mavzu soat juftlik Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi faninig mazmuni, maqsadi va bolaning rivojlanishi


Kichik yoshdagi o‘quvchilarda anglash jarayonining rivojlanishi



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə27/39
tarix05.03.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#101979
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Rivojlanish 1-mavzu

Kichik yoshdagi o‘quvchilarda anglash jarayonining rivojlanishi
Idrok rivoji. Jismoniy jarayonlar rivojlanishi butun kichik maktab yoshi davomida amalga oshadi. Garchi bolalar maktabga yetarli rivojlangan idrok bilan kelishsa-da (ularda ko‘rish, eshitish o‘tkirlashadi, ular turli shakllar va ranglarni yaxshi farqlaydilar), ularning o‘quv faoliyatidagi idroki faqat shakl va ranglarni o‘rganish va anglashdan iborat bo‘ladi. Bolaning idrok etilgan predmetlarni tahlil qilish va farqlash imkoniyati unda shunchaki his etishdan ko‘ra murakkabroq faoliyat turining shakllanishi bilan bog‘liq. Kuzatish deb atalgan faoliyat turi maktabda o‘qish jarayonida juda intensiv ravishda shakllanib boradi, keyinchalik idrok biror maqsadga qaratila boradi. Bola kuzatuvchanligi haqida shaxsning alohida xususiyati sifatida gapirish mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta’limda kichik yoshdagi o‘quvchilarning barchasida bu muhim xislatni sezilarli rivojlantirish mumkin.
Diqqatning rivojlanishi. Maktabga keluvchi bolalar maqsadli diqqatga ega bo‘lmaydilar, ular asosan bevosita o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan, yorqinligi va noodatiyligi bilan ajralib turuvchi (ixtiyorsiz diqqat) narsalarga e’tibor beradilar. Maktab birinchi kundanoq boladan uni qiziqtirmaydigan narsalarni kuzatishni va ma’lumotlarni o‘zlashtirishni talab qiladi. Bola asta-sekin diqqatini tashqi tomondan jalb etuvchi narsalarga emas, kerakli narsalarga yo‘naltirish va qat’iy saqlashni o‘rganib boradi. 2-3-sinfda ko‘pchilik o‘quvchilar allaqachon ixtiyoriy diqqatga ega bo‘ladilar. Ixtiyoriy diqqat, uni u yoki bu masalaga maqsadli yo‘naltirish – kichik maktab yoshining muhim yutug‘idir.
Kichik maktab yoshida diqqatning rivojlanishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy diqqatning almashinuviga, uning hajmi kengayishiga va turli harakat turlari o‘rtasida diqqatni taqsimlay olishga bog‘liq.
Xotiraning rivojlanishi. Yetti yoshli bola asosan tashqi tomondan yorqin va emotsional jihatdan ta’sirli voqea, tasvir, hikoyalarni eslab qoladi. Lekin maktab hayoti shundayki, boshidanoq bolalardan materialni ixtiyoriy eslab qolish talab etiladi. O‘quvchilar kun tartibi, axloq qoidalari, uy vazifalarini maxsus eslab qolishlari, keyin esa ularga rioya etishlari lozim.
O‘quv materialini eslab qolish alohida bilimni talab etadi. Usiz o‘quv xotirasi zaif va tartibsizligicha qolaveradi. O‘quvchi maxsus aniqlash, guruhlash va taqqoslashni talab etuvchi narsani bevosita eslab qolishga harakat qilayotganida bu «yomon xotira» pand beradi. O‘quv materiali bilan ishlash usullarining shakl-lanishi «yaxshi xotira»ni yanada samaraliroq tarbiyalash yo‘li sifatida namoyon bo‘ladi. Bu jarayonda nutq ustida ishlash kabi xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlaridan oqilona foydalanish lozim. Aniq bir material bilan ishlashda ham shunday.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə