Mavzu: Standartlashtirishning tashkiliy asoslari. Standartlashtirish tarixi va rivojlanishi to‘g‘risida


Ishlar (jarayonlar)ga standartlar



Yüklə 21,73 Kb.
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü21,73 Kb.
#140739
1   2   3   4   5
Standartlashtirish tarixi va rivojlanishi to‘g‘risida Milliy sta-fayllar.org

Ishlar (jarayonlar)ga standartlar mahsulotni tayyorlash, saqlash, tashish, ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va utillashtirish texnologik jarayonlarini ishlab chiqishda turli xil ishlarni bajarish usullari (usullari, qabul qilishia, ishlar tartibi, rejim va me’yorlari)ga asosiy talablarni o‘rnatadi.
YAngi mahsulotlarni qisqa vaqtda o‘zlashtirilishida avtomatik loyihalashtirish (SAPR) tizimi standartlari buyumlarni tayyorlash texnologik jarayonlarining prinsipial sxemalari bo‘yicha va moduli konstruksiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Namunali texnologik jarayonlar ishlarga tipik standart ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi.
Ishlar (jarayonlar)ga standartlarda texnologik jarayonlarni o‘tkazishdagi tabiat muhitini himoya qilish va aholi sog‘lig‘i hamda hayoti uchun xavfsizlik talablaridan tarkib topgan bo‘lmog‘i lozim. Bunday ta’sirlar kimyoviy (tashlanadigan zararli ximikatlar), fizik (radiatsiyadan nurlanish), biologik (mikroorganizmlarni zaharlanishi) va mexanik tavsiflarda bo‘lishi mumkin.
Mahsulot (xizmat)larni sifatini ta’minlash tizimi doirasida boshqarish jarayonlariga standartlar zamonaviy bosqichlarda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Nazorat usullari (sinash, o‘lchash, tahlil)ga standartlar mahulotni yaratishda, sertifikatlashtirish va foydalanishda sinovdan o‘tkazish, o‘lchash hamda tahlil qilish (usullari, qabul qilish, uslubiyoti va boshqa) usullarni o‘rnatadi. Bunday standartlarga mahsulot (xizmat) sifatiga majburiy talablarlar baholash natijalarining aynan aslidek, xolisonalik va aniqliklari eng yuqori darajada bo‘lishi tegishli bo‘ladi. Bu shartlarni bajarish aytarli darajada o‘lchash xatoliklari to‘g‘risidagi ma’lumot standartlariga bog‘liq bo‘ladi.
Tekshirish usullari, qabul qilish va usulublarning turli-tumanlagiga qaramasdan ularni ajratish va umumiy qoidalarini standartlashtirish lozim. Bunday standartlarga tekshirish vositasi va yordamchi qo‘shimcha qurilmalar, tekshirishga tayyorlash va o‘tkazish tartibi, natijalarni qayta ishlash qoidalari va rasmiylashtirish hamda sinovda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tegishli bo‘ladi.
Standartda o‘tkaziladigan amallar ketma-ketligi aniqlangan bo‘lishi va olingan natijalarni qayta ishlash qoidalari, sinov qurilmasining sxemasi, mahsulot to‘pidan olingan namuna miqdoriy tavsifi, joyi va xususiy xolati hamda natijalarning aniq va solishtirilgan bo‘lishiga nisbatan tavsiyalarni beradi.
Masalan aytish mumkinki, mahsulot (xizmat)larga standartlarida tekshirish usullarining bo‘lishi va ular qo‘shilganaralash standartlar bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonuni Butunjahon savdo tashkilotining savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha Kelishuviga muvofiq mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga ko‘yiladigan talablarni standartlarda rioya qilinishi ixtiyoriy va texnik reglamentlarda rioya kilinishi majburiy tarzda o‘rnatib, ikki toifali tizimga o‘tishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining"Standartlashtirishto‘g‘risida"'gi Qonuni standartlarga mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xavfsizligiga doir majburiy talablar bilan birga kuyidagi talablarni ham kiritgan:
1.texnik va informatsion muvofiqlikni ta’minlash;
2.o‘zaro almashinuvchanlik ko‘rsatkichlari;
3. ularni nazorat qilish usullari birligi;
4.tamg‘alash birligi.
O‘zSDTda standartlashtirishning quyidagi toifalari o‘rnatilgan:
-davlatlararo standartlashtirish - Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash Kengashi (DSK). Hamda standartlashtirish, texnik normalash va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo ilmiy-texnika komissiyasida tasdiqlanib,
«O‘zstandart»agentligi, Davarxitektqurilish qo‘mitasi qarorlari (bo‘yruqlari). asosida O‘zbekiston hududida amalga kiritiladigan davlatlararo standartlar (GOST), davlatlararo standartlashtirish qoidalari (DSQ), davlatlararo standartlashtirish Kengashi tavsiyalari;
-davlat standartlashtirishi - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (uzluksiz ta’lim tizimida), Mudofa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davarxitektqurilish, «O‘zstandart»agentligi
1.tomonlaridan tasdiqlanadigan O‘zbekiston davlat standartlari (O’z Dst);
2. tarmoq standartlashtirishi - davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tasdiqlab beradigan tarmoq standartlari (TSt);
4.ma’muriy – hududiy standartlashtirish - hokimiyat (mahalliy boshqaruv organlari). yoki ular topshirig‘i bo‘yicha vakolatli xududiy tashkilotlar tasdiklab beradigan ma’muriy-hududiy standartlar (MNSt);
5.tashkilotlarda, korxonalarda standartlashtirish - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (tadbirkorlik sub’ektlari). Tomonidan tasdiqlanadigan korxonalar standartlari (KSt);
http://fayllar.org
Yüklə 21,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə