Mavzu: Rasmiy idoraviy uslub. Reja



Yüklə 110,14 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü110,14 Kb.
#162826
1   2   3   4   5   6   7
Rasmiy uslub va uning umumiy xususiyatlari. Reja Rasmi

— adabiy me’yor yuzasidan tegishli davlat idoralari, jamoatchilik komissiyalari, tilshunoslar, yozuvchilar va boshqa kishilar tomonidan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Masalan, o‘tgan asrning 90-yillarida bir muddat iste’molga kirgan ilmgoh, bilimgoh, tahrilgoh kabi so‘zlar ana shunday tavsiyalar asosida adabiy me’yordan chiqarilib, uning o‘rniga institut so‘zi me’yorlashtirildi.
Adabiy til me’yorlarining mustahkamlanishida, jamiyat a’zolarining unga doimiy amal qilishlarini targ‘ib etishda maktab, litsey-kollejlar, oliy maktab, badiiy adabiyot, televidenie, radio, gazeta va jurnallarning alohida o‘rni bor.
Leksik va talaffuz me’yorlar
O‘zbek adabiy tilida, asosan,quyidagi me’yorlar farqlanadi: 1)leksik (so‘z qo‘llash) me’yorlar; 2)talaffuz (orfoepik)me’yorlari; 3)so‘z yasalish me’yorlari; 4) morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar; 6)uslubiy me’yorlar. Tabiiyki, adabiy tilning yozma shaklida imlo (orfografik ) va tinish belgilari (punktuatsion) me’yorlari ham mavjud bo‘ladi. Bu me’yorlar mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an’analarga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat va tashkilot tarafidan tasdiqlanadi. Bu qoidalar ayni paytda imlo lug‘atlarida o‘z aksini topadi. Madaniy nutq malakasini puxta egallamoq, muayyan nutqning to‘g‘rilik sifatini holis baholay bilmoq uchun adabiy me’yorlarning mazkur tiplari, ularning asosiy qoidalari va bu qoidalarning buzulishi natijasida yuzagakelishi mumkin bo‘lgan nutqiy xatolarni etarli darajada tasavvur qilmoq maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, adabiy til me’yorlarining kuchsiz tiplarini, agar etarli darajada egallanmagan bo‘lsa, nutqda buzilishga moyil bo‘ladi. O‘zbek tili dunyodagi qadimiy va rivojlangan tillardan biri sifatida benihoya boy leksik xazinaga ega. Bu xazinadagi so‘zlarning ba’zilari eng qadimgi davrlardan beri yashab kelayotgan bo‘lsa, ba’zilari nisbatan keyinroq paydo bo‘lgan, yana ayrimlarining ma’no miqdori ortgan, boshqalarida esa bu miqdor kamaygan. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar tilning, eng avvalo, lug‘at boyligida o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham
Yüklə 110,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə