Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Reja



Yüklə 96,37 Kb.
səhifə6/13
tarix15.06.2023
ölçüsü96,37 Kb.
#117323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Re

Teri sezgilari – tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo`lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili bu reseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidadir.
Tuyish sezgilari – ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo`lib, birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki g`adir - budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a`zosiga narsalarning tegishini sezish tashqi qo`zg`atuvchi kuchayganda siqiq sezgiga aylanadi, u yanada kuchayganda og`riq sezgisiga aylanadi.
Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari zichligi ekstiziometr asbobi yordami bilan o`lchanadi. Asbob keriladigan ikki oyoqli sirkuldan tashkil topgan, bo`lib, uning o`zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari o`rtasidagi masofani o`lchaydi.
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po`stining orqadagi markaziy nuqtasida joylashgan deb tahmin qilinadi. Tuyish sezgilarining tashqi, ya`ni fizik sababi bu biron- bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
Muskul-harakat_sezgilari_–_motor_sezgilar'>Muskul-harakat sezgilari – motor sezgilar deb nomlanib, ularga og`irlikni, qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari-gavda muskullari, paylar, bo`g`imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo`lib, ularning ta`sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.
Muskul harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta`sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik sezgilar – gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilari deb ataladi.Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat reseptor vazifasini bajaradi. Vestibulyar apparat quloq dahlizi yarim doira kanallaridan tashkil topgan bo`ladi, sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini saqlashda alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallardan tashkil topgan.
Organik sezgilarning reseptorlari ichki organlarda, qizilo`ngach, me`da, ichak, qon tomirlari, o`pka va shu kabilarda joylashgan bo`ladi. Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar reseptorlarining qo`zg`atuvchilaridir.



Yüklə 96,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə