Mavzu: Tabiiy va is gazlari bilan bog’liq sodir bo’lishi mumkin bo’lgan zaharlanish holatlarini oldini olish va jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish


Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/5
tarix25.06.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#118889
növüReferat
1   2   3   4   5
Zaribboyeva Shahrizoda Qudrat qizi

3. Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.

Barcha holatdagi ogʻir zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  • A) Jabrlanuvchini zudlik bilan gazlangan hududdan toza havoga olib chiqish kerak;
  • B) Jabrlanuvchining qoʻl va oyoqlarini koʻtarilgan holatda yotqizish;
  • C) Nafas olishiga xalaqit beruvchi barcha narsalarni yigʻishtirish (tugmalarni yechib, yoqani ochish, kamarni boʻshatish va boshqalar);
  • D) Jabrlanuvchining uxlab qolmasligini nazorat qilish. Jabrlanuvchini yurgizish taqiqlanadi;
  • E) Jabrlanuvchi nafas olmayotgan boʻlsa, unga toza havoda yoki havosi yaxshi aylanadigan xonada sunʼiy nafas oldirishni boshlash lozim;
  • F) Nashatir spirtini hidlatish;
  • G) Hushiga kelgan vaqtida yiqilib, jarohatlanmasligi uchun choralar koʻrish;
  • H) Jabrlanuvchining holati yaxshi boʻlsa, issiq choy yoki qahva ichirish;
  • I) Kislorod yostigʻi yordamida kislorod berish.

Shifokor is gazidan zaharlangan bemorga birinchi navbatda qanday yordam ko‘rsatish kerakligini batafsil tushuntirdi. Sababi bu paytda bemor hayoti qil ustida bo‘lib, har bir soniya qadrli. Salgina e’tiborsizlik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shifokor is gazidan zaharlangan bemorga birinchi navbatda qanday yordam ko‘rsatish kerakligini batafsil tushuntirdi. Sababi bu paytda bemor hayoti qil ustida bo‘lib, har bir soniya qadrli. Salgina e’tiborsizlik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun, quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

  • til orqaga ketib qolishining oldini olish uchun uni yonbosh bilan yotqizish;
  • nafasni stimullash, ko‘krak qafasini artish, oyoq va qo‘llarni isitish;
  • og‘ir darajadagi zaharlanish holatlarida jabrlanuvchiga tibbiyot xodimlari kelguniga qadar og‘izdan og‘izga nafas, yurak yopiq massajini bajarish.
  • “Unutmang, is gazidan zaharlangan odamni yurgizish mumkin emas. Bemor ko‘rinishidan qoniqarli ahvolda bo‘lsa ham, uni shifokor ko‘rishi shart. Sababi har doim ham kasallik belgilariga asoslanib, haqiqiy zaharlanish darajasini aniqlab bo‘lmasligi mumkin”.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə