Mavzu: Sotsiologiya jamoatchilik fikri sotsial nazoratni fikri sifatida Reja



Yüklə 187,19 Kb.
səhifə6/7
tarix22.03.2024
ölçüsü187,19 Kb.
#181290
1   2   3   4   5   6   7
Sotsiologiya jamoatchilik - fikri sotsial nazoratni fikri sifatida 23

Jаmoаtchilik fikri tushunchasi
Jamoatchilik fikri - ijtimoiy voqealarga, turli guruhlar, tashkilotlar va ayrim shaxslar faoliyatiga boʻlgan yashirin yoki oshkora munosabatlarni oʻz ichiga oluvchi ommaviy ong shakli; muayyan ijtimoiy masalalarni maʼqullash yoki qoralashda namoyon boʻladi, individlar, ijtimoiy guruhlar xatti-harakatini va ijtimoiy munosabatlarda muayyan meʼyorlarni belgilaydi; umuman jamiyat doirasida ham, turli ijtimoiy guruhlar doirasida ham amal qiladi. J. f.ning faolligi va ahamiyati jamiyatning strukturaviy harakteri, ishlab chiqaruvchi kuchlarning , madaniyatning , demokratik huquqiy meʼyorlar va erkinliklarning taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. J. f. hokimiyat organlarini saylashda, ommaviy kommunikatsiya vositalarida, aholi soʻrovlari va b.da oʻz ifodasini topadi.
Oʻzbekistonda "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tuzilgan (1997). Markaz mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy hayoti, davlat siyosati va hukumat faoliyati toʻgʻrisidagi J. f.ni taxlil qiladi va umumlashtiradi.[1]
JAMOATChILIK FIKRI VA IJTIMOIY TARAQQIYoT
Avtor: 
Ulug’bek Yazdanov (Samarkand, Uzbekistan)
Ma’lumki, har bir davr o’ziga xos xususiyati va ahamiyatli jihatlari bilan ajralib turadi. Bugungi globallashuv va integratsiyalashuv davri o’zining shiddatkorligi bilan insoniyat tsivilizatsiyasiga kuchli ta’sir o’tkazmoqda. Xalqlar o’rtasidagi moddiy va ma’naviy integratsiyalashuvning nisbatan keng tus olishi jamiyatning ijtimoiy hayotida o’ziga xos o’zgarishlarning yuzaga kelishiga ham sabab bo’lmoqda.
Bugungi globallashuv davrida jamoatchilik fikrining jamiyat ijtimoiy hayotidagi ta’siri masalasi ham o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Tomas Gobbs jamoatchilik fikrining davlat yoki jamiyatda olib boriladigan islohatlar ustuvorligini, rivojlanish tendentsiyasini belgilashdagi rolini qo’yidagi fikrlari asosida ko’rsatib beradi: ...fikr ma’lum bir ijtimoiy ehtiyojlarning ifodasi bo’lib, kishilar xatti-harakatlari, ularning fikri bilan bevosita bog’liq va agar kishilar fikrini effektiv boshqarilsa, bu ular faolligini ham tartibga solishga va o’z navbatida ijtimoiy muammolarni tinch yo’l bilan hal qilishga imkon beradi. [1, b. 182] deydi. Shu ma’noda ushbu tushunchani o’rganish, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ahamiyatini nazorat qilib borish va shakllantirish motivlarini ishlab chiqish barcha zamonlarda, shu jumladan, bugungi davrda ham dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Chunki, O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o’tganidek, “Bugungi kunda jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o’zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o’zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda. Shu sababli Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan «O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to’g’risida»gi Qonunni qabul qilish fursati etdi” [2, b. 182] deb, XXI asrda jamoatchilik fikrida shakllanayotgan fikr, mulohaza va kechinmalarni inobatga olgan holda davlatda islohatlar olib borish kerakligini ko’rsatib o’tadi. Chunki, Nemis faylasufi G.F.Gegel aytganidek jamoatchilik fikriga “adolatlilik printsiplari” [3, s. 341] asosida va uning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yondashish vaqti keldi. Shu nuqtai nazardan qaraganda jamoatchilik fikri tushunchasi davrlar osha shakllanib kelayotgan tushuncha bo’lib, u turli davrlarda turlicha qarashlarda aks etib kelganligi bilan ham ahamiyatlidir:
─ O’rug’ jamoalarining shakllanishi, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojidagi yirik o’zgarishlar, jamiyatda tashkilotchilik xususiyatining o’zgarishi natijasida jamoatchilik fikri ijtimoiy fenomen sifatida nisbatan mustaqil ko’rinishga ega bo’la boshlagan. Bu davrda jamoatchilik fikri asosan baholovchilik xususiyatida bo’lgan.
─ Quldorlik davrida madaniyat taraqqiyoti va jamiyatning sinflarga bo’linishi jamoatchilik fikri tarixida yangi sifatlarni ochib berdi. Bu davrda ijtimoiy tuzilmalarning almashinuvi ijtimoiy fikr ichida keskin ziddiyatlarni olib keldi. Ya’ni, konservator o’z manfaatlaridan kelib chiqib urug’chilik munosabatlarining saqlanishi tarafdori bo’lib, taraqqiyotning har qanday yangiligiga keskin qarshilik ko’rsata boradi. Bu davrda jamoatchilik fikrining dastlabki manipulyatsiyasi – ma’naviy-g’oyaviy fikr paydo bo’ldi.
─ Feodal er egaligi davrida jamoatchilik fikrining mavqei bir muncha oshdi. Chunki, endilikda “quyi” toifa fikri ham kengaydi va faollashdi. Bir tomondan, uning rivojida “hamma narsa Xudodan” va boshqa shu kabi aqidalar asos bo’lsa, ikkinchi tomondan, xalqning an’ana, urf-odat, madaniyati shakllanishi muhim rol o’ynadi.
─ Kapital ishlab chiqarish davri - jamoatchilik fikrini nazariy asoslash va o’rganishning boshlanish davri bo’lib, bu o’rinda dastlabki tadqiqotchilar sifatida frantsuz sotsiologi G.Tard (1843-1904)ni keltirib o’tish mumkin. Uning fikricha, jamoatchilik fikri kapital ishlab chiqarish davridagi sotsial jamoa sifatida shakllangan omma tomonidan shakllantiriladi. Bu jamoa (jamiyat) harakatchan va aniq chegaralarga ega bo’lmagan, asta-sekinlik bilan omma g’oyaviy-psixologik jarayonlari xususiyatini o’ziga jalb qilib boradi. OAV orqali aloqalarning mustahkamlanishi jamoatchilik fikrini shakllantiradi [7, s. 38].
─ XIX asr o’rtalaridan jamoatchilik fikri nafaqat sotsiologlar, balki huquqshunoslar tomonidan ham tahlil qilinadi. Bunda nemis huquqshunosi Frants Goltsendorf (1829-1889)ning “Jamoatchilik fikri” (SPb., 1899) asarini keltirib o’tish muhim. Uning fikricha, jamoatchilik fikrining paydo bo’lishi aholining alohida qatlamlari bilan bog’liq bo’lgan.
─ XX asr boshlarida Rus olimi V.M.Xvostov (1868-1920) “Jamoatchilik fikri va siyosiy partiyalar” nomli asarini (M., 1906) nashr qildiradi. U jamoatchilik fikrining paydo bo’lishini alohida ijtimoiy guruhlar manfaatlari bilan bog’liq bo’lgan, deya ta’riflaydi. Shu tariqa, asta-sekinlik bilan jamoatchilik fikri deb atalmish hodisa bo’yicha tajribalar va qarashlar paydo bo’ladi.
─ XX asrning 60-yillari o’rtalarida bu hodisani har tomonlama o’rganishga kirishiladi. Bunday tadqiqotlar qatoriga sho’rolar davrida yozilgan A.K.Uledovning “Sovet jamiyatining jamoatchilik fikri” (M., 1963), B.A.Grushinning “Fikrlar dunyosi va dunyo haqida fikrlar” (M., 1967) kabi asarlarini kiritish mumkin.
─ 80-yillarda jamoatchilik fikri sotsiologiyasini gnoseologik jihatdan tahlil qiluvchi asarlar yaratildi. Masalan, V.S.Korobeynikovning “Fikrlar majmuasi. Jamoatchilik fikrining tabiati va vazifalari” (M., 1981) va hok.
─ 90-yillarda jamoatchilik fikrini empirik tahlil qilishdan tashqari, uning gnoseologik va sotsiologik mohiyatini nazariy-uslubiy tahlil qiluvchi asarlar turkumi yuzaga keldi. Jumladan, D.P.Gavra “Jamoatchilik fikrining shakllanishi: qimmatlilik aspekti” (SPb., 1995), “Jamoatchilik fikri ijtimoiy kategoriya va ijtimoiy institut sifatida” (SPb., 1995) singari asarlari bilan uning taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi.
Lekin shunga qaramay, ushbu mezoniy mazmunga ega bo’lgan tushunchani ilmiy-metodologik jihatdan yagona tizimga keltirishga erishilgani yo’q. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bu masalaga alohida e’tibor qaratib, “Jamoatchilik fikri-fuqarolik jamiyatining holatini o’zida aniq aks ettiradigan bamisoli bir ko’zgu. Lekin bizda jamoatchilik fikrini o’rganish ham, uni shakllantirish ham yaxshi yo’lga qo’yilmaganini, bunday yondashuv siyosiy hayotimizning doimiy belgisiga aylanib ulgurmaganini taassuf bilan qayd etishimiz lozim [4, b. 26]” deb, ta’kidlab o’tadi. Chunki, uzoq yillar davlatda hukm surgan Sovet mustamlakachiligi mamlakatdagi asrlar osha shakllanib kelgan jamoatchilik fikri demokratiyasini tahqirlash asosida zaiflashtirib quygan edi.
Ammo bu bugungi kunda O’zbekistonda jamoatchilik fikri mavjud emas ekan degan xulosani bermaydi. Chunki, O’zbekiston tarixiga nazar solsak bu diyorda jamoatchilik fikri va uning ahamiyati qay darajada rivojlanganligini kurishimiz mumkin. Masalan, Movorounnahr xalqlari jamoatchilik fikrining salmog’ini islom qoidalariga muvofiq axloq tizimi bilan bog’liqlikda qayd etishgan. Bunda jamoa a’zolarining to’g’ri va halolligi, gunoh ishlardan qanchalik o’zlarini forig’ tuta bilishlariga e’tibor qaratishganligi bilan ham izohlanadi. Manbalarda keltirilishicha jamoa a’zolari gunoh yo’lga kirgudek bo’lsalar, ularni islomiy qoidalar asosida tarbiyalash zarurligi ham uqtirilgan. Xususan, buyuk mutasavvuf Naqshbandiy «Bu toifa ahlidan har kim bir gunoh qilsa, unga chora-tadbir bor, biroq undan yuz o’girish ravo emas» [5, b. 80] deb, mamlakatda hukm surayotgan osoyishtalik, adolatlilik, mehr-oqibat, vatanparvarlik kabi ulug’ tushunchalarni ustuvorligini ko’rsatib o’tadi.
Bundan tashqari, jamiyatning barqaror taraqqiy etishida jamoaning o’rni va ahamiyati haqida so’z yuritilgan Abu Nasr Forobiyning «Fozil shahar aholisining maslagi» risolasini ham keltirib o’tish mumkin. Alloma bu asarida shunday yozadi: “Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashashi va oliy darajadagi etuklikka erishmog’i uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi. Odamzod yolg’iz o’zi bunday narsalarga erisha olmaydi va ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. Shu sababdan yashash uchun zarur bo’lgan narsalarni bir-biriga etkazish kerak” [6, b. 38] deb, jamiyatdagi mavjud muammolarning ob’ektiv echimini jamoatchilik fikrida shakllangan qonuniyatlarda deb ko’rsatadi. Umuman olganda o’sha davrda jamoatchilik fikri xalqning ijtimoiy hayotda, uning faoliyatida va bevosita axloqiy tamoyillari asosida shakllanib borgan.
Bugungi kunda ushbu mezoniy tushunchaning metodologik asoslarini yanada takomillashtirish bo’yicha mamlakatda bir qator islohatlar amalga oshirilmoqda. Masalan, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan ilk yillardan boshlab bugungi kunga qadar jamoatchilik fikrini shakllantirish, rivojlantirish bo’yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, mamlakatda fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmi yaratilib, bir qancha o’zini-o’zi boshqarish institutlari, xususan, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi, «Sog’lom avlod uchun», «Nuroniy» jamg’armalari, «Ijod» fondi, mahalla fuqarolar yig’inlari, nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarining faoliyatlari asosida jamoatchilik fikrini shakllantirishga qaratilgan islohatlar olib borilmoqda.
Xulosa qilib aytganda shaxs fikrining jamoa fikriga monand va aynanligi shu jamoaga uyushgan kishilar birligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu boisdan ham jamoatchilik fikri negizlaridan biri uning jamoaviy xususiyatga egaligi, unga har jihatdan mustahkam tayanishidir. Jamoa a’zolarining o’zaro munosabatlari nechog’li mustahkam, beg’araz va tabiiy bo’lsa, jamoaviy fikr ham shunchalik hayotiy, kuchli va yaxlit mazmun kasb etadi. Bu fikrlardan shuni anglash mumkinki, har qanday jamiyat jamoatchilik fikri asosida rivojlanadi va taraqqiy etadi.



Yüklə 187,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə