Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Reja


Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o



Yüklə 96,37 Kb.
səhifə12/13
tarix15.06.2023
ölçüsü96,37 Kb.
#117323
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Re

Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o`ynashiga qarab: ko`rish, eshitish, teri tuyish knestezik harakat, hid bilish va ta`m bilish idroklari bir-biridan farq qiladi.

  • Yashash shakllariga qarab idrok: fazoni vaqtni va harakatni idrok qilishga bo`linadi.

  • Idrok faollik darajasiga qarab: ixtiyorsiz va ixtiyoriy shakllarga bo`linadi. Bunga sabab idrokning diqqat bilan uzviy bog`liqligidir. Diqqat idrokning faolligini oshiradi hamda idrokning mukammal, ravshan, aniq bo`lishiga xizmat qiladi.

    Ma`lumki idrok odatda ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`ladi. Ixtiyorsiz idrok hamisha ixtiyorsiz diqqat bilan bog`liq bo`lib, muayyan bir maqsadsiz, hech qanday iroda kuchi sarf qilinmasdan amalga oshiriladi. Ixtiyorsiz idrok biror narsani to`satdan, ta`sir etayotgan narsalarning boshqa narsalardan keskin farq qilishi, haddan tashqari originalligi, yorqinligi natijasida yuzaga keladi. Ixtiyorsiz idrok odamning butun faoliyati davomida uzluksiz davom etib, ayrim paytlarda ixtiyoriy idrok bilan almashinib turadi. Lekin shunday bo`lsa ham inson hayotida ixtiyoriy idrokning roli benihoya kattadir.
    Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarni yaxlit aks ettirishdan iborat bo`lgan iroda jarayonining bir qancha o`ziga xos xususiyatlari bordir. Odatda ikki idrok turi farq qilinadi. Ulardan biri sodda idrok bo`lsa, ikkinchisi murakkab idrokdir. Sodda idrok deganda atrofimizdagi turli-tuman narsalari masalan, xonadagi stol-stullar, shkaflar hamda shkaflardagi o`yinchoqlarni idrok qilish sodda idrok qilishdan iboratdir.
    Idrokni tasnif qilishda materiyaning yashash shakllari - fazo, vaqt, harakat asos qilib olinadi, unga ko`ra idrok quyidagi turlarga ajratiladi:

    1. Fazoni idrok qilish 2. Vaqtni idrok qilish 3. Harakatni idrok qilish

    Fazoni idrok qilish voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan o`rnini, shaklini, miqdorini, bir-biriga nisbatan munosabatlar bilish jarayonining shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq to`g`risida, uning xususiyatlari, xajmi, masofasi (ich tomonni, chuqurligi) yuzasida muayyan ma`lumotlar, xossalar, axborotlar to`plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo`ladi.
    Fazoni idrok qilish undagi narsalarning shaklini, hajmini va o`zaro munosabatlarini aks ettirishdir. Demak, fazodagi narsalar uch o`lchovda idrok qilinadi; narsalarning shakli: uch burchakli, to`rt burchakli, kub, kvadrat, doira, konus va boshqalar. Narsalarning hajmi katta, kichik, o`rtacha, yirik, mayda va boshqalar. Narsalarning bir-biriga va idrok qiluvchiga munosabati: o`ngda, chapda, yuqorida, pastda, uzoqda va hokazo. Fazoni ko`rish, teri, muskul-harakat organlari bilan idrok qilinadi. Fazoni bir ko`z bilan yoki ikki ko`z bilan idrok qilamiz. Monokulyar idrokda narsalarning chetlaridan kelayotgan nurlar bitta ko`zning to`r pardasida aks etadi. Bu nurlar ko`z gavharlarida bir-birini kesib o`tadi va ularning kesishgan joyida ko`rish burchagi hosil bo`ladi. Bu burchakning katta-kichikligiga hamda uning ko`zdan qanchalik uzoq-yaqinligiga bog`liq. Ko`z gavharlarining va umuman ko`zning narsalarni eng yaxshi ko`rish uchun moslashuvini akkomadasiya deyiladi.
    Odatda fazodagi narsalarning shakli, hajmi va o`zaro munosabatlarini ikki ko`z bilan binokulyar idrok qilinadi. Biz bir narsaga ikki ko`z bilan qaraymiz. Lekin narsa bitta aks etadi. Buning sababi o`sha narsadan keladigan nurlarning ko`z pardasiga mos yoki mos bo`lmagan nuqtalariga to`g`ri kelishidir. Narsalarning fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergensiya muhim ahamiyatga ega.

    Yüklə 96,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə