Mavzu: Standartlashtirishning tashkiliy asoslari. Standartlashtirish tarixi va rivojlanishi to‘g‘risida



Yüklə 21,73 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü21,73 Kb.
#140739
1   2   3   4   5
Standartlashtirish tarixi va rivojlanishi to‘g‘risida Milliy sta-fayllar.org

Xalqaro standart (ISO va h.k.) - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha) shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.
Mintaqaviy standart (MGS) esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.
Davlatlararo standart (GOST) - bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash yoki qurilish va texnikaviy me’yorlash davlatlararo ilmiy-texnikaviy komissiyasi qabul qilgan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.
Milliy standart (O‘z DSt) - bu standartlashtirish bo‘yicha milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.
Korxona standarti (KSt) - bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan standartdir.
Tarmoq standarti – bu xalq xo‘jaligi (sanoat) tarmog‘ini boshqarish davlat idorasi tomonidan uning vakolatiga muvofiq tasdiqlangan standartdir.
Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanishi ham mumkin.
Standartlardan tashqari rahbariy hujjatlar, texnikaviy shartlar, standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnoma (qoidalar) ham mavjuddir.
Rahbariy hujjat (RH) deganda standartlashtirish idoralarining va xizmatlarning vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning ishlari yoki ishlarining ayrim bosqichlarini bajarish usullari, tartibini va mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat tushaniladi.
Texnikaviy shartlar (O‘z TSh) - bu buyurtmachi bilan kelishilgan holda, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan aniq mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatdir.

Yüklə 21,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə