Mavzu: Suҳbat metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Pedagogik kuzatish metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Sotsiometriya metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Reja


II. Korreksiyalash va korreksiyalashning ustuvor tamoyillari



Yüklə 45,21 Kb.
səhifə11/15
tarix21.12.2023
ölçüsü45,21 Kb.
#153806
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Mavzu Suҳbat metodi turlari va unga qo’yiladigan asosiy talabl-fayllar.org

II. Korreksiyalash va korreksiyalashning ustuvor tamoyillari. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida pedagogik jarayonida o‘quvchining o‘qishi va xulqi bilan bog‘liq salbiy
holatlarni bartaraf qilishda o‘qituvchi, maktab psixologi, tibbiyot xodimi tomonidan korreksion faoliyat tashkil etiladi. Korreksion faoliyatning asosini korreksiyalash tashkil qiladi.

Korreksiya (yun. “correctiio” – tuzatish; pedagogikada – pedagogik tuzatish) –
pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal
bolalarning psixik, jismoniy rivojlanish kamchiliklarining qisman yoki
to‘liq tuzatilishi121.


Korreksiyalash (pedagogik tuzatish) – o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan
og‘ishlarni tashxislash asosida ularni bartaraf qilishga qaratilgan
maxsus hamda umumiy pedagogik chora tadbirlar tizimi; sabablarini
tashxislash asosida o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan og‘ishlarni
bartaraf etishga qaratilgan harakat; maxsus hamda umumiy pedagogik
chora-tadbirlarning ko‘rilishi.


Korreksion faoliyat – pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus
tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish
kamchiliklarini qisman yoki to‘liq tuzatishga qaratilgan pedagogik
faoliyat122.
O‘z mohiyatiga ko‘ra korreksiyalash mustaqil pedagogik hodisa hamda
maxsus harakatlar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, korreksiyalash
muayyan pedagogik hodisaga yondashuv nuqtai nazardan to‘liq yoki qisman
amalga oshirilishi ham mumkin. Aksariyat holatlarda korreksiyalash yaxlit
pedagogik hodisaga nisbatan amalga oshiriladi va bunda ko‘p omillilik inobatga olinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik tuzatishlar korreksionrivojlantiruvchi ta’lim negizida amalga oshiriladi. Bunda quyidagilarga e’tibor
qaratiladi:
tashxislash natijalarini tahlil qilish va baholash asosida ularda
kuzatilayotgan o‘quv va xulqiy nuqsonlarni bartaraf qilish orqali o‘quvchi
shaxsini rivojlantirish maqsadi, vazifalarini aniq belgilash;
rivojlanish (o‘qish, murakkab bo‘lmagan matematik amallarni bajarish, nutq,
fikrlash qobiliyati, fikrlarni mantiqiy bog‘lay olish, fikrni og‘zaki va yozma tarzda
bayon qilish)da muammolari bo‘lgan o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhi uchun
“Individual rivojlanish dasturi”ni ishlab chiqish;
o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhini korreksion rivojlantirish metodikasini

puxta asoslash, samarali shakl, metod, vosita, texnologiyalarini tanlash;


ta’lim mazmunini, o‘quv materiallarini o‘quvchining mavjud rivojlanish

darajasini to‘ldiradigan, u tomonidan qabul qilinadigan bir muncha murakkab


o‘quv axborotlari bilan to‘ldirish;
shartli tabaqalashtirgan o‘quvchilar guruhlarining bilim darajasiga mos holda

o‘quv materiallarini taqdim qilish;


o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhining “yaqin rivojlanish hududi”ni belgilagan

holda imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish choralarini belgilash.


Korreksiyalashning ustuvor tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi 4-rasm):

Yüklə 45,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə