Mavzu: Rasmiy idoraviy uslub. Reja



Yüklə 110,14 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü110,14 Kb.
#162826
1   2   3   4   5   6   7
Rasmiy uslub va uning umumiy xususiyatlari. Reja Rasmi

Muammo” texnologiyasi 2.

Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni echishda Sizning harakatlaringiz

Muammoni echishda uchraydigan to‘siqlar

Hujjat turlarini yozishda rasmiy ish – qog‘ozlar uslubining o‘ziga xosligiga rioya etmaslik

Rasmiy ish – qog‘ozlar uslubining grammatik, leksik tomonlarini hisobga olmaslik, so‘zlashuv uslubining faolligi

Hujjat turlarini to‘g‘ri, aniq, qisqa yozishni tushuntirish, o‘rgatish, ko‘nikma hosil qildirish

O‘zustida ishlamaslik, e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lish

Adabiy tilning tirik tirgagi adabiy me’yorlardir, chunki ularsiz adabiy til tushunchasi mohiyatini yo‘qotadi. Bu me’yorlar kishilar nutqiy axloqining boshqaruvchisi, so‘zlovchisi sifatida xizmat qiladi. Ayni me’yorlar bu tildan foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiy bo‘lganligidan so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi axborot almashuv jarayonida til belgilarining to‘g‘ri, adekvat, bir xil anglanishini ta’minlaydi (albatta, bunda boshqa vositalar ham ishtirok etadi). Adabiy me’yor til unsurlaridan til sistemasi qonuniyatlariga uyg‘un, jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy amaliyot va an’anaga muvofiq holda foydalanish qoidalaridir. Adabiy me’yorning shakllanishi va rivojlanishida jamiyatdagi nutqiy amaliyot, ayniqsa, atoqli yozuvchilar — so‘z ustalari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Xuddi shu amaliyotda barqarorlashgan so‘z (yoki boshqa lisoniy birlik)ni qo‘llash doimiy qoida shaklinioladi. Qizig‘i shundaki, adabiy til me’yori nutqiy amaliyotdan olinadi va yana shu amaliyotni boshqarishga xizmat qiladi. Til me’yorlari milliy til birligi, butunligining bosh omillaridan hisoblanadi. Ayni shu me’yorlar ko‘p shevali o‘zbek milliy tili egalarining nutqiy muloqotini birlashtiradi.Adabiy me’yorlar anchayin barqaror hodisadir, aks holda nutqiy aloqa qiyinlashishi tabiiy. Aytaylik, bugun bu shakl me’yor, ertaga boshqa shakl me’yor bo‘lsa, kishilarning bir-birlarini anglashlari mushkullashadi. Masalan, muayyan so‘z mavjud bir narsaga nisbat berib yasalgan va bu so‘z adabiy me’yorga kirgan, ammo vaqtlar o‘tishi bilan bu narsa o‘rnini boshqa narsa egallaydi. Buniotlanmoq so‘zi misolida ko‘rish mumkin. Iste’dodli yozuvchi Orif Farmonov "Tadqiqotlar va kashfiyotlar" hajviyasida ayni holatni juda chiroyli tavsiflab kulgi chiqargan: "...Taraqqiyot shunchalik tezlashib ketdiki, sal bo‘shashsang, yo modadan orqada qolasan, yo avtobusdan. Hatto so‘z tug‘ilish sur’ati ham bu taraqqiyot oldi juda imillayapti. Masalan, qadimda Yo‘lga otlandi degan gap bor edi. Hozir otlar o‘rnini texnika egallab oldi. Lekin Yo‘lga otlandi gapi hamon tilimizda. Yo‘lga otlangan odam esa yallayib mashinada o‘tirgan bo‘ladi. Demak, Yo‘l mashinalandi degan gap tug‘ilishi kerak edi-da." Otlanmoq tilimizda barqaror leksik me’yor sifatida yashamokda, uning dastlabki ma’nosi, ya’ni "otga minmoq" bugun xiralashgan.
Ayni paytda ta’kidlash joizki, adabiy me’yorlarni mutlaqo o‘zgarmas, davrlar o‘tishi bilan hech bir o‘zgarishga uchramaydi deb bo‘lmaydi. Me’yorlarni tamoman qotib qolgan narsa deb tushunish to‘g‘ri emas. Adabiy til me’yorlari ayni paytda dinamik hodisa hamdir. Til o‘zining ijtimoiy tabiatiga muvofiq jamiyat rivoji bilan bab-baravar takomillashib borar ekan, tilning me’yorlari ham o‘zgarib, yanada mukammallashib boradi.
Alohida ta’kidlash kerakki, adabiy talaffuz me’yori tarbiyasi qancha erta boshlansa, shuncha yaxshi, chunki shevaga xos talaffuz ko‘nikmasi juda mustahkam bo‘ladi. Aytaylik, bola yorug‘ dunyoga kelgan soniyadan boshlaboq uning qulog‘i odatda u yoki bu shevadagi nutq ta’siri ostida qoladi. Istaymi -yo‘qmi, tili ham shu shevada chiqadi. Taassufki, oila to bolaning tili qotguncha uni adabiy talaffuz tomon tortishga urinib ham ko‘rilmaydi. Keyinchalik uni adabiy talaffuzga o‘rgatish uchun ko‘p kuch sarflanadi, ammo natija hamisha ham ko‘ngildagidek bo‘lavermaydi. Hatto til va adabiyot o‘qituvchisi bo‘lib etishgan, aytaylik, xorazmlikni "o" tovushini ("a" yoki unga yaqin tarzda talaffuz qiladi, buxorolikning "o‘" tovushini (asosan, til oldi "o‘"tarzida talaffuz qiladi) sof adabiycha talaffuz qilishi mushkulotga aylanadi. Ana shu tufayli "Bolaning tili rosa olaversin, uning nutqiy madaniyati haqida qayg‘urish qochmas, maktab hammasini o‘rgatadi" qabilida mulohaza aqlning ishi emas. O‘z farzandiningro‘shno dili, burro tili raso so‘zi bilan ilonni inidan chiqaradigan bo‘lib kamolga etishini astoydil istaydigan har bir kishi buniunutmasligi kerak.
Adabiy til me’yorlarini tartibga solish, mustahkamlash, o‘zgarish va taraqqiyot tamoyillarini belgilash maqsadida davlat, ilmiy-adabiy jamoatchilik, umuman, jamiyat til me’yorlariga oqilona ta’sir etib boradi. Zero, adabiy me’yorning mohiyatitildagiu yoki bu qo‘llanishning shu til jamoasi tomonidan maqbul ko‘rilishi, nufuzli adiblar asarlarida keng yoyilishi, jamiyat hayotining ayni davrida nutqiy urfga kirishidan iborat. Jamiyatdagi muayyan katta-kichik o‘zgarishlar tilda aks etar ekan, adabiy me’yorlarda kam o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu holatlarda maqbul variant
Yüklə 110,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə