Mavzu: Rasmiy idoraviy uslub. Reja



Yüklə 110,14 Kb.
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü110,14 Kb.
#162826
1   2   3   4   5   6   7
Rasmiy uslub va uning umumiy xususiyatlari. Reja Rasmi

leksik me’yorlar boshqa meyorlarga qaraganda anchayin harakatchan bo‘ladi. Buning ustiga, leksik me’yorlarni belgilash ham sezilarli darajada murakkab va qiyin jarayon, chunki, masalan, fonetik yoki morfologik birliklar sanoqli bo‘lgani holda, leksik sistemani tashkil etadigan birliklar — so‘zlar judako‘p,bir necha o‘n minglar, yuz minglar bilan o‘lchanadi. SHunga ko‘ra ham leksik sistemani osonlikcha unifikatsiya qilish mumkin emas. Buning ustiga (tilda yangi-yangi so‘zlar paydo bo‘dadi, ayrim so‘zlar iste’moldan chiqib ketadi, turli tillarda so‘zlar kirib keladi. So‘zning maqbulligi, uning u yoki bu ma’noda qo‘llanishi to‘g‘riligining baholanishida ko‘prok, til egalarining dunyoqarashi, mafkurasi, madaniy- ma’rifiy saviyasi, adabiy an’analardan boxabarligi asosiy rol o‘ynaydi. SHuning uchun ba’zan muayyan so‘zning adabiy tilda qo‘llanishining maqbulligi yoki nomaqbulligi ustida uzoq va jiddiy bahslashiladi. Ana shu bahs-munozaralar, ilmiy-ijtimoiy izlanishlar natijasida tegishli to‘xtamga kelinadi.
Aytish lozimki, leksik me’yor lug‘atlarda, xususan, izohli lug‘atlarda o‘z aksini topadi, zotan, izohli lug‘atlarga birinchi navbatda adabiy til leksikasi kiradi. To‘g‘ri, adabiy me’yordan tashqaridagi so‘zlarning ma’lum qismi ham izohli lug‘atdan o‘rin oladi, ammo ular "esk."(eskirgan), "s.t." (so‘zlashuv tili), "dial."(dialektal), "folk."(folklor), "tar."(tarixiy) kabi izohlar bilan beriladi. "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" (2 tomlik. Moskva, 1981.)da "Mazkur lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tilining normativ lug‘atidir. SHunga ko‘ra lug‘atga, xususan, hozirgi zamon o‘zbek tilida keng iste’molda bo‘lgan so‘z va frazeologik iboralar kiritilgan" deb ta’kidlangan. Aytish joizki, bugun mazkur lug‘atdagi anchagina so‘zlar hozirgi adabiy tilimiz me’yorlaridan chikdi, bir qancha so‘zlar me’yorga kirdi. SHuning uchun yangi 5 jildli "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" tayyorlandi va nashr etildi (Toshkent: "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi"Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008). Tilning leksik me’yorlarini belgilashda o‘z va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarga munosabat masalasi o‘rtaga chiqadi. Dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligida vaqti-vaqti bilan bu borada tilga puristik yondashuv ko‘zga tashlanadi.Aslida purizm (lotincha — purus "toza, sof") tilning tozaligini saqlashga urinish ma’nosida ijobiy hodisa. Ammo tildagi har qanday o‘zlashmalarga keskin qarshi, o‘ta konservativ bir harakat o‘laroq, salbiy harakat deb baholanadi.
Tilga noo‘rin kirishi mumkin bo‘lgan chet so‘zdan saklanish kerak, ammo har qanday o‘zlashmaga qarshi turish, uni almashtirishga kirishish maqbul ish emas. Tilshunos L.I.Skvorsov purizm odatda favqulodda ijtimoiy voqealar va ular bilan bog‘liq tilda voqe bo‘ladigan sezilarli siljishlar davrida bo‘y ko‘rsatishini aytadi. CHindan ham, o‘tgan asrning 20-yillarida o‘zbek tiliga Evropa tillaridan kirgan juda ko‘plab so‘zlarni arab-fors so‘zlari yoki yangi yasalmalar bilan almashtirishga zo‘r berilgan. Masalan: partiya — firqa, matematika — riyoziyot, astronomiya — falakiyot, vodorod — muvalidulalma’ — suvtug‘dirg‘ich, kislorod — muvalidulhamuza — achchil, uglerod — homzi korbun — ko‘mirchil va h.k. Lekin bu harakatlar mohiyatan sun’iy bo‘lganligi, o‘zbek tili tabiatiga muvofiq bo‘lmaganligi uchun natija bermadi, mazkur almashtirilgan so‘zlar leksik me’yor sifatida tilda muqimlasha olmadi.
O‘zbekistonning mustaqilligi
Yüklə 110,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə