Mavzu: Tabiiy va is gazlari bilan bog’liq sodir bo’lishi mumkin bo’lgan zaharlanish holatlarini oldini olish va jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish


Tabiiy va is gazlaridan zaharlanish holatlari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə3/5
tarix25.06.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#118889
növüReferat
1   2   3   4   5
Zaribboyeva Shahrizoda Qudrat qizi

2. Tabiiy va is gazlaridan zaharlanish holatlari.

  • Tabiiy gaz va is gazi bilan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar quyidagi holatlarda sodir bo‘lishi mumkin:
  • – tabiiy gazning to‘liq yonmaganidan hosil bo‘ladigan is gazining salbiy ta’siri; – isitish tizimiga tabiiy gazni ulashda me’yoriy talablarga rioya etmaslik; – foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik; – isitish uchun mo‘ljallangan pechkalar hamda mo‘rilarning soz holatda emasligi, yaxshi tozalanmaganligi va boshqalardir.

Is gazidan zaharlanishning umumiy belgilari.

  • Bosh miya tizimida: uyquga tortish, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, hushini yoʻqotish;
  • Koʻrish tizimida:koʻz oldining qorongʻulashishi;
  • Eshitish tizimida:eshitish qobiliyatining pasayishi;
  • Teri qismida: terlash kuchayishi;
  • Nafas olish tizimida: nafas olishning ogʻirlashishi, yoʻtal;
  • Yurak qismida: puls va AB ortishi;
  • Mushaklar tizimida: tremor (qaltirash).
  • Shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda;
  • Avtoulovlar turargohlarida;
  • Yangi boʻyalgan va shamollatilmagan xonalarda;
  • Uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda;
  • Pechka bilan isitiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning toʻliq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.
  • Bundan tashqari, hozirda savdo doʻkonlarida sotilayotgan, gazda ishlaydigan har xil turdagi gaz uskunalari, jumladan, Eron davlatida ishlab chiqilgan “kamin“ gaz uskunasi chiroyli, ixcham koʻrinishli, isitish mavsumida ishlatib, keyin boshqa joyga olib qoʻysa boʻladigan qulayliklarga egadir. Biroq ushbu gaz uskunasi boshqa davlatda ishlab chiqilgani sabab, uni oʻrnatish va foydalanishga doir texnik pasport oʻzbek yoki rus tillariga tarjima qilinmagan. Buning oqibatida, undan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari bilan tanishish imkoni boʻlmaydi. Mazkur gaz uskunasi oʻzboshimchalik bilan, mutaxassisning koʻrsatmasisiz “Qurilish meʼyorlari va qoidalari“ talablarini buzgan holatda oʻrnatilmoqda. Natijada esa insonlar is gazidan zaharlanib vafot etmoqda.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə