr s’yomkasi utkazilgan. Yer maydonlarini hisobga olishda ularning chegaralari, maydoni va yegalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Kuchmas mulkdan solik yig‘ish va yer maydonlarini bo‘lish uchun yeramizdan avvalgi 1700 yil Misrning yangi kadastr s’yomkasi utkazilganligi tutrisida ma’lumotlar bor. Eramizdan avvalgi 584 yil Gretsiyada, yeramizdan avvalgi 6 asrda Italiyada, davlat qonunlari asosida kadastr ishlari olib borilgan. Bunda yer maydonlari va unda joylashgan kuchmas mulklar o‘lchangan, tuprok. turi, uning xosildorligi va ishlov berish yullari aiiqlanib soliq miqdori belgilangan. Rim xukumdori Avgust (eramizdan avvalgi 272 yilda) vaktida axolini ruyxatga olish, yer maydonlarini bo‘lish, ularning chegaralarini aniq o‘lchash, yuridik maqom berish, yegasini aniqlash va solik, miqdorini belgilash buyicha ishlar olib borilgan.
Feodalizm davrida (900-1200 yillar) syuzerenlar (juda katta yer yegalari) va ruxoniylar yer va kuchmas mulkka yegalik qilishni xujjatlashtirish tarafdori bulganlar.
1162 yillarda Italiyada davlat xazinasini boyitish maqsadlarida davlat yer kadastri ishlab chiqilgan. Birinchi bor Angliyada 1066 yil, Fransiyada yesa 1269 yillarda kadastr qayd qilingan. XVIII asr o‘rtalarigacha kadastr s’yomkalari va yer kadastrini olib borish usullari unchalik uzgargan yemas. Asosan ulchov ishlari arqon, temnr va yogoch o‘lchagichlarda olib borilgan.
1718 yili Djavanni Djakomo Marionni (Milan) tomonidan ilmiy asoslangan kadastr s’yomkalari va tizimi yaratilgan. Yer maydonlarining chegaralari triangulyasiya va poligonometriya usulida o‘lchangan. Qishlok. «obshinalari» parsellalar, planlari 1:2000 masshtabda menzula yordamida s’yomka qilingan. Planda parsellalar, ya’ni yer uchastkalari, ularning maydoni, grunt turlari, yekin turlari, asosiy daromad miqdori (foyda) solik, uchun kursatilgan.

Yüklə 41,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə