Mavzu: Tafakkur taraqqiyoti va inson ongining yuksalish Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: Sh. Karimov reja


Ong, ma`naviyat va iroda yuksalishi



Yüklə 120,36 Kb.
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü120,36 Kb.
#180744
1   2   3   4   5   6
SHAHRIYOR KARIMOV

2. Ong, ma`naviyat va iroda yuksalishi
Iroda insonning o`z oldiga qo`ygan ongli maqsadga erishish faoliyati sifatida asosan ongning o`ziga xos tarkibiy qismidir. Lekin irodada irratsional qatlam ham bor. Har bir inson o`z hayoti davomida ma`lum bir faoliyat (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy) bilan shug`illanadi. Bu faoliyatning asosida esa maqsad yotadi. Maqsad qo`yish, avvalo insonning ichki va tashqi zaruriyatidan kelib chiqadi, ya`ni inson nimani o`zi uchun zarur deb bilsa, aynan shu narsaga erishish yo`llarini izlay boshlaydi. Bu zaruriyat ongli ravishda paydo bo`ladi va iroda orqali amalga oshiriladi. Irodaning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, bu maqsadga erishish vositalari va yo`l-yo`riqlarini oldindan aniqlab, qilingan ish-harakatdan chiqadigan turli xil natijalarni oldindan tasavvur etish orqali ma`lum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon bo`ladi. Masalan, ota-onaning bolasini oliy o`quv yurtiga kiritishi uchun o`zining oilaviy budjetini tejab, ma`lum fan bo`yicha tayyorlov kurslariga qo`yishi. Yoki kam maosh oladigan malakasi past ishchining o`z malakasini oshirib boshqa ishga o`tishga bo`lgan zaruriyati. Inson o`z maqsadiga erishish uchun nimalardandir voz kechadi, o`zining hissiyotini, aqlini, bor kuchini shu maqsadga yo`naltiradi.
Inson o`zining ongli faoliyati bilan boshqa mavjudotlardan keskin farq qiladi. Inson uchun tabiat guzalliklaridan bahra olish va tabiatni o`zgartirish, o`zi uchun qulayliklar yaratish, o`zaro munosabatlarda ma`lum qoida va me`yorlarga rioya qilish xosdir. Bularning barchasi ongli ravishda iroda vositasida amalga oshiriladi. Ongsiz iroda vujudga kelmaydi. Iroda faqat insoniyat olamida mavjud. Hayvonot olamida iroda yo`q. Chunki hayvonlar o`z oldiga ongli maqsad qo`ya olmaydi. Ongning vujudga kelishi va rivojlanishida hamda irodaning mustahkam bo`lishida mehnatning roli beqiyosdir. Insoniyat o`zining ma`lum maqsadga qaratilgan ongli mehnati tufayligina tabiatdan ajralib chiqdi. Aynan mehnatda ong va iroda yaxlit tizim sifatida ishtirok etadi. Insoniyat tomonidan yaratilgan jamiiki moddiy va ma`naviy mahsulotlar ong va irodaning birgalikdagi mahsulidir. Iroda ongning shakllanishiga va ong irodaning shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Har qanday mehnat kishidan mustahkam irodani talab qiladi. Iroda mehnatda toblanadi. Shuning uchun ham yoshlarimizning mehnat tarbiyasiga katta e`tibor qaratish zarur. Mehnat tarbiyasi faqat jismoniy mehnatga emas, shuningdek aqliy mehnatga ham to`g`ri munosabatni shakllantirishdan iborat. Mehnat bilan shug`illangan insonlarda or-nomus, o`z qadr-qimmatini anglash, o`zini tuta bilish, dadillik, qat`iylik, sabr-qanoat, chidam va toqat kabi irodaning muhim sifatlari namoyon bo`ladi. Va, aksincha, boqamandalik, tekinxo`rlik, laganbardorlik, firibgarlik, birovlarni aldab bo`lsada o`z maqsadiga erishish kabi salbiy xislatlar paydo bo`lmaydi. Bunga uning or-nomusi va irodaning boshqa ijobiy sifatlari yo`l qo`ymaydi. “Inson mehnatda ulug`lanadi”. “Insonni mehnat tarbiyalaydi” kabi so`zlar, albatta, xalqimiz tomonidan bejizga aytilmagan.
Ma`naviyat sohasida faoliyat yuritgan olimlarimizdan biri A.Erkayev “QarDU xabarlari” jurnalida ong va irodaning bir-biriga ta`siri haqida o`zining fikr va mulohazalarini aytib o`tgan. Unga ko`ra: “Irodasiz ong to`liq, yaxlit tizim bo`lolmaydi, u nofaol in`ikos darajasida qolib ketadi, e`tiqod esa shakllanmaydi”1 deya ta`kidlaydi. Irodasi past inson jamiyat yaratib qo`ygan imkoniyatlardan oqilona foydalana olmaydi. Jur`atsizligi sababli ichida to`planib qolgan bilimini yuzaga chiqara olmay, noto`g`ri bo`lsa ham boshqalarning bildirgan fikriga, ko`rsatmasiga amal qiladi. Bunday insonlarning yaratuvchilik, bunyodkorlik salohiyati past bo`ladi. Qat`iyatsizlik, muammoli vaziyatda o`zini yo`qotib qo`yish, sabrsizlik bunday insonlarga xosdir. Irodasiz insonlar ham o`z oldilariga oliy maqsadlar qo`yishlari mumkin, lekin uni amalga oshirishni o`zi bo`larchilikka tashlab qo`yadi. Uni amalga oshirolmaydi. Irodasiz inson hayotning qiyinchiliklariga chidayolmay tezda yengiladi. O`z omadsizligiga jamiyatni yoki boshqalarni sabab qilib ko`rsatadi. Irodada irratsional qatlam mavjudligi uchun u ma`naviyat bilan birikmasa, ijobiy emas, salbiy natijalarga olib keladi. Jinoyat yo`liga kirganlarning ko`pchiligi irodali, qo`rqmas, tavakkalchi kishilardir. Ba`zilarining tafakkur salohiyati ham ancha yuqori bo`ladi.
______________________
Nishanova Z., Qurbonova Z., Abdiev S. Psixadiagnostika va eksperemental psixologiya. – T.: Tafakkur bo‘stoni ,2011-yil. – B. 258, 138-142-betlar.
Lekin bundaylarning ma`naviyatida qusur bor. Ularda xudbinlik, axloqiy va huquqiy me`yorlarga, boshqa odamlarga nisbatan bepisandlik, bag`ritoshlik kuchli. Irodadagi irratsionallik doim ham salbiy oqibatlarga olib kelavermaydi. Agar u ma`naviyat bilan biriksa, ijobiy mazmundagi fidoyilikka, qahramonlik va jasorat ko`rsatishga omil bo`ladi. Islom Karimov o`zining ”Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” kitobida ma`naviyat va iroda munosabati haqida quyidagi fikrni bildiradi: ”Insonning ma’naviyati yuksalishi bilan uning irodasi ham kuchayib boradi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Iroda – bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o‘ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi. Shuning uchun ham yuksak irodali insonga suyanish mumkin. Bunday kishilar boshingizga biror-bir tashvish yoki muammo tushgudek bo`lsa, loqayd qarab turolmaydi. Hech ikkilanmasdan, yoningizda turib, qo`lidan kelgancha yordam berishga, qiyinchiliklarni siz bilan birgalikda yengishga harakat qiladi”.
Ma`naviyat ijtimoiy hodisa sifatida insonning borliqqa, hayotga, tabiatga, jamiyatga va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatini ifodalaydi. Insonning daraxt ekib bog` yaratishi va atrofini gulzorga aylantirishida, boshqalarga nisbatan salbiy yoki ijobiy munosabatda bo`lishida ham uning ma`naviyati namoyon bo`ladi. Uning tanlagan maqsadi qay darajada yuksak bo`lsa, ma`naviyati ham shu mdarajada yuksak bo`lishi, aksincha tanlagan maqsadi jamiyat uchun xavfli, insoniyatga qarshi qaratilgan bo`lsa ma`naviyati ham shu darajda pastdir. Ma`naviyat irodani tarbiyalaydi, irodaga qanday harakat qilish lozimligini ko`rsatadi. To`g`ri yo`lga undash vazifasini o`taydi. Ma`naviyat irodaga faqat to`g`ri maqsad qo`yish va uni amalga oshirish yo`llari, usullari va vositalaridan ma`qulini tanlashga yordam beradi. Ma`naviyat tufayli iroda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. O`z navbatida iroda ma`naviyatni yuzaga chiqaruvchi omildir. Irodaviy faoliyat orqali ma`naviyat ham shakllanib boradi. Irodasiz ma`naviyat shakllanmaydi.
_____________________
Sherzodovich A.S., & Kizi R.Z.D. (2020). Interpretation and Written Translation: Related Learning. Interpretation, 6(6).

Yüklə 120,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə