Mavzu: Rasmiy idoraviy uslub. Reja



Yüklə 110,14 Kb.
səhifə7/7
tarix27.12.2023
ölçüsü110,14 Kb.
#162826
1   2   3   4   5   6   7
Rasmiy uslub va uning umumiy xususiyatlari. Reja Rasmi

lug‘at xazinasini boytish va tozaligini ta’minlash, leksik me’yorlarining muntazamligiga erishishda eng ma’qul yo‘l o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlariga tayanishdir. O‘zbek tilining o‘z qonuniyatlari asosida yangi so‘zlar yasash, u yoki bu sababga ko‘ra iste’moldan chiqqan qadimgi va eski turkiy so‘zlarni tiklash, tilimizning teran tomirlari bo‘lmish shevalardan so‘z olish maqsadga muvofiq. Masalan,raport so‘zining o‘zbekcha muqobili sifatidabildirgiso‘zi yasaldi va adabiy tildan joy oldi, rayon so‘zi avvalnohiyaso‘zi bilan almashtirildi, ammo leksik me’yor maqomini olmadi. Keyinroq eski o‘zbek tilidagituman so‘zi iste’molga kiritildi, u faol lug‘atimizda o‘z o‘rnini topdi.
Adabiy tilda hozircha mavjud bo‘lmagan, turli sohalarga oid so‘zlarni izlab topishda shevalar tengsiz manbadir. O‘zbekistonning bir hududida dehqonchilik, boshqasida chorvachilik, yana boshqasida baliqchilik rivojlangan, demakki, bu sohalarga oid xilma-xil so‘zlar o‘sha erlarda bor. Taomshunos olim Karim Mahmudov xotiralaridan birida shunday voqeani hikoya qilgan edi: Olim bir taomning tayyorlanish tartibini yozib, zukko so‘z sinchisi Abdulla Qahhorga ko‘rsatadi. Undagi ikra so‘zini ko‘rgan yozuvchi: "Buning o‘zbekchasi yo‘qmi?" deb so‘raydi. Olim: "Baliqning urug‘i" desa bo‘ladi", deydi. So‘zning ichu tashini naqd ko‘ra biladigan adib: "Nima, sizga baliq o‘simlikmi? " deydi achchiqlanib. "Bo‘lmasa, "baliqning tuxumi" bo‘lsin", deb javob beradi olim izlangan bo‘lib, YOzuvchi: "Baliq tovuq emas", deydi va xalkda uni ifodalaydigan alohida so‘z bo‘lishi kerakligini aytadi... Olim safarlaridan birida Xorazmda Qahhor qasd etgan so‘zni eshitadi, u erda uvulduruq deyilarkan. SHu tarzda bu so‘z adabiy tildan joy oladi.
Leksik me’yorlarga huda-behuda aralashaverish, har bir chet so‘zga g‘ashlik bilan qarayverish, o‘rinli-o‘rinsiz chet so‘zni almashtirish payidan bo‘laverish til leksik me’yorlarining barqarorligini buzadi. Bu, albatga, nutqiy muloqot jarayoni uchun ham, nutq madaniyati uchun foydali emas. Ingliz dinshunosi va tarixchisi Jeyms Jorj Frezer bir kitobida shunday bir antiqa odatni tasvirlaydi. Avstraliyadagi hindu qabilalaridan biridagi urfga ko‘ra, biror kishi vafot etsa, uning ismini tilga olish taqiqlanar ekan. Ma’lumki, har qanday kishi ismi ayni zamonda turdosh ot hamdir, ya’ni u muayyan ma’noga ega bo‘lib, hayotdagi biron- bir narsa yoki tushunchani ifoda etadi.Masalan, Po‘lat, Temir, Lola, Arslon kabi kishi ismlari turdosh ot sifatida tegishli narsalarning nomlaridir. Aytaylik, Po‘lat ismli kishi dunyodan ko‘z yumdi, shu kundan boshlab, bu so‘z taqiqqa uchraydi, ya’ni tildan chiqib ketadi. Uning o‘rniga shu ma’no ifodasi uchun yangi so‘z tilga olib kiriladi. Demak, mazkur qabila tilining lug‘at boyligi tinimsiz o‘zgarib turadi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1. U.Tursunov, N.Muxtorov, Sh.Rahmatullaev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 2018 yil.
2. Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. II qism. Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti. 2021 yil.
3. A.G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek tili. Sintaksis.
Toshkent. O’qituvchi nashriyoti. 2020 yil.
4. O’zbek tilining imlo lug’ati. Toshkent. O’qituvchi. 2018 yil.



Yüklə 110,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə