Mavzu: Sotsiologiya jamoatchilik fikri sotsial nazoratni fikri sifatida Reja



Yüklə 187,19 Kb.
səhifə3/7
tarix22.03.2024
ölçüsü187,19 Kb.
#181290
1   2   3   4   5   6   7
Sotsiologiya jamoatchilik - fikri sotsial nazoratni fikri sifatida 23

11.3. Jamoatchilik fikri monitoringi


Siz respublikadagi hozirgi ijtimoiy- iqtisodiy vaziyatni umuman olganda qanday baholaysiz (so‘rab chiqilganlarning foizi)




yaxshi, barqaror

Barqaror

nobarqaror

javob berishga qiynalaman

1998

48,6

33

8,4

10

2000

55,2

31,5

7,1

6,2

2002

56,2

33,1

7,6

3,1

2003

58,1

31,3

8

2,5

2004

59,4

31,3

6,7

2,6

1998-2004 yillarda “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovining qiyosiy natijalari mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga fuqarolar tomonidan ijobiy baho berishning dinamikasi o‘sganligidan dalolat beradi.


O‘zbekiston aholisi o‘rtasida mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy vaziyatidan qoniqishning yetarlicha yuqori darajasi islohotlarning asta-sekin ,bosqichma-bosqich amalga oshirilishi,”Falaj qilib davolash ” modelidan voz kechilganligi va mamlakatning milliy, demografik xususiyatlari hisobga olingan holda aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosat amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi.

Jаmoаtchilik nаzorаtining tub mohiyati shundаki, jаmoаtchilik аmаlgа oshirаyotgаn islohotlаr sur’аtini, ulаrning sifаtini, islohotlаr boshidа turgаn rаhbаrlаrning g‘аyrаtini, lаyoqаtini xolisonа o‘rgаnib, yutuqlаrini e’tirof qilib, kаmchiligini ro‘y-rost ochib tаshlаshimiz kerаk.


Hozirdаnoq dаvlаt orgаnlаrining аyrim vаkolаtlаrini bosqichmа-bosqich, аstа-sekinlik bilаn nodаvlаt tаshkilotlаrgа, fuqаrolаrning o‘zini-o‘zi boshqаrish orgаnlаrigа berib borish lozimligini hаyotning o‘zi yaqqol ko‘rsаtmoqdа.
Bevositа jаmoаtchilik fikri аsosidа аmаlgа oshаdigаn jаrаyonlаrdаn biri sаylovlаrdir. Xаlq sаylovdа ilg‘or, yetuk vа o‘zidа tааssurot qoldirgаn rаhbаrni, liderni tаnlаb olishigа imkon tug‘ilаdi. Sаylovlаr xаlqni boshqаrа olmаydigаn, loqаyd rаhbаrlаrdаn voz kechishgа, hаr tomonlаmа yetuk, ilg‘or g‘oyalаrni olg‘а suruvchi, jаmiyatning rivojlаnishigа o‘z hissаsini qo‘shuvchi rаhbаrlаrni qo‘llаb-kuvvаtlаshgа kаttа yordаm berаdi.
Iqtisodiyotning rivojlаnishidа, jаmiyatdа аdolаt vа demokrаtiya qаror topishidа turli xil jаmoаtchilik tаshkilotlаrining o‘rni judа kаttа. Аgаr nodаvlаt tаshkilotlаr, ijtimoiy tаshkilotlаr, yoshlаr vа boshqа jаmoаt birlаshmаlаrining hаyotimizgа tа’siri qаnchаlik kuchli bo‘lsа vа ulаr o‘z o‘rnigа egа bo‘lsа, demokrаtik, hаr tomonlаmа rivojlаngаn dаvlаtning qаror topishi shunchаlik tezlаshаdi.
Mаsаlаn, sobiq SSSRning tаrqаlishi yoki uni sаqlаb qolish mаsаlаsi keng jаmoаtchilik fikri аsosidа - referundum nаtijаlаrigа binoаn hаl qilindi.
Xuddi shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti I.Kаrimovning Prezidentlik vаkolаt muddаti Oliy Mаjlis deputаtlаri ishi bilаn muvofiqlаshtirish mаsаlаsi hаm referendum orqаli jаmoаtchilik fikrini o‘rgаngаn holdа hаl etilаdi: uning vаkolаti 2000 yilgа qаdаr uzаytirildi.
Konstitusiya vа boshqа qonunlаrning qаbul qilinish jаrаyonlаri hаm jаmoаtchilik muhokаmаsidаn so‘ng o‘zgаrtirishlаr kiritilgаn holdа аmаlgа oshirilmoqdа.
Sud jаrаyonlаridа hаm hаmishа jаmoаtchilik vаkili sud mаslаhаtchisi sifаtidа ishtirok etib kelmoqdа.
Jаmoаtchilik fikri monitoringi
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida har bir kishining madaniy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, axloqiy va jismoniy o‘sishiga e’tibor berish, ularning bo‘sh vaqtlarini oqilona uyushtirish katta ahamiyatga ega. Zero, bo‘sh vaqtni oqilona uyushtirish kishilarning sog‘ligini saqlash va mustahkamlashning, madaniy saviyasi va duneqarashi o‘sishining, axloqiy va estetik tarbiyalashning muhim shartlaridar biridir. Chunki bo‘sh vaqt kishilarning tobora o‘sib borayotgan ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga, badiiy havaskorlik ijodi uchun zarur imkoniyatlar yaratishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, badiiy va estetik didni tarbiyalashga xizmat qiladi. Binobarin, barkamollik, yetuklik mezoni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning axloqiy ko‘nikmalarga mos kelishi va mehnat natijalari bilan hamohangligidir. Ma’naviy ehtiyoj har doim moddiy talab yoki imkoniyatlarga mos kelavermasligi mumkin. Ko‘ngil nimalarni tusamaydi. Ammo ko‘ngil maylini oqilona jilovlash ma’naviy ehtiyojni qondirishga yo‘l ochadi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari va ilmiy-texnika taraqqiyoti natijasida mehnat jarayonlari to‘xtovsiz marakkablashib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida yoshlarni aqliy rivojlantirishni, kasb, bilim va malakalarini oshirishni, ma’naviy ehtiyojlarini qondirib berishni taqozo etadi. Bu muammolarni hal qilish, o‘qish-o‘qitish ishlarini yaxshilashga, mehnatni to‘g‘ri uyushtirishga, dam olishni yaxshi tashkil etishga bog‘liq. Chunki, o‘qish, mehnat qilish bilan dam olish o‘zaro bog‘liqdir, ularni bir-biri-biridan ajratib bo‘lmaydi. Xullas, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ular bo‘sh vaqti va madaniy dam olishlarini uyushtirish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim ijtimoiy hodisadir.
Hozirgi davrda kishilar bo‘sh vaqtini oqilona uyushtirish uni to‘g‘ri tashkil qilish madaniy-ma’rifiy muassasalar oldidagi ham dolzarb vazifadir. Shu boisdan bu sohadagi ishlarni davr talablari asosida ko‘rib chiqish, ularning ish usullari va shakllari xususida fikr yuritish, amaliy tajribalarni umumlashtirish maqsadga muvofiq. Bo‘sh vaqt sharoitida dam olishni uyushtirish xususida so‘zlashdan avval, «Bo‘sh vaqt» tushunchasini izohlash lozim. Bo‘sh vaqtning vazifasi nimadan iborat? «Bo‘sh vaqt» tushunchasi qanday tushunilib kelindi?
Bo‘sh vaqt jamiyatning ijtimoiy boyligidir. Chinakam boylik shunday vaqtdirki, u bevosita sarflanib ketmay, balki ishdan holi kezlarda huzur-halovat uchun ajratiladigan o‘ziga xos vaqtdir. Buning natijasida erkin faoliyat yurgizish va rivojlanish uchun keng imkoniyat tug‘iladi.
Qachonki, bo‘sh vaqt bilim olish, o‘z idrokini rivojlantirish, ijtimoiy vazifalarni bajarish, jismoniy va aqliy kuchlardan erkin suratda foydalanish uchun sarflansagina u haqiqiy ijtimoiy boylikka aylanadi.
Inson uchun eng katta, eng asosiy boylik ish vaqti emas, balki bo‘sh vaqtdir. Bo‘sh vaqt har bir kishiga dam olish, bilim olish, o‘zini kamol toptirish, oila a’zosi va fuqaro sifatida o‘z huquqlaridan foydalanish uchun zarur. Bo‘sh vaqt har qanday jamiyatda xalqning bilim va dam olishiga, umumiy madaniyatini oshirishga, jismoniy kamol topishiga xizmat qiladi.
Bo‘sh vaqt – kishining majburiy ijtimoiy mexnatdan tashqari vaqtining bir qismi. Ijtimoiy xayotda mehnatkashlarning umumiy vaqtini ikki qismga – ish vaqti va ishdan tashqari vaqtga bo‘lish mumkin. Ishdan tashqari vaqt asosan uy ishlariga, o‘ziga qarash, uxlash va ovqatlanish uchun sarflanadigan vaqt va bo‘sh vaqtga bo‘linadi. Bo‘sh vaqt shaxsning har tomonlama takomillashuvi, bilim darajasini oshirish, ijtimoiy – siyosiy xayotga qatnashish, dam olishi uchun kerak bo‘ladigan ishdan tashqari vaqtdir (Qarang: O‘zbek Ensiklopediyasi, 2 tom, 583 bet).
«Bo‘sh vaqt» va «ishdan holi vaqt» degan tushunchalar ba’zi tadqiqotlarda bunday ta’riflangan: «Bo‘sh vaqt– bu pul to‘lanadigan ishdan holi, uy ishlaridan va o‘qishdan holi, ihtiyoriy foydalanadigan dam olish, ko‘ngil ochishdir. U insonni ijtimoiy, badiiy, texnik jixatdan rivojlanishi uchun ajratilgan vaqtdir»(Qarang: Voprosq KPR. L,, LGIX, 1973, 77–bet).
«Bo‘sh vaqt – bu insonning jamiyat a’zosi sifatida bajarib bo‘lgan ishlaridan, ishlab chiqarishda, oilada va boshqa sohalarda bajarib bo‘lingan ishdan so‘nggi vaqtdir»(Qarang: Voprosq filosofii, 3-son, 1983yil).
«Bo‘sh vaqt – bu ishdan holi bo‘lgan mehnatkashlarning intellektual rivojlanishi uchun sarflanadigan, insonning o‘z xohishiga ko‘ra foydalanadigan vaqtdir»(Qarang: Prudenskiy G. Problemq rabochego i vnerabochego vremeni, M ., «Nauka», 1984, s. 34).
Ilmiy tadqiqotlarda bo‘sh vaqt uch turga ajratilib o‘rganilmoqda:
1. Ijtimoiy- foydali faoliyatga sarflanadigan bo‘sh vaqt – rasionalizatorlik va ixtirochilik, havaskorlik ijodiyoti turlari, o‘qish va malakani oshirish bilan shug‘ullanish;
2. Ma’naviy – madaniy boyliklardan foydalanishga sarflanadigan bo‘sh vaqt – kitob, gazeta o‘qish, radio va televidenie ko‘rsatuvlarini ko‘rish, muzey, teatr, kino, konsertlarga borish.
3. Jismoniy – sport va sog‘lomlashtirish, sayohat- ekskursiya, sanatoriya va kurort sharoitidagi bo‘sh vaqt.
Bo‘sh vaqtni yakka, guruh va jamoa bo‘lib, faol va nofaol holatda o‘tkazish mumkin. Umumiy holatlarda bo‘sh vaqtning asosiy qismi sayr qilishga, sportga va mehmonga borishga, kitob o‘qishga, kino, teatr ko‘rishga, radio eshitish, televidenie ko‘rish, badiiy havaskorlik bilan shug‘ullanishga sarflanadi. Jamiyatda bo‘sh vaqt ko‘payishining ikki manbai mavjud:
1) Ish vaqtining qisqarishi;
2) Ishdan so‘nggi vaqtni qayta taqsimlash hisobiga bo‘sh vaqtning ko‘payishi.
Shuni alohida joizki, insonning jismoniy va ma’naviy kamolotida dam olishni tashkil etish muhim rol o‘ynaydi. Dam olish inson jismining shunday faoliyatiki, u charchoqni qondiradi va ish qobiliyatini tiklaydi. Dam olish yo‘qotilgan kuchlarni qayta tiklashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Dam olish masalalari faqatgina alohida shaxslarning ishi bo‘lmay, balki ijtimoiy – iqtisodiy siyosatning asosiy masalasidir. Hozirgi davrda dunyoning hamma mamlakatlarida sotsiologlar, faylasuflar, iqtisodchilar, demograflar, ruhiyotshunoslar, huquqshunoslar va boshqa fan tadqiqotchilari bo‘sh vaqt va dam olish masalalari bilan jiddiy shug‘ullanmoqdalar.
Iqtisodiy va madaniy siyosatda odamlarning qobiliyatini namoyon qilish uchun g‘oyat keng imkoniyatlar yaratib berish, ularning hayotini ma’naviy jihatdan boy, ko‘p qirrali qilish uchun olib borilayotgan madaniy-tarbiyaviy ishlar odamlarning ehtiyojlarini tobora to‘laroq qondirish, ularning manfaatlariga mos bo‘lishi haqida muntazam da’vatlar aytilib turilsa-da, amalda bu ishlar orqaga ketaverdi. Natijada bo‘sh vaqt ijtimoiy boylik sifatida amaliy mazmun kasb etmadi.
Bo‘sh vaqt insonni ma’naviy kamol topishiga, uning qobiliyatini rivojlantirishga, shu tariqa butun jamiyatning moddiy va ma’naviy kuch-quvvatini yanada oshirishga xizmat qilsagina, u jamiyat haqiqiy ijtimoiy boyligining mezoni bo‘lishi mumkin bo‘ladi. Bo‘sh vaqtdan samarali foydalangandagina turmush go‘zallashadi. Jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo‘lgan mehnatkashlar o‘z bo‘sh vaqtini o‘qish, o‘rganish, sayr qilish, aqliy va jismoniy jihatdan o‘sish, ilmiy- texnika va badiiy ijod, sport bilan ko‘proq shug‘ullanishga sarf qilganlaridagina, ular o‘zlarini shunchalik ko‘p tarbiya eta oladilar. Fan va texnika mo‘’jizalarini o‘rganish, bilish, san’at, madaniyat masalalari bilan mashg‘ul bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va jamiyat uchun ko‘proq foyda keltiradilar.
Bo‘sh vaqtni uyushtirishda madaniy dam olish ishlarining mazmunli va rang-barang bo‘lishi, dam olish shakllarining aholi talablariga muvofiq kelishi hamda jamoa bo‘lib dam olish shakllarini rivojlantirish orqali yoshlarning ijodiy havaskorligini o‘stirish madaniy-ma’rifiy muassasalar faolligiga bog‘liq.
Madaniy-ma’rifiy muassasalarning yoshlar dam olishini tashkil etish borasidagi faoliyati yoshlarda mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning, ular ijodiy tashabbuskorligini kuchaytirishning muhim omilidir. Inson omili mazmunli dam olishni uyushtirishga yangicha yondoshishni taqozo etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish kishilarning mehnat g‘ayrati va ijtimoiy faolligi zamiridagi jamiki ijodiy kuchlarni to‘la safarbar etishga to‘g‘ri keladi. Zotan, insonga e’tiborli bo‘lish, mehnat ahlining manfaatlari hamma narsadan ustivor bo‘lishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida har bir kishining qobiliyati, kasb-kor malakasi, ongi va xulq-atvori har qachongidan ko‘ra ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bozor munosabatlari har bir shaxsni ishlab chiqarishning sohibi va fuqaro sifatida tashabbuskorligini rivojlantiradi, imkoniyatlarini kengaytiradi. Har bir kishi bo‘sh vaqtini o‘ziga ma’naviy jihatdan yaqin bo‘lgan odamlar bilan o‘tkazadi. Shu boisdan ma’naviy jihatdan yaqin odamlarning didlari, talablari va ehtiyojlari ham bir-biriga mos bo‘lib tushadi.
Inson bo‘sh vaqtini asosan oilada o‘tkazadi. Lekin ijtimoiy hayotning muhim masalalari xususida odamlar bir-birlari bilan bahslashishlari, fikr almashishlari va bir-birlarining javoblarini diqqat bilan tinglashlari, suhbatlashish uchun qandaydir bir joyga to‘planishlari lozim bo‘ladi. Odamlarning bunday ehtiyojlarini qondiradigan joy bizda choyxona, ovrupaliklarda esa klub deb ataladi.
Bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanish masalalari jamiyat hayotining ko‘p tomonlarini qamrab oladi. Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi, madaniy-tarbiyaviy ishlarning kuchaytirilishi kabi masalalar bilan bevosita bog‘liqdir. Kishilar madaniy dam olishlarini uyushtirish va ular bo‘sh vaqtidan unumli foydalanish uchun shart-sharoit yaratishda klub muassasalari katta imkoniyatga egadir. Yoshi, jinsi, ma’lumoti, kasbi, millati, qiziqishlari har xil bo‘lgan kishilarning turli-tuman madaniy talablarini qondirish va dam olishni uyushtirish nihoyatda qiyin. Bu ish madaniyat xodimlaridan tashabbuskorlikni, topqirlikni, tajriba va malakani, ijodiy izlanishni, aholining istak va talablarini o‘rganishni, turli tadbirlarni uyushtirish yo‘llarini bilishni talab qiladi. Ayniqsa, madaniyat xodimlari qishloq mehnatkashlarining madaniy dam olishlarini uyushtirish hamda undan unumli foydalanish yo‘llarini bilishlari zarur. Mehnat jarayonining texnikalashuvi natijasida ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshishi bo‘sh vaqtning ko‘payishini, mehnatkashlarning texnika bilimlariga bo‘lgan qiziqishlari kuchayishini, madaniy talablarning oshishini, talant va ijodiy qobiliyatlarni o‘stirishni taqozo etadi.
Ma’lumki, odamlar hayoti va turmushida radio, televidenie, kino, vaqtli matbuot, badiiy adabiyot keng o‘rin olgan. Bu vositalar orqali kishilarning bilim doiralari yanada boyib, ular dunyo voqealaridan, madaniyat yangiliklaridan muntazam xabardor bo‘lib bormoqdalar. Kishilarning madaniy hordiq chiqarishlarini uyushtirishda birinchidan, madaniy-ma’rifiy muassasalar ma’rifiy-tarbiyaviy, ommaviy-badiiy ishlar bilan dam olishni qo‘shib olib borishlari; ikkinchidan, dam olishning turli usul va shakllaridan foydalanish bilan birga dam oluvchilarning istagan ish shakllarini uyushtirishlari; uchinchidan, dam olishning turli shakllarini tayyorlash, uyushtirish va o‘tkazishda dam oluvchilarning tashabbusi hamda tashkilotchiligidan keng foydalanishlari lozim.
Madaniy-ma’rifiy muassasalar xodimlari shanba, yakshanba yoki ishdan bo‘sh kunlari jamoa bo‘lib dam olishni uyushtiradilar. Jamoa bo‘lib dam olish tadbirlari mahalliy shart-sharoitlarga, imkoniyatlarga qarab uyushtiraladi. Jamoa bo‘lib dam olishning viloyat, tuman hududidagi tarixiy joylarga, uzoq shaharlarga, tog‘-toshlarga sayohatlar, uyushtirish, turli sport musobaqalari tashkil etish, konsertlar, kinofilmlar namoyishi, spektakllar ko‘rish, muzeylarga tashrif, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar kabi shakllari mavjud.
Bo‘sh vaqtni uyushtirishda dam olish kechalari alohida ahamiyatga ega. Dam olish kechalarining rejasida ham u yoki bu guruhning qiziqishlari, talablari va ular nima bilan shug‘ullanishlarini hisobga olish zarur. Dam olish kechalari badiiy havaskorlik jamoalari hamda malakali artistlarning konsertlari, badiiy va hujjatli filmlarni namoyish qilish, texnika sohalari, adabiyot va musiqaga oid ko‘rgazmalar, ommaviy-attraksion o‘yinlar, kulgu, savol-javob kechalari shaklida bo‘lishi mumkin.
Bo‘sh vaqt sharoitida dam olishni tashkil qilishda mushoira, bahs-munozara, «Maqom», «Kulgi kechalari», «Navro‘z bayrami», «Hosil bayrami», «Gul bayrami», «Lola sayili», «Qovun sayili» kabi xalq bayramlari va boshqa ommaviy tadbirlarni uyushtirish katta ahamiyatga ega. Yoshlarning bo‘sh vaqtidagi madaniy dam olishga bag‘ishlangan har bir tadbir ta’sirchan, qiziqarli, his-tuyg‘uga kuchli ta’sir qila oladigan, madaniy saviyani, bilimlarni o‘stiradigan, ilhomlantiradigan, mehnatga muhabbat, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini o‘yg‘otadigan bo‘lishi zarur.
Madaniy-ma’rifiy vositalar orqali aholi bo‘sh vaqti va dam olishini uyushtirishning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
– bo‘sh vaqtni uyushtirish insonga g‘amxo‘rlikni kuchaytirish maqsadlariga bo‘ysundirilishi, uning ma’naviy ehtiyoj va qiziqishlariga mos kelmog‘i darkor. «Munozara», ijodiy xodimlar bilan uchrashuvlar, xalq sayillari, teatrlashtirilgan tamoshalar har bir madaniyat muassasasi faoliyatidan mustahkam o‘rin olishi kerak;
– madaniyat muassasalari faoliyatida aholi talab va istaklari, ularning yosh, kasb-hunar, ma’lumot darajalarini hisobga olish asosiy mezon bo‘lishi kerak;
– xalq xavaskorlik san’atini yanada rivojlantirish qo‘shiq va raqs, musiqa bayramlarini, ijodiy konkurs va ko‘riklarni muntazam o‘tkazib turish lozim.
– kutubxonalar eng yaxshi kitobni targ‘ib-tashviq qilib, odamlar orasida bilim ziyosini tarqatishi kerak. Kutubxonada qancha kitob boriligini faxr va sharaf deb bilmasdan, balki kitoblarning xalq o‘rtasida qanchalik ko‘p o‘qilishini, qancha yangi o‘quvchilar jalb qilinganligini, kitobga bo‘lgan har qanday talab qanchalik tez qondirilishini, unga qancha kitob berilganligini, kitob o‘qishga va kutubxonadan foydalanishga bolalardan qanchasi tortilganligini faxr va sharaf deb bilish, har bir kitobning zavq-shavq bilan o‘qilishiga erishish kerak.
Sotsiologik tadiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pgina kutubxonalarning obro‘-e’tibori ilgarigi bo‘lmasdan, darajada ularning xodimlari maslahatgo‘y, adabiyot bilimdoni bo‘lish o‘rniga shunchaki kitob tarqatuvchilarga aylanib qolgan. Fan-texnika taraqqiyoti jadallashib, axborotlar oqimi tobora ortib borayotgan bir sharoitda ular odamlarga kitoblar olamiga darg‘a bo‘lib yo‘l ko‘rsatishi, kutubxonachilik ishini bugungi kun talablari darajasida tashkil etishga erishishi kerak.
Mahalla – (arabcha «mahalla» - joy, o‘rin, makon) – O‘zbekistonning muayyan tarixiy sharoitlarida, asrlar davomida shakllanib, faoliyat ko‘rsatayotgan, aholi yashaydigan ma’muriy-hudadiy birlik, uyushma. Mahalla o‘zini-o‘zi boshqaruv tizimining muhim milliy ijtimoiy organi bo‘lib, u O‘zbekistondagi ijtimoiy hayot tarzining mahalliy ko‘rinishdagi shakli hamdir.
Mahallalar 1917 yilgacha bo‘lgan davrda juda keng ish olib borib, mahalliy aholini birlashtiruvchi, uyushtiruvchi tashkiliy tuzilma bo‘lib kelgan. Mahalla o‘zbek xalqining kundalik ijtimoiy hayotini va turmushini tashkil qilishda izlab topgan va asrlar davomida takomillashtirib kelgan hayotiy amalidir. Ammo shunga qaramasdan, sho‘rolar davrida hukmron tuzum va mafkura mahallalarni rasman tan olmadi. Biroq aholining chuqur noroziligiga sabab bo‘lmaslik uchun mahallalarni taqiqlab ham qo‘ya olmadi, uni jamiyatni boshqarish tizimiga kiritmadi. Mahalla o‘z mohiyati, faoliyati mazmuni va shakllari bilan sharqona fikrlash, ish ko‘rish tarzi kabi xalqimizning o‘ziga xos fazialatlarini aks ettiradi. Mahallalar aholini ahil-totuv yashashga, sidqidildan mehnat qilishga, kasb o‘rganishga, shular orqali hayot kechirishni yengillashtirishga chaqiradi.
Mahalla va mahalliy boshqaruv sotsiologiyasida 2 ta muhim masalaga e’tibor bermoq lozim. Bular:
Mahalliy hokimiyat organlari.
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari.
1. Mahalliy hokimiyat organlariga «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» ning 9-104-moddalariga muvofiq viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hamkorlik boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlaridir. Ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab va vakolatlariga taalluqli masalalarni xal etadilar. 1993 yil 2 sentyabrda «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 100-moddasiga binoan mahalliy hokmiyat organlari ixtiyoriga qo‘yidagilar kiradi:

  1. qonunchilikni, huquq-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;

  2. hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish6;

  3. mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;

  4. mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;

  5. atrof-muhitni muhofaza qilish;

  6. fuqarolik holati aktlarini qayd etish;

  7. normativ hujjatlarni qabul qilish hamda o‘zbekiston respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

2. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi (mahalliy) boshqarish organlari. «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» ning 105-moddasiga binoan «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi»7.
Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tarkibini fuqarolar yig‘inlari, xususan, mahallalar tashkil etadi. Jamiyatda o‘zini-o‘zi boshqaruv tizimining muhim organi bo‘lgan mahalla – bu, hududiy, kasbiy, turli yoshga oid va boshqa shu kabi turli xil ijtimoiy guruhlarning qiziqishi va irodasini o‘zida mujassamlashtirib, ularni ijtimoiy hayotga joriy qiluvchi umumiy hamda alohida holatlarni namoyon qiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida ta’kidlanganidek, «Mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bajaradigan vazifalar doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich topshirish lozim. Bunda eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini yanada to‘laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining huquq va mavqeilarini oshirish darkor. «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» degan siyosiy qurilish dasturining mohiyati ana shunda yaqqol namoyon bo‘ladi. Aynan shunday yondoshuv fuqarolarning o‘zlariga-o‘zlari hayoti va butun jamiyat hayotini boshqarishda va teng tashkil etishda keng ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi»8.
Shu boisdan ham mahalla va mahalliy boshqaruv sotsiologiyasi aynan ana shu fuqarolarning o‘zini - o‘zi mahalliy boshqarish organlari faoliyatini va uning ijtimoiy jihatini tahlil qiladi.
Demak, fuqarolarning o‘zini - o‘zi boshqarishning mahalliy kuyi organi bo‘lgan mahallaning avvalo huquqiy asoslari quyidagi jihatlar bilan belgilanadi:
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» (aynan 21 – bob 105 – moddada u o‘z ifodasini topgan).
1993 yil 2 sentyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» gi Qonun.
1999 yil 14 – 15 aprelda Oliy Majlis tomonidan «Fuqarolarning o‘zini -o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» gi Qonunning yangi tahriri uning asosiy maqsad va vazifalarini, ijtimoiy mohiyatini ifoda qilib bergan.
2002 yil 29 avgustda Oliy Majlis 9-sessissida prezident ta’kidlaganidek, hayotimizni erkinlashtirish yo‘llariga Yana bir muhim yo‘li-markaziy va yuqori davlat boshqaruvi idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishini ta’minlaydi
4. 2004 yi. 29 aprelde «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘riichda»gi qonun qabul qilingan.
Mustaqillik yillarida mahallalarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. 1992 yil 12 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida» gi Farmoni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘sha yili 17 oktyabrda «Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida» gi 480-sonli qarori qabul qilindi. 1992 yili Respublikamizda 8 mingga yaqin, Toshkentda 279 mahalla mavjud edi. 1993-1994 yillarda mamlakatimizda 12 mingdan ortiq mahalla qo‘mitalari tuzildi. 2000 yilga kelib O‘zbekistonda 13 mingdan ortiq, Toshkent shahrida esa 481 dan ko‘proq mahalla faoliyat yurita boshladi. «Oila-mahalla-maktab» konsepsiyasi hamkorlik dasturi ishlab chiqildi. Bu boshqa davlatlarda uchramaydigan noyob dasturdir.
1999 yil 14 apreldagi «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonunning 7-moddasiga muvofiq:
1)bozor iqtisodiyoti sharoitida mahallalar faoliyati erkinlashtirildi;
2) mahallalar hokimiyat tizimidan chiqarildi;
3) qator imtiyozlar berildi;
4) boqimandalik kayfiyatidan ozod etildi9;
5) «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyat sari» qadam tashlanadi.
Natijada mahallalar adolatli, demokratik jamiyatning negiziga aylanib bormoqda.
Demak, mahallalar o‘zini-o‘zi boshqaruv tizimida quyidagi ijtimoiy vazifalarni bajarib kelmoqda:
1. Mahalla – ona maskan.Oila ko‘z ochib ko‘rgan dargoh bo‘lsa, mahalla Vatan ichidagi Vatandir. Vatan – eng oliy qadriyatdir.
2. Mahalla – avvalo sog‘lom ijtimoiy muhitdir. Bu yerda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori, o‘zaro munosabatlarni adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi. Shu ma’noda mahalla, Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, haqiqiy demokratik darsxonadir.
3. Mahalla – tayanch markazi. Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz keksalar va h.k. tayanchi hisoblanib kelmoqda.
4. Mahalla – ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, an’analar maskani.
5. Mahalla yoshlarni kasb-korga yo‘naltiruvchi, ishsizlarni mehnat bilan ta’minlovchi ijtimoiy himoya hamdir.
6. Mahalla – tarbiya maskani. Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona ….
7.Mahalla – oila tinch-totuvligini, jipsligini mustahkamlaydigan joy. Otang – mahalla, onang – mahalla, deb bezij aytilmagan.
Umuman, mahallalar o‘z hududida ishlab chiqarishni tashkil etishi, kichik korxonalar ochishi, o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni sotishi, uning bir qismini mahalladagi ehtiyojmandlarga bepul tarqatishi, o‘z hududidagi aholini ish bilan ta’minlashi, aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Hozirgi paytda mahalla qo‘mitalari, bozor iqtisodi qonunlari asosida, o‘z ishlarini tashkil qilishlari uchun barcha imkoniyatlar ochib berildi. Ular oldi-sotdi, to‘y-maraka marosimlari o‘tkazish, hasharlar uyushtirish, mahalladagi oilaviy nizolarni bartaraf etish, bemorlar holidan xabar olish ishlari bilan shug‘ullanadilar. Ko‘pchilik mahallalarning o‘z masjidi bor, turli ma’rakalar uchun kerakli ashyolar (doshqozon, palos, idish-tovoq, choynak-piyola, tobut va boshqalar) mavjud. Endilikda har bir mahalla o‘z madaniy markazini qurib, shu yerda choyxona, novvoyxona, sut-qatiq do‘koni, turli o‘yinlar maskaniga ega bo‘lmoqda. Mahalla qo‘mitasi - tashabbuskor jamiyat tashkilotidir. Mahallada xo‘jalik va madaniy qurilish, uning hududini obodonlashtirish, uy-joylarni va hududdagi shahar xo‘jaligini saqlash, ozodalikni ta’min etishda, omma kuch-g‘ayratini bunyodkorlikka yo‘nalitirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mahallalarning ish faoliyati xorijiy mamlakatlarning diqqat - e’tiboriga tushmoqda.10
Mahalla sub’ekti va uning ko‘rinishlari. Mahalla boshqaruv tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sub’ekt tushunchasiga e’tibor qaratish ilmiy mazmun kasb etadi. Mahalla sub’ketining o‘ziga xos xususiyatini undagi boshqaruv funksiyasi bajaradi. Chunki aynan shu funksiya orqali mahallaning samarali ish faoliyati namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston hududida mahallalarni quyidagi 4 ta asosiy qismga ajratish mumkin:
shaharlardagi an’anaviy mahalallar;
shaharlardagi kavrtal mahallalar;
shaharchalardagi mahallalar;
qishloq mahalallari.
Mahallalar ijtimoiy hayotida quyidagi vazfalarni bajaradi:
oila muhofazasi;
obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalik;
ijtimoiy himoyada faol ishtirok etish;
ma’naviyat va ijtimoiy huquqni shakklantirish;
siyosiy faollikni oshirish va hokazo.
Sotsiolog P.A.Sorokin fikricha, «Inson ijtimoiy organizm bo‘lib, tabiatdagi barcha tirik organizm singari yashash uchun muhim bo‘lgan barcha sharoitlarga ehtiyoj sezadi».hukumatimiz tomonidan mahalla masalasiga e’tibor qaratilayotganligining sabablaridan biri - unda ijtimoiy aloqadorlikni shakllantiruvchi va kishilarni ijtimoiy guruh sifatida bog‘lovchi jarayonlarning mavjudligidir. Bu jarayonlar:
a) ildizlar;
b) munosabatlar;
v) tashabbuskorlik. Bu xolatlar kishilarni yanada jipslashtiradi.
Qadimgi yunonlar «demokratiya» aiamasini ishlab chiqqanlarida tabiiy-ijtimoiy jarayonga e’tiborni qaratgan edilar. Ya’ni, kishilar o‘zlari yashayotgan joyga xos bo‘lgan imkoniyatlarni yaratadilar. Demak, demokratiya – bu, xalq hokimiyati yoki xalq boshqaruvchi sifatida ommani turli tabaqalari ijtimoiy faolligini taqozo etadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, xalq ishtirok etadigan va o‘z ijtimoiy mohiyatini mumikin qadar to‘la namoyon eta oladigan xalqchil tizim – bu, o‘zini o‘zi boshqaruv tizimidir. Xalq boshqaruv tizimida faol ishtirok etar ekan, u o‘zining ijtimoiy-siyosiy faoliyatini oshirib boradi, demak, u jamiyatning ma’naviy va ijtimoiy hayotiga kirib boradi hamda uni tobora jamiyat taraqqiyoti va ravnaqiga yo‘naltirib qo‘yadi.
Shaxsning ijtimoiy munosabatlariga kirishishi yig‘ilib qolgan muammolar hamda har xil voqeliklar va tafsilotlar to‘g‘risida fikr yuritish yoki xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Bu holat, o‘z navbatida, fuqarolarning siyosiy faollik roli ortib borishi uchun zamn xizmatini bajaradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, mahalla munosabatlarida barcha qatlamlardagi kishilarning ishtirok etishi bir tekis holatda kechadi. Bu esa jamiyatda o‘rta qatalm munosabatlariga kirishish oqibatida mahallaning odamlar hayotiga yaqinligi, aholi turmush tarzi va kundalik hayoti bilan uyg‘unligi ko‘p jihatdan jamiyatda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish imkoniyatlarini yanada tezlashtiradi.
Odamlarning xatti-harakati, voqelikka va har qanday yangilikka nisbatan munosabati, eng avvalo yuksak axloq-odob, sharqona vazzaminlik, ota-bobolarimizga xos mulohazamandlik, qiyin va murakkab vaziyatlarda shaxsiy manfaatlardan umumdavlat va umumxalq manfaatlarini ustun qo‘yish, jamoa uchun yashash kabi insoniy fazilatlarga qaratilgan. Bu va shunga o‘xshagan fazilatlar milily qadriyatlar darajasiga ko‘tarilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o‘zini - o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»(1999) yangi tahrirdagi qonunning 6-moddasida aytilgandek, «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, mahalliy axamiyatga molik masalalarni yechishda mustaqillik, jamoatchilik asosida o‘zaro yordam»1 deb belgilangan. Aytish mumiknki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan mahalla demokratiyasi, uning xalq hayotiga yaqinligi, aholi turmush tarzi va kundalik hayoti bilan uyg‘unligi sababli kundalik hayot tarzimizda qaytadan qaror topayotgan boshqaruv tizimi sifatida o‘z ifodasini topmoqda.
Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o‘zgarishlar, yangliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katt turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Buning uchun avvalo asriy an’analar, tegishli shart-sharoitlar, tafakkur maktabi, madaniy-ma’naviy muhit mavjud bo‘lmog‘i lozim. Iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari avj olgan sari odimlarning ma’rifatga intilishi ham kuchayib borishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasining asosiy kuch-qudrati manbai – bu, xaqlimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiq qolganligidir. O‘zbekistondagi ana shunday umuminsoniy qadriyatlar sarchashmalaridan biri - mahalla tizimiga yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Prezidentimiz I.Karimov «Turkiston» gazetasi muxbiri bergan savollariga – «Mahalla, ta’bir joiz bo‘lsa, kishilik jamiyatida alohida tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‘lgan o‘ziga xos maskandir, deyish mumkin. Bu noyob tajriba - aholining mahalla bo‘lib yashash tarzi jahonning boshqa mamlakatlarida kam uchraydi. Shuning uchun ham insonni jamiyati bilan birga yashashga o‘rgatadigan, shu ruhda tarbiyalaydigan birlamchi beqiyos makon – bu mahalladir», deb bergan javobni ushbu tizimni ommabop jarayonga aylantirish ayni muddao ekanligi to‘g‘risidagi g‘oya deb ifodalasa bo‘ladi.
Hozirgi davrda mahallalarga bo‘lgan qiziqish asosida dunyoda quyidagi institutlar amal qiladi:



Yüklə 187,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə