Mavzu: Sotsiologiya jamoatchilik fikri sotsial nazoratni fikri sifatida Reja


Bo‘sh vaqtni to‘g‘ri tashkil etish va undan foydalanishning sotsial muammolari



Yüklə 187,19 Kb.
səhifə4/7
tarix22.03.2024
ölçüsü187,19 Kb.
#181290
1   2   3   4   5   6   7
Sotsiologiya jamoatchilik - fikri sotsial nazoratni fikri sifatida 23

2. Bo‘sh vaqtni to‘g‘ri tashkil etish va undan foydalanishning sotsial muammolari.

Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida har bir kishining madaniy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, axloqiy va jismoniy o‘sishiga e’tibor berish, ularning bo‘sh vaqtlarini oqilona uyushtirish katta ahamiyatga ega. Zero, bo‘sh vaqtni oqilona uyushtirish kishilarning sog‘ligini saqlash va mustahkamlashning, madaniy saviyasi va duneqarashi o‘sishining, axloqiy va estetik tarbiyalashning muhim shartlaridar biridir. Chunki bo‘sh vaqt kishilarning tobora o‘sib borayotgan ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga, badiiy havaskorlik ijodi uchun zarur imkoniyatlar yaratishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, badiiy va estetik didni tarbiyalashga xizmat qiladi. Binobarin, barkamollik, yetuklik mezoni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning axloqiy ko‘nikmalarga mos kelishi va mehnat natijalari bilan hamohangligidir. Ma’naviy ehtiyoj har doim moddiy talab yoki imkoniyatlarga mos kelavermasligi mumkin. Ko‘ngil nimalarni tusamaydi. Ammo ko‘ngil maylini oqilona jilovlash ma’naviy ehtiyojni qondirishga yo‘l ochadi.


Bozor iqtisodiyoti munosabatlari va ilmiy-texnika taraqqiyoti natijasida mehnat jarayonlari to‘xtovsiz marakkablashib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida yoshlarni aqliy rivojlantirishni, kasb, bilim va malakalarini oshirishni, ma’naviy ehtiyojlarini qondirib berishni taqozo etadi. Bu muammolarni hal qilish, o‘qish-o‘qitish ishlarini yaxshilashga, mehnatni to‘g‘ri uyushtirishga, dam olishni yaxshi tashkil etishga bog‘liq. Chunki, o‘qish, mehnat qilish bilan dam olish o‘zaro bog‘liqdir, ularni bir-biri-biridan ajratib bo‘lmaydi. Xullas, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ular bo‘sh vaqti va madaniy dam olishlarini uyushtirish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim ijtimoiy hodisadir.
Tekshirish natijalariga binoan umumiy vaqt byudjetidan uxlash, yuvinish, uy yumushlari, darslarga qatnashish, yo‘lda yurish kabi zaruriy masalalar uchun 72,3 foiz sarflangan, boshqa vaqt qismi mustaqil ishlash, ilmiy izlanish, madaniy-ma’rifiy boyish kabi ishlarga xarj qilingan. Ayrim akademik guruh talabalarida bu ko‘rsatkichlarni tebranish chegarasi juda keng doirada bo‘lgan. Shuning uchun ham talabalar vaqt byudjetidan foydalanishining optimal rejalarini ishlab chiqish va tavsiya etish dolzarb masala hisoblanadi. Tibbiy fiziologik tekshirishlarga binoan, har bir o‘smir yoshidan o‘tgan yosh yig‘it-qiz bir sutkada 7-8 soat uxlashi kerak. O‘rtacha 7,5 soat deb hisoblasak, xaftada bir talaba uxlashga 52,5 soat sarflashi mumkin. Yuvinish, taranish, o‘zini tartibga keltirish uchun bir kunda 45 daqiqa, bir xaftada 5 soat sarflashi mumkin. Uy yumushlariga urtacha bir xaftada 7 soat ajratish mumkin. Dars jadvallarida o‘rtacha kuniga 6 akademik soat ko‘zlansa, u holda ular uchun xaftada 36 akademik soat sarflanadi. Yo‘lda yurishga o‘rtacha xaftasiga 6 soat ajratish mumkin. Shunday qilib, jami bo‘lib zaruriy ishlar uchun umumiy vaqt sarfi 1 xaftada 107 soat yoki umumiy byudjetdan 62,7 foizni tashkil etadi. Bo‘sh vaqt byudjeti esa 61 soat yoki 36,3 foiz bo‘ladi. Har kuni mustaqil tayyorlanish va o‘z ustida ishlash uchun kamida 3,5 soat sarflash ko‘zlansa, xaftada 24,5 soat zarur bo‘ladi. Ilmiy izlanish uchun xaftada 2 soat, sport va badiiy to‘garaklarda qatnashish uchun kuniga 1 soat yoki xaftada 7 soat talab qiladi. Badiiy kitob o‘qish, jamoat ishlari uchun har biriga o‘rtacha bir kunda 0,5 soatdan sarflansa, xaftada 3,5 soatdan 7 soat kerak bo‘ladi. Dam olish, televizor ko‘rish va radio eshitish uchun kuniga 2,5 soatdan ortiq sarflash vaqtni isrof qilish bilan barobardir. Shuning uchun bu ishga xaftada 12,5 soat ajratish mumkin. Boshqa favqulotda bo‘ladigan hodisalarga xaftada 3 soat sarflansa, vaqtdan optimal darajada foydalanilgan bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, bo‘sh vaqtni tashkil qilish va undan samarali foydalanish muhim ijtimoiy masala bo‘lib, uni to‘g‘ri xal qilish asosida shaxs o‘zining ongli faoliyati, ijtimoiy-siyosiy faolligi va ma’naviy barkamolligi uchun tegishli imkoniyatlar yaratadi.



Yüklə 187,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə