Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Reja



Yüklə 96,37 Kb.
səhifə13/13
tarix15.06.2023
ölçüsü96,37 Kb.
#117323
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Re

Konvergensiya - biror narsaga qaraganda ikkala ko`z soqqasining qanshar tomon bab-barobar burilishidir. Konvergensiya masofani, chuqurligini aniq, to`liq idrok qilishga imkon beradi.Odamda inson tomonidan vaqtni idrok qilish asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o`zaro o`rin almashinuvi tufayli namoyon bo`ladi va o`ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining ob`ektiv (haqqoniy, xolis) mazmuniga, shaxsning o`ziga nisbatan munosabatiga bog`liq bo`lib, shu mezon orqali uning mahsuldorligi o`lchanadi.
Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar qatnashadi, biroq vaqtlar oraliqinining bir muncha aniq farqini kinestezik va eshitish sezgilari beradi.
Markaziy asab tizimida bosh miya katta yarim sharlarida qo`zg`alish va tormozlanishning ritmik almashinuvi vaqtni idrok qilish asosida yotadi. Agar bosh miya po`stida qo`zg`alish jarayoni ustunlik qilsa, vaqt "tez" o`tgandek, agar tormozlanish ustunlik qilsa, vaqt "sekin" o`tgandek idrok qilinadi. Vaqtning "tez" yoki "sekin" o`tishi kishining vaqtga va diqqati yo`naltirilgan ob`ektga munosabatiga ham bog`liq.
Biosfera va nosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba`zan nisbiy jihatdan boshqa ijtimoiy-siyosiy, tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) o`rin almashinuvini bevosita (bavosita) aks ettirishdan iboratdir. Shu sababdan, harakat taqqoslanmasdan idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib o`tiladi.
Tevarak-atrofdagi narsa-hodisalar muayyan vaqt davomida o`z o`rinlarini almashtirib turadilar. Kishilar narsa-hodisalarning fazoda o`rin almashtirib turishini, ya`ni harakatini ham idrok qiladilar. harakatni idrok qilishda ko`rish va kinestezik analizator asosiy rol o`ynaydi. Tezlik, tezlanish va harakatning yo`nalishi harakat qilayotgan ob`ekt parametridir. Odam narsalarni harakati haqida ikki yo`l bilan ma`lumot olishi mumkin.

Harakatni bevosita ko`rish orqali idrok qilish ikki xildir.
a) ko`zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish
b) ko`zni bir nuqtaga qaratib turish.
Harakat tez yoki sekin bo`layotgandek idrok qilinadi. Harakatni bunday idrok qilinishi narsalarning ob`ektiv tezligiga va uning idrok qilinuvchidan qanchalik uzoq yaqinligigbog`liq Harakatni eshitish analizatori yordami bilan ham idrok qilinadi
Mavzu bo’yicha nazorat savollari

  1. Sezgi deb nimaga aytiladi.

  2. Sezgilarning nerv-fiziologik asosi haqida gapirib bering.

  3. Sezgilarning tasnifi,

  4. Sezgilarning turlari,

  5. Sezgi sohasidagi qonuniyatlar.

  6. Idrok qanday xususiyatlari mavjud?

  7. Illyuziya nima?

  8. Attraksiya deganda nimani tushunasiz?

  9. Idrok turlari?

  10. Perseptiv faoliyat nazariyasi?

Yüklə 96,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə