Mavzu: Qurilish xaritalari Kirish I bob Qurilish xaritalari 1 Yirik masshtabli kadastr kartalarini loyihalash va tuzish kursining maqsadi va vazifalari


Yirik masshtabli kadastr kartalarini xalq xo‘jaligidagi axamiyati



Yüklə 41,82 Kb.
səhifə4/7
tarix31.05.2023
ölçüsü41,82 Kb.
#114544
1   2   3   4   5   6   7
1.2 Yirik masshtabli kadastr kartalarini xalq xo‘jaligidagi axamiyati.
Qurilish maydonchasida yer qazish, tekislash, yuklarni ortib berish hamda yuk ko‘tarish ishlarini bajarishda albatta qurilish mashina va mehanizmlaridan foydalaniladi. Qurilish mashinalariga buldozer, ekskavator, barcha tipdagi minorali kranlar, yuk ko‘taruvchi avtomobil va o‘zi yurar kranlar, greyder va skreperlar kiradi. Har bir qurilish mashinalaridan bexatar foydalanish uchun ishlab chiqarish ishlari loyihasi bo‘lishi lozim. Loyihada qurilish maydonchasidagi kranning handaq bo‘ylab harakatlanish sxemasi, elektr uzatish tarmog‘ini joylashishi, qurilish materiallari va konstruksiyalarining kranlarga ilib berish sxemasi hamda yuklarning massasi koisatilgan jadvallar, shuningdek, ishlab chiqarish va xavfsizlik qoidasi bo'yichako'rsatmalar o'z ifodasini topishi kerak. Qurilish mashinalari «Qurilishda xavfsizlik texnikasi» (QXT 3.01.02-00) talablari va mashinalar tayyorlovchi korxona yo‘riqnomasi asosida hamda kranlar uchun ishlab chiqarish ishlari loyixasiga tayangan holda ishlatiladi. Qurilish mashinalarini ishlatishda xavfsizlik qoidasi talablariga rioya etish javobgarligi boshqarma boshlig'i va bosh muhandisga shuningdek, uni ishlatayotgan muhandis-texnik xodimga yuklatiladi. Boshqarma ma’muriyati qurilish ob’ektlarida mashina va inexanizmlaridan foydalanar ekan, albatta ishlarni xavfsiz bajarish uchun u yerdagi muhandis-texnik xodimlaridan birini javobgar shaxs sifatida tayyorlashi zarur. Qurilish mashinalari va mexanizmlarini bexatar ishlatish va ularni xolati uchun javobgar xodimlar avvalo shu ixtisos bo'yicha maxsus kurslarda o‘qigan va ulaming bilitnlari komissiya tomonidan sinovdan o'tkazilgan hamda tegishli guvohnomaga ega boiishi kerak. Ular har uch yilda attestatsiyadan o'tkaziladi. Hudud boshligi kranni ishlatishdan oldin qurilish maydonchasidagi \avfli joylarga ogohlantiruvchi ko'rsatkichlar hamda kran yordamida ko‘tariladigan yuklarning ro'yxati va ularning ogirligi koisatilgan ko'rsatkichlar qo'yishi lozim. Qurilish mashinasini ishlatayotgan usta yoki ish yurituvchi xar oyda bir marta kranga xizmat ko'rsatayotgan xodimlar (mashinistlar va yuk iluvchilar) bilan xavfsizlik texnikasi bo'yicha suxbat o'tkazib, bu xaqda maxsus jurnalga qayd etib boradi. Shuningdek, har 10 kunda kran strelasini, har oyda quti va boshqa yuk oluvchi moslamalami, har 6 oyda yuk ko'taruvchi trosslar holatini tekshirib, jurnalga qayd etib qo'yadi. Minorali va avtomobil kranlarni faqat javobgar shaxs ruxsat berib, mashinistning yo'l varaqasiga imzo qo'yilgandan keyingina ishlatishga kirishiladi. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlari yaqinida (oraliq masofa 30 metrdan kam bo'lmasligi kerak) ishlayotganda, har hii to'xtab, tayanchlarga o'rnatilganda mashinistning yo'l varaqasiga yoki navbatchilik jurnaliga javobgar shaxs tomonidan «Kranning ko‘rsatilgan joyga o‘rnatilganligini tekshirdim, ishlashga ruxsat beraman» deb yozib qo'yiladi. Bu ishlar kran strelasi ishchi holatiga keltirilgunga qadar bajarilishi kerak. Elektr uzatish tarmog'i yaqinida kranlar bilan ish bajarishda tuman elektr tarmog‘ining roziligi olingan ish boshlash xujjati bo'lishi shart. Bu ish boshlash xujjati 4 nushada yozilib, ular kran bilan ta’minlaydigan mexanizatsiya boshqarmasi ma'muriyatiga, tuman elektr tarmoqlari boMimiga kran xaydovchisiga beriladi va bir nushada qurilish boshqarmasida saqlanadi. Qurilish maydonchasida ikki yoki undan ortiq kranlar ishlayotganda bir-birlari bilan to‘qnashib ketmasligi uchun ularningorasiaa 5 metrdan kam bo‘lmagan masofa qoldiriladi, hamda bu haqda kran xaydovchi va iluvchi (yuklash-tushirish ishlarini bajaruvchilar) ogohlantirib qo‘yiladi. Namgarchilik paytlarda kranlar harakatlanadigan yo'lga temir-beton plitalari qo‘yiladi yoki shag'al to‘kiladi. Kranlarni qazilgan zovur yoki kotlovanlar yaqiniga o‘matayotganda zovur yoki kotlovan yonbag‘irlari o'pirilib tushmasligi uchun ular orasida loyihada ko‘rsatilgan masofa qoldiriladi. Avtomobil va o‘rmalovchi kranlar uchun zovurga tushadigan qiyalik 15 darajadan ortib ketmasligi kerak. Kranlarni yumshoq, loy yerga,qor yoki muz qoplagan joylarga o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shamolning tezligi sekundiga 15 metrdan ortganida va qalin tuman tushganda barcha turdagi kranlarni ishlatish to'xtatiladi va ularni strelasi shamolning yo'nalishiga moslab qo‘yiladi. Kranlarni ta’mirlash, moylash va tozalash ishlarini faqat ular butunlay to'xtatilgandan keyingina bajariladi. Minoraviy kran relslar ustiga, relslar esa tekis va yaxshilab shibbalangan yerga o‘rnatiladi. Kran osti yo‘li to‘rttala tomonidan 1,2 metr balandlikdagi to‘siqlar bilan muxofazalanadi. Kran osti yo‘lidan ishchilafning o‘tishi yoki biron-bir ish bajarilishi ta’qiqlanadi. Kran osti yo'li (rels) albatta yerga ulanishi kerak. O'zbekiston Respublikast Davlat standarti va Davlat texnika nazorati qoidalariga binoan yuk ko‘taruvchi kranlar yuk ko‘tarish imkonidan ortiqcha yuklarni avtomatik tarzda ko‘tarmasligi uchun mo‘ljallangan asboblar (cheklagichlar) kranning og'ishini ko‘rsata- digan strelkalar, tovushli signallar bilan jixozlangan bo'lishi kerak. Kran xaydovchilar bu asbob va signallaming sozligini xamisha nazorat qilib turishlari zarur. Asboblar ishlamay qolganda darhol ishni to‘xtatish va kamchiliklami tuzatish uchun kerakli mutaxassislarni chaqirish lozim. Qurilish maydonchasi yuklash-tushirish ishlarini bajarishga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, maxsus o‘quv muassasalarida shu ixtisoslik bo'yicha o'qib, yuklash-tushirish ishlarini bajaruvchi ishchi - iluvchi (stropchi. takelajchi) guvohnomasiga ega bo‘lgan va qurilish materiallarini hamda konstruksiyalarini joylashtirish, taxlash qoida va me’yoriy hujjatlarni biladigan ishchilargagina ruxsat etiladi. Iluvchi avvalo maxsus kiyim, poyafzal, boshga kivadigan moslama va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan boiishi lozim. Maxsus kiyim ixcham, ish paytida uning harakatiga halal bermasligi kerak. Yuklash-tushirish ishlari asosan mexanizmlar yordamida bajariladi. Ish boshlashdanavval iluvchi yukkoiaradiganmoslamalarvaidishlarni lexnik jihatdan sozligi va ularga korxona raqami ko'rsatilgan yorliq va muxr borligini, shuningdek, ularning yuk ko'tarish imkoni va sinab ko'rilgan muddatlarini tekshirib ko'radi. Troslaming butunligiga (ulardagi to'qima simlarning uzilgan-uzilmaganligi va zanglab qolmaganligiga) eiibor berish kerak. Shunday bir uzunlikdagi trosslarni tanlash kerakki, yuk ko‘tarayotganda ularning orasidagi hosil boiadigan burchak 90° dan ortib ketmasligi kerak. Material va konstruksiyalar taxlanadigan maydoncha tekis, /ichlangan-shibbalangan, yomg'ir yoqqanda suvlar to'planib qolmasligi uchun biroz (5°) qiya boiishi, qish paytida qor va muzlardan tozaInnishi lozim. Maydonchada material va konstruksiyalarning kranga ilib berish v\unasi, yuklarni ogirligi yoki hajmi va ularni qanday taxlash tartibi ko'rsatilgan ko'rsatkich boiishi kerak. Iluvchi ana shu sxemalar va i.ivvorlovchi korxona pasporti talablari asosida yuklash-tushirish ishlarini bajaradi. Qavatlararo plitalar, ustunlar, rigellar va boshqa gorizontal holatda taxlanadigan konstruksiyalarni taxlayotganda, ularning orasiga qistirmalar qo'yiladi. qistirmalarning qalinligi konstruksiyalarning ilmog'idan (20 mm) baland boMishi kerak. Devor panellari, deraza bloklari.parda devorlar, diagrafmalar va shunga o‘xshash suyab qo‘yiladigan konstruksiyalar maxsus kasseta va piramidalarda taxlanadi. Bu konstruksiyalarni vaqtinchalik qo‘yilgan elementlarga tirab yoki suyab qo'yishga ruxsat etilmaydi. Qurilish konstruksiyalarini transport vositalaridan tushirayotgan paytda haydovchi kabinadan tashqarida bo'lishi, iluvchi esa konstruksiyalarni kranga ilib bergach, o'zi xavfsiz joyga o'tib. so'ngra kran xaydovchisiga «коЧаг» ishorasini qilishi kerak. Tahlanayotgankonstruksiyavabuyumlarningoralig'ida 0,8 metrdan kam bo‘lmagan o‘tish yo‘lkasi qoldiriladi. Qazib qo‘yilgan transheya va kotlovanlarning chetiga og'ir konstruksiyalar taxlanmaydi. Chunki, transheya va kotlovan chetlari o‘pirilib tushib, kutilmagan noxush hollar ro‘y berishi mumkin. Yuklash-tushirish ishlarini bajarayotgan iluvchi konstruksiya va buyumlarni ilib berayotganda tros ilgagini konstruksiyalarning maxsus qilingan joyidan ilishi va ularni chiqib ketmasligini ta'minlashi lozim. Agar konstruksiyaning og'irligi ma'lum bo‘lmasa yoki uning vazni kranning yuk ko'tarish qobiliyatidan ortib ketsa, shuningdek qish paytida u muzlab yerga yopishib qolgan bo‘ Isa, bunday konstruksiyani kranga ilib berishga ruxsat etilmaydi. Konstruksiyaning ilmog‘i qayrilib qolgan bo'Isa, uni lom yoki bolg'a bilan urib tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu usul bilan tiklangan ilmoq mo'rt bo‘lib qolishi va yuk ko'tarilayotgan paytda sinib, uzilib ketishi mumkin. Konstruksiya va buyumlarni kranga ilib. kran xaydovchisiga yuk ko‘tarish haqida ogoxlantirish berishdan oldin iluvchi ko‘tarilayotgan yuk biror narsaga ilinib qolmaganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Konstruksiya va buyumlarni ortayotganda yoki tushirayotganda iluvchi minorali kranning yoki kran osti yoiining nosozligini sezib qolsa, darhol ishni to'xtashish uchun kran xaydovchisiga ogoxlantirish berishi va bu haqida uni xabardor qilishi lozim. Qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni qurilish me'- yorlari va qoidalari talablari asosida taxlamaslik, ularni duch kelgan joyga tashlab qo‘yish, zarur ogoxlantiruvchi belgilarni kerakli joylarga (Vrnatmaslik ba’zan baxtsiz xodisalar sodir boMishiga olib keladi. Yer ishlarining hajmi yer inshootlarining geometrik hajmi bo‘yicha hisoblanadi. Yer ishlarining hajmi qurilishning smeta narxini hisoblash, bajarilgan ish uchun maosh to'lash maqsadida hisoblanadi. Yer ishlarining hajmi ish chizmalari asosida qurilish boshlanmasdan avval hamda qurilish jarayonida xaqiqiy o‘lchamlar asosida hisoblanadi. Murakkkab shakldagi yer inshootlari hajmini hisoblashda uni oddiy geometrik figuralarga bo‘lib chiqiladi va bu figuralar hajmlari hisoblanib, so‘ngra jamlanadi. Har bir yer inshooti uchun joy relefini hisobga olgan holda tegishli hisoblash usulidan foydalaniladi. Kotlovanning hajmi (15-rasm) quyidagi tenglamalardan biri yordamida hisoblanishi mumkin: 15-rasm. Kotlovan hajmini aniqlash sxemasi F ~ — [(2a + a])b + [2al +a)bx 1 (V.3) 6 VK = — Г06 + (a + a ,) (b + ) + я,/?, 1 (V.4) 6 r . - ^ i F m + F . , * ^ r m -Fm ) (V-5) (V.6) о bu yerda kotlovanning ostki o4chamlari a va b uning chuqurligi lik loyihaga asosan. qiyalik koeffisienti m esa QMQ ga asosan ma'lum miqdorlardir. Kotlovanning yuqori qismi o'lchamlari at va b. quy idagicha aniqlanadi: а, = a + 2 • m ■ hk (V.7) б, =b + 2-m -hli (V.7) bu yerda b - transheya ostining kengligi (bir tomonlama qatnovda 3-3,5 m, ikki tomonlama qatnovda 7-7,5 m); l:m ' = l:10 -tushiladigan transheyaning nishabligi. Transheya hajmini aniqlashda dastlab transheyaning butun uzunligi bo‘yicha bo‘ylama qirqimdagi sinish nuqtalari oraliqlari alohida qismlarga bo‘lib chiqiladi (16-rasm). Har bir qism hajmi alohida hisoblanib so'ngra ular jamlanadi. Hisoblashda quyidagi tenglamalardan foydalaniladi: 1) agar I 50 m va h] - h, >0.5 m b o isa Murzo tenglamasidanfoydalaniladi: V F . + - m ( Л, — h2 )2 12 (V.10)


Yüklə 41,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə