mavzu soat juftlik Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi faninig mazmuni, maqsadi va bolaning rivojlanishi


Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining o‘zaro va o‘qituvchi bilan munosabatlari



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə29/39
tarix05.03.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#101979
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Rivojlanish 1-mavzu

Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining o‘zaro va o‘qituvchi bilan munosabatlari. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari o‘zaro munosabatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning do‘stligi, odatda, tashqi hayotiy shart-sharoitlar umumiyligiga va tasodifiy qiziqishlarga asoslanadi (bolalar bir partada o‘tirishadi, sarguzashtli adabiyotga qiziqishadi va boshqalar). O‘qituvchi fikri kichik maktab o‘quvchisi uchun muhim va qat’iydir. Kichik maktab o‘quvchilari uning mavqeini so‘zsiz tan oladilar. Ular barcha masalalar yuzasidan o‘qituvchiga murojaat qilishadi.
Emotsiyalar va ularning kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida rivojlanishi. Xuddi boshqa psixik jarayonlar kabi bolalar emotsiyasining umumiy xususiyatlari ham o‘zgaradi. Kichik maktab yoshi davomida emotsiyalarni namoyon etishda o‘zini tiyib turish kerakligini anglash kuzatiladi. Emotsional holat barqarorlashuvining ortishi -psixik jarayonlar unumdorligining shakllanishidir. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari kattaroq o‘quvchilar, shuningdek, o‘smirlarga nisbatan ancha vazminroq.
Professional qarashlar
O'rta bolalik davrida bolalar mavzu bilan tanishganlarida va fikrlarini kuchaytirish uchun aniq narsalarga kirishganda eng yaxshi fikrlashni amalga oshiradilar. O'qituvchilar bolalarning ko'nikmalarini kuzatib borishi, ularning qobiliyatlari va qaysi sohalarda kam ma'lumotga ega ekanliklari haqida bilishi va predmetlar bilan ishlashga imkon beradigan va o'zlarining oldingi tushunchalari bilan aloqalarni o'rnatishga imkon beradigan o'qitish usullarini tatbiq etish orqali bolalarni tarbiyalashlari mumkin.
Erta o'spirinlik (10-14 yosh)
O‘smirlik davri chegaralari taxminan 5-8-sinflarga to‘g‘ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi, lekin o‘smirlik yoshiga o‘tish 5-sinfga o‘tish bilan mos tushmasligi va bir yil oldin yoki keyin sodir bo‘lishi mumkin.
O‘smirlik davrining alohida vaziyati uning nomlarida ifodalanadi: «o‘tish», «keskin o‘zgaruvchan», «mushkul», «tanqidiy». Ularda bu yoshda sodir bo‘ladigan rivojlanish jarayonlarining murakkab va muhimligi qayd etilgan. Bu hayotning bir davridan boshqasiga o‘tish bilan bog‘liq. Inson rivojlanishining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha (jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy, ijtimoiy) katta sifat va miqdoriy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
O‘smir shaxsi rivojlanishning muhim omili – uning shaxsiy faolligi – shaxsiyat, o‘zini e’tirof etish va aniqlash jarayoni faol kechadi – biroq bu jarayon bir tekis emas.
Bir tomondan o‘smirlarda «kattalik» namoyon bo‘la boshlaydi, boshqa tomondan esa hali «bolalik» qoladi. O‘smirlarning rivojlanishining umumiy yo‘nalishlari turlicha bo‘lishi va har bir yo‘nalish ko‘plab variantlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu masala muhim pedagogik ahamiyatga ega.
O‘smirlik yoshida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi, ular organizmning jismoniy o‘sish va biologik voyaga yetishi bilan bog‘liqdir.
Organizm o‘sishidagi sakrashlar, endokrin tizimdagi o‘zgarishlar, gipofiz faoliyatidagi faollik, jinsiy voyaga etish, yurak, mushak, butun organizmning mustahkamlanishi insonning psixik, aqliy va ruhiy o‘sishida muhim o‘zgarishlarga olib keladi. Shunga qaramay, o‘smirlik davridagi «tanglik»ni tushuntirishdagi nazariy fikrlar taraqqiyoti shunday umumlashmani Yuzaga keltiradiki, unga ko‘ra, o‘smirlik davrining namoyon bo‘lishi va o‘tishi hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlar, o‘smirning rivojlanishi, uning kattalar olamidagi mavqeiga bog‘liq.
O‘zini endi bola emas, katta deb his qilish, katta bo‘lishga harakat qilish o‘smir shaxsiyatidagi markaziy va spetsifik yangilik hisoblanadi. Kattalik hissi deb ataluvchi xususiyatning o‘ziga xosligi shundaki, o‘smir o‘zining bola ekanligini inkor etadi. Garchi atrofdagilar uni katta deb e’tirof qilishini istasa-da, o‘smirda hali unda haqiqiy va to‘laqonli kattalik hissi yo‘q.
O‘smirning kattalarga o‘xshashga urinishi tashqi tomondan ular kabi bo‘lish, kattalar hayoti va faoliyatining ayrim taraflariga qo‘shilishda kattalar xislatlari, malakalari, xulqlari, mavqelarini o‘zlashtirishga harakat qilishida namoyon bo‘ladi.
O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan munosabat turi o‘zgaradi, uning o‘z kattaligi darajasi haqidagi tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə