Mavzu: So'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari


So'zlarni guruxlarga-so'z turkumlariga ajratish tamoyillari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə9/22
tarix08.03.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#84382
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Mavzu

So'zlarni guruxlarga-so'z turkumlariga ajratish tamoyillari

  • So'zlarni guruxlarga-so'z turkumlariga ajratish tamoyillari.Nutqimizda mavjud so'zlar bir-biridan ma'no va grammatik xususiyatlari jihatidan farq qiladi. Shunga ko'ra so'zlar ma'no va grammatik xususiyatlarning o'xshashligi jihatidan ayrim-ayrim leksik-grammatik guruhlarga-turkumlarga ajratiladi. So'zlarni turkumlarga ajratish uch tamoyilga tayanadi:
    • leksik-semantik tamoyil;
    • morfologik tamoyil;
    • sintaktik tamoyil;

Leksik-semantik tamoyil

  • Leksik-semantik tamoyiliga ko'ra so'zlarni guruxlarga ajratishda uning leksik ma'nosiga qaraladi.
  • Masalan: tuz, non, kitob, tinchlik, daryo, tog', osmon kabi so'zlar predmetlik ma'nosini (bunday so'zlar ot so'z turkumi deb nomlangan); katta ko'cha, shirin olma, tiniq osmon, ko'k ko'ylak kabi so'zlar predmetning belgisini (sifat deb nomlangan); asta o'qidi, do'stona gapirdi, tasodifan duch keldi, piyoda yurdi kabilar ish-harakatning belgisini (ravish deb nomlangan); beshta daftar, yuzlab odam, ikkinchi kurs, o'ntadan o'quvchi kabi so'zlar predmetning miqdorini, tartibini (son deb nomlangan) ifodalaydi.
  • Ayrim so'zlar predmet, belgi, miqdor (men, sen, bu, shu, qachon, qancha, har kim, hech nima, qandaydir) kabilarni nomlab ko'rsatmasa ham, ularning mavjudligiga ishora qiladi. Bunday so'zlar olmoshlar deb nomlangan.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə