Mavzu: Rasmiy idoraviy uslub. Reja


Muhimi — bunda me’yor va o‘zbek tili qonu



Yüklə 110,14 Kb.
səhifə6/7
tarix27.12.2023
ölçüsü110,14 Kb.
#162826
1   2   3   4   5   6   7
Rasmiy uslub va uning umumiy xususiyatlari. Reja Rasmi

. Muhimi — bunda me’yor va o‘zbek tili qonuniyatlariga, ijtimoiy-nutqiy odatlarga uyg‘unlikni inobatga olish. Ana shu asosda tilimiz lug‘at xazinasidan o‘rin olgan juda ko‘p arab, fors, rus va boshqa tillarningso‘zlariborki, ularning begona tilga oidligini mutaxassis bo‘lmagan odam sezmaydi ham. "Davlat tili haqida"gi Qonun qabulqilingandan keyin avtor, gonorar, gruppa, ministr, oblast, programma, plan, redaktor, sekretar, tekst, temakabi rus tilidan yoki u orqali boshqa tillardankirgan bir qancha so‘zlar o‘rniga tavsiya etilganmuallif, qalam haqi, guruh, vazir, viloyat, dastur, reja, muharrir, kotib, matn, mavzu kabi arabcha, forscha so‘zlarbugun o‘zbek tilining leksik me’yoriga aylanib bo‘ladi.
SHuni ham aytish kerakki, boshqa tildan so‘z olinganda, bu so‘z talaffuz jihatidan oluvchi tilning tovush qonuniyatlariga muayyan bir darajada moslashtirilmog‘i maqsadga muvofiq. Arab, fors, yapon, turk va ko‘plab boshqa tillarda bu tamoyil an’anaga aylangan. Ana shunday yo‘l tutilganda, o‘zga tilning so‘zi bu tilga tamoman o‘z bo‘lishi va bu til rostmana boyishi mumkin. Aytaylik, iqlim so‘zini bugun hech qaysi o‘zbek boshqa so‘z bilan almashtirish kerak demaydi. Tilimizdagi benihoya ko‘p arabcha so‘zlar qatorida bu so‘z ham o‘zlashib ketgan. Ammo bu so‘z aslida arablarning ham bevosita o‘z "mol"i emas. Uni arablar yunon tilidan olganlar. YUnonlarda klimatos so‘zi bor, u "quyosh nurining erga tushishidagi qiyalik darajasi" degan ma’noni ifodalaydi. Bu so‘zni arablar talaffuzini ham arabchalashtirgan holda(iqlim) o‘zlashtirganlar. YOki yapon tilida sisutemu (sistema), akusento (aksent), purusu (puls; yapon tashda l tovushi yo‘q), ideorogi (ideologiya) kabi bir qancha talaffuzi ham moslashtirilgan o‘zlashmalar mavjud. O‘zbek tilida ilgari rus tilidan o‘zlashtirilgan va aynan talaffuz qilinadigan komitet (fransuzcha comite so‘zidan olingan) so‘zi bor edi. Mustaqillikdan keyin ayni shu fransuzcha so‘zni o‘zbekcha talaffuzga moslashtirib, ko‘mita shaklida olindi va u adabiy leksik me’yorga aylandi.
Tilimizning
Yüklə 110,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə