Mavzu: Shahar yo‘llarini



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə4/5
tarix26.10.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#131031
1   2   3   4   5
Mустақил иши №2

Шахарни режалаштириш маълумотлари асосида


Кўчанинг йўналиши ва плани






Turli sathlardagi kesishuvlar qurilishini soddalashtirish uchun birinchi vaqtlarda tezkor harakatlanish ko‘chalari asosan o‘ymalarda joylashtirilardi. Endilikda tezkor harakatlanish ko‘chlarini estakadalarda o‘tkazish ma’qul ko‘rilmoqda. Bunda qurilish ishlari soddalashadi, yer osti kommunkag‘iyalarini qayta qurishga bo‘lgan ehtiyoj qisqaradi, qurilish qiymati kamayadi.





2-rasm. tuman ahamiyatidagi magistral yo‘llarining namunaviy ko‘ndalang kesimi






3-rasm. Umumshahar ahamiyatidagi va harakat boshqariladigan shahar ko‘chasining namunaviy ko‘ndalang kesimi

  1. rasm. Umumshahar ahamiyatidagi harakat boshqariladigan magistral yo‘lining namunaviy ko‘ndalang kesimi






Shaxar ko‘chalarini qurish va ta'mirlash ishlarini mexanizasiyalashtirish
Qo‘l kuchida bajariladigan ishlarni xar xil manbaalar quvvatidan foydalanib xarakatga solinadigan mashina mexanizmlar bilan bajarilishiga erishishni ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish, deb tushuniladi.
Avtomobil' yo‘llari qurish va ta'mirlash ishlarini mexanizasiyalashtirish masalasi moddiy resurslardan isrof qilmasdan foydalanish imkonini beradi va o‘z o‘rnida ishlab chiqarish unumdorligiga, ishning sifatiga, bajarilish muddatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta'sir etadi. Ishlarni bajarish texnologiyasida ko‘zda tutilgan biror-bir texnikaning yetishmasligi yoki bajarilishi lozim bo‘lgan ish turiga mos emasligi oxir oqibatda ishlarning sifatsiz bajarilishiga olib keladi.
Avtomobil' yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va korxonalarning mexanizasiya parki bo‘lib, ular faoliyat turi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish uchun zarur mashina mexanizmlar bilan to‘liq komplektlangan bo‘lishi lozim. Mana shu maqsadni ko‘zlagan xolda respublika yo‘l xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar taxsinga sazovordir.
Shu o‘rinda zamonaviy mashina mexanizmlardan unumli foydalanish, ishlab chiqarish extiyojlarini xar tomonlama tayyorlangan bilimli mutaxassis kadrlar bilan to‘ldirgan xolda qondirish aloxida axamiyat kasb etadi. Bu o‘z navbatida avtomobil' yo‘llarini qurish, ta'mirlash va saqlash ishlarini to‘liq mexanizasiyalashtirish imkonini beradi. Bajarilishi talab etiladigan asosiy va ko‘maklovchi, og‘ir va ko‘p vaqt talab qiladigan ishlarni mexanizmlar zimmasiga yuklanishini ta'minlaydi, faqatgina mashinalarni qo‘llash qo‘l kuchini yengillashtirmaydigan xamda iqtisodiy maqsadsiz bo‘lgan xolatlar bundan mustasno.
Misol tariqasida bugungi kunda xam avtomobil' yo‘llarini ta'mirlash ishlari qo‘l kuchi bilan bajarilayotgan xolatlarga duch kelayapmiz. Qoplama ravonligi yo‘lning texnik xolatidagi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, ta'mirlash ishlari og‘ir va sermexnatligi bilan ajralib turadi. XXI asrda o‘tgan asrning 50 yilida ishlab chiqilgan lom bilan qoplamadagi asfal'tbetonni qo‘porish yoki unga forma berishni talab qilish zimmamizdagi mas'uliyat doirasida o‘ta uquvsizligimizning belgisidir. Xozirgi kunda respublika xududiy birliklaridagi tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonalarining xar biri o‘rtacha 500ming kv.m.dan 1500ming kv.mgacha avtomobil' yo‘llari qoplamasini ravonligini ta'minlashi zarur. Shunday ekan birinchi navbatda avtomobil' yo‘llari qoplamasini ta'mirlash ishlarini to‘liq mexanizasiyalashtirishimiz zarur. Xar bir tumanga kamida 1 donadan yo‘l frezasi, yengil va o‘rta og‘irliklardagi katoklar yetkazib berilishi, yo‘llarimizda isrof bo‘layotgan moddiy manbaalarimizni nafaqat tejaydi, balki ularni ortishini xam ta'minlaydi.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə