Mavzu: Tafakkur taraqqiyoti va inson ongining yuksalish Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: Sh. Karimov reja


Yuksalish jarayonining ijtimoiy- tarixiy masalalari va uni yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni



Yüklə 120,36 Kb.
səhifə5/6
tarix22.03.2024
ölçüsü120,36 Kb.
#180744
1   2   3   4   5   6
SHAHRIYOR KARIMOV

Yuksalish jarayonining ijtimoiy- tarixiy masalalari va uni yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni

Milliy g‘oyani rivojlantiirshning ijtimoiy – ahloqiy masalalarini ko‘rib chiqar ekanmiz, dastavval “milliy g‘oya” tushunchasiga ta’rif berib o‘tsak. Milliy g‘oya – millatni o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli. Milliy g‘oya har bir millatga mansub kishilar uchun umumiy faoliyat mezoni, ularni birlashtiruvchi va muayyan maqsadga xizmat qiluvchi omil hisoblanadi. U muayyan millatning tabiiy – tariixy rivojlanishi jarayonida, moddiy va ma’naviy hayot sharoitlari ta’siri natijasida, milliy ruh va yashash tarzi, siyosiy tuzum va ijtimoiy tizim bilan bog‘liq maqsad va ideallar hamda umumiy qadriyatlar tizimi bilan tavsiflanadigan va milliy makonda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladigan g‘oyalardan biridir.
Milliy g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq, millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar va mo‘ljallarni ham aks ettiradi. U yoki bu g‘oyaning milliy g‘oya sifatida maydonga chiqishi millatning o‘tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad – muddaolari va mo‘ljallarini to‘gri ifodalay olishi mumkin. Bevosita O‘zbekiston misolida ko‘radigan bo‘lsak, mustaqillikka erishganimizdan, ya’ni 1991 – yildan 2016 yilga qadar “Milliy tiklanish” g‘oyasi 2016 yildan hozirgi kunga qadar esa “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” degan ulug‘ maqsad davlatimizning bosh g‘oyasini ifoda etmoqda. Tom ma’nodagi milliy g‘oya oxir-oqibatda ozmi-ko‘pmi insoniyat taqdiriga ta’sir qiladi. Shu ma’noda har qanday milliy g‘oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo‘ladi. ammo aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan g‘oyalar ham bor. Aytaylik, “milliy yarash” g‘oyasi fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo‘lsa, “Manfaatli hamkorlik” g‘oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek aahamiyatlidir. Har bir xalq o‘z tarixining burilish nuqtalarida, avvalo, mafkura masalasini, uning o‘zagini tashkil etadigan, o‘ziga xos o‘q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o‘taydigan ijtimoiy g‘oyani shakllantirish muammosini hal qiladi. Mavzuni mamalakatimiz misolida davom ettiradigan bo‘lsak, O‘zbekiston uchun milliy g‘oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahmiyati shundaki, jahon geosiyosiy maydonidagi o‘zgarishlar hamda globallashuv jarayonlarining kuchayishi natijasida vujudga kelayotgan salbiy holatlar, jumladan, zo‘ravonlik, inson taqdiri, jamiyat hayotiga bepisandlik, loqaydlik, andishasizlik, behayolik, o‘z tarixiy, diniy, milliy – ma’naviy ildizlaridan uzilib qolish kabi illatlarga qarshi kurashadigan, milliy va umuinsoniy qadriyatlarni asrab qolgan holda ijtimoiy – iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydigan, jamiyatning barcha qatlamlari, har bir a’zosi uchun birday qadrli bo‘lgan milliy g‘oya va mafkurani ishlab chiqishdir.
Bugungi kunda O‘zbekiston milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Mazkur taraqqiyot bosqichining asosiy maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida ishlab chiqilgan va izchillik bilan amaliyotga taqdim etilayotgan “O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi” hamda uning negizida qabul qilingan bir qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan. Harakatlar startegiyasi asosida kechayotgan shiddatli islohotlar tub negizini esa “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi tashkil etmoqda. Yagona Vatan tutyg‘usi, adolat – qonun ustuvorligida, xalq roziligi, jaholatga qarshi ma’rifat, innovatsion taraqqiyot tushunchalari “Milliy yuksalish g‘oyasi”ning asosiy kategoriyalari bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, mazkur g‘oayning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil etadi:
__________________
Аслонов Ш.Ш. (2020). Компьютерная лингвистика и филология: проблемы и решения. Гуманитарный трактат, (84), 17–19.



  • millati, tili va dinidan qat’iy nazar, O‘zbekistonning barcha fuqarolari manfatlari va orzu-intilishlarini aks ettirish;

  • milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash; - qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklarini eng oily qadriyat darajasiga ko‘tarish; - oshkoralik va fikrlar xilma-xilligiga rioya etish; - shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari hamda mas’uliyati uyg‘unligiga erishish; - farovon hayot barpo etishga qaratilgan iqtisodiy omillar samaradorligini oshirish; - milliy yuksalish g‘oyasini umummilliy harakatga aylantirish.

Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotning yangi bosqichida o‘z oldiga jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan bir qator ustuvor vazifalarni qo‘ygan. Bu vazifalar ijrosini ta’minlashda ko‘plab ob’ektiv va subyektiv omillar qatori milliy g‘oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahoqiy masalalari ham chuqur ahamiyatga ega. Bu masalalar ko‘plab ijtimoiy muammolar va ularning yechimiga qaratilgan harakatlarni o‘z ichiga olsada, quyida ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz:

  • milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash tamoyili; - milliy an’ana va urf-odatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ma’naviy munosabatlarni shakllantirish tamoyili; - jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda unda ma’naviy muloqotni ta’minlash tamoyili; - milliy o‘zlikni anglashni yangi bosqichga ko‘tarish tamoyili.

Milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash. Milliy g‘oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahloqiy masalalari qatoriga kiruvchi mazkur tamoyilining mazmun - mohiyati jamiyatning rivojlanishida asrlar davomida yaratilgan qadriyatlardan oqilona foydalanish, uni asrab-avaylash hamda yoshlar ongiga singdirish orqali kelajak avlodga yetkazib berishda o‘z ifodasini topadi.
Qadriyatlar o‘zi nima degan savolga ilmiy adabiyotlarda turlicha qarash va yondashuvdagi javoblarni toppish mumkin. Jumladan, falsafaga oid qomusiy lug‘atlarda bu tushunchaga “voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha” deb ta’rif bersalar, yana bir boshqa manbada “qadriyatlar muayyan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab – kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal bo‘lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar” deb e’tirof etilganini ko‘rishimiz mumkin. Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, o‘z ichida bir necha turlarga bo‘linadi. Masalan, tabiiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, moddiy, ma’naviy, axloqiy, diniy qadriyatlar shular jumlasidandir. Sanab o‘tilganlar ichida milliy g‘oyani rivojlantirishda mukammal darajada shakllangan axloqiy qadriyatlarning o‘rni beqiyosdir. Sababi, axloqiy qadriyatlar halollik, poklik, o‘zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo‘ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi bir qator yuksak umminsoniy fazlilatlarni qamrab oladi. Aynan shu fazilatlarni mujassamlashtirgan xalq vakillari yaxshilik, burch, vijdon, or-nomus, sabr, farosat, kamtarlik, andisha kabi axloqning o‘ziga xos o‘lchamlarini o‘zida namoyon etadi va shu bilan birgalikda millat, xalq va yurt taqdiriga daxldor tushuncha milliy g‘oyani rivojlantirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shadi. Qadriyatlar ichida ma’naviy qadriyatlar ham inson ijtimoiy mohiyatini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Ma’naviy qadriyatlarga yuksak axloq, imon, e’tiqod, insof-diyonat, yaxshi xulq-atvorni targ‘ibot qiluvchi boy ma’naviy merosimiz, urf – odatlarimiz, an’analarimiz kiradi.

____________________


Aslonov S., & Ruzimurodova Z. (2020). The use of acronyms and initialisms in bussines English. Студенческий вестник, (12-5), 34–35.
Shu ma’noda ma’naviy qadriyat tushunchasi milliy g‘oyani rivojlantirishning ijtimoiy-ahloqiy masalalari tarkibiga kiruvchi miliy an’ana va urf-odatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ma’naviy munosabatlarni shakllantirish tamoyili bilan chambarchas bog‘liqdir.
Milliy an’ana va urf-odatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ma’naviy munosabatlarni shakllantirish tamoyili. Mazkur tamoyilning mazmun – mohiyati shundan iboratki, har bir millatning o‘z ma’naviyatini chuqur anglashi, ongining tarkibiy qismiga aylantirishi jamiyat a’zolari o‘rtasidagi qadr hissini boyitib, ularning o‘zaro munosabatlarini mustahkamlaydi hamda vatan kelajagi uchun yagona kuch bo‘lib birlashishga xizmat qiladi. Ma’naviyat tushunchasi arab tilidan olingan bo‘lib, “ma’nolar majmui” degan ma’noni anglatadi. Ma’naviyat insonning butun umri davomida uning kuchiga kuch qo‘shishga aql, idrok va zakovatini kengaytirib, mustahkamlashga xizmat qiladi. Ma’naviyat va ma’naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir. Ma’naviyat tushunchasi kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari majmui. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. Karimov ma’naviyatga quyidagicha ta’rif beradi: “Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, avvlo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman”.
Ma’naviyat aniq shakllarda namoyon bo‘ladigan ijtimoiy hodisadir. U faqat insonga xos xususiyatdir. Inson ma’naviyat bilan tirik. Ma’naviyat insonga insoniy mazmun baxsh etadi. Ya’ni, odam farzandi ma’naviyat sohibi bo‘lganligi, aql-idrok va tafakkurga, imon va e’tiqodga, odob-axloqqa, sharm-hayo va or-nomus singari fazilatlarga ega bo‘lgani uchun inson degan sharafli nomga sazovordir.
___________________
Umida K., Zarina R., & Shahram A. (2020). Characteristics, significance and role of motivation problms in foreign language learning. Asian Journal of Multidimensional Research
Ma’naviyat insonlarning o‘zaro munosabatlarida, uning hayotiy tajribalari davomida shakllanadi va rivojlanadi. Har bir inson o‘z ma’naviyatini o‘zini shaxs sifatida anglagandan boshlab, to umrining oxirigacha shakllantirib va rivojlantirib boradi. Shuning uchun ham jamiyat a’zolarining ma’naviyatini yuksaltirish, ijtimoiy hayotning har qanday sohasidagi munosabatlarni ma’naviy asoslarda yo‘lga qo‘yish milliy g‘oyani rivojlantirishning ijtimoiy-axloqiy masalalarining asosiy tamoyillaridan biri sifatida baholanadi. Insonlar ma’naviyatini yuksaltirishda ko‘p asrlar davomida yuzaga kelgan, ajdodlar dahosini o‘zida namoyon etadigan, xalqning umumiy va bebaho boyligi sifatida e’tirof etilivchi ma’naviy merosning o‘rni beqiyosdir. Ma’naviy meros tarkibiga tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosni kiritish mumkin. Zero, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy meros, jumladan, “Avesto”da ilgari surilgan ezgu g‘oayalar, Forobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Avloniy va shu kabi bir qator allomalar asarlarida ifodalangan yuksak umuminsoniy fazilatlar ma’naviyatimizning qadimiyligini, mazmunan chuqurligini va shu bilan birgalikda bugungi kundagi salohiyati cheksiz ekanligini to‘la namoyon etadi. Mazkur ma’naviy merosni ilmiy asosda to‘la o‘rganib chiqish, hali o‘rganib ulgurilmaganlarini atroflicha tadqiq etish har bir shaxsga milliy ma’naviyatning tarkibiy qismi hisoblanuvchi mamlakatning, millatning, xalqning ajralmas bo‘lagi ekanini his etish imkonini beradi. Milliy g‘oyani rivojantirishning ijtimoiy-axloqiy masalalari tarkibiga kiruvchi milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, milliy an’ana va urf-odatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ma’naviy munosabatlarni shakllantirish tamoyillarining vujudga kelish ilk makoni – bu, shubhasiz, oiladir. Zero, oila avlodlararo aloqa muhiti demakdir. Shu sababdan ham milliy g‘oyani rivojlantirishning ijtimoiy- ahloqiy masalalarining navbatdagi tamoyili aynan, “jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda unda ma’naviy muloqotni ta’minlash” deb nomlanadi.
Har qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o‘sib borishi, muayyan an’analar va muqaddas udumlarning saqlanib, avloddan-avlodga yetkazilib turilishidan manfaatdor bo‘lgan. Buyuk rus psixologi A.N.Leontev avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatii o‘rganib, ilk asarlaridan birida, agar shunday muloqot bo‘lmaganida, taraqqiyotning o‘zi ham mutloq bo‘lmas edi, deb ta’kidlagan. Bu vazifani bajarishda jamiyatning muhim bo‘lagi bo‘lmish oilaning roli kattadir. Har bir jamiyatning betakror qadriyatlari, o‘lmas merosi, avloddan-avlodga o‘tib boradigan an’analari bo‘ladi. fuqarolik holatlari, madaniy o‘sish, madaniy yuksalishga xizmat qiluvchi qadriyatlarning saqlanib kelayotganligi ham oila tufaylidir. Masalan, shunday oilalar sulolasi borki, ular asrlar osha u yoki bu muqaddas qadriyatlarni kasb-kori, turmush tarzi orqali saqlab keladi. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini. Oilaning mustahkamligi bevosita jamiyatning mustahkamligiga daxldor tushuncha. O‘zbek xalqining yirik ma’rifatparvar olimi Abdurauf Fitrat o‘zining “Oila yoki boshqarish tartiblari” nomli asarida bu haqda quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan: Dunyoda izzat va saodat tolibi bo‘lmagan birorta qavm yo‘q. Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi.
Milliy o‘zlikni anglashni yangi bosqichga ko‘tarish tamoyili. Milliy o‘zini-o‘zi anglash ijtimoiy ongning aohida ko‘rinishi bo‘lib, unda milliy hayot o‘z aksini topadi. Hozirgi davrda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlar qanday yuz bermoqda hamda ular millatlar va xalqlarning ongida qanday o‘z aksini topmoqda degan masala to‘g‘risida aniq, muaayyan tasavvurga ega bo‘lish kerak.
_________________________
Pedagogika M.X.To‘xtaxodjayeva Toshkent 2010 280 bet.

Millatlarning hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar ularning nafaqat hozirgi va kelajakdagi, balki o‘tmishdagi ma’naviyatlarining ham qanday bo‘lganligi to‘g‘risida o‘ylashga majbur qiladi. Milliy o‘zini-o‘zi anglashning o‘sishi millat turmush tarzining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa omillariga bog‘liqdir. Milliy o‘zini-o‘zi anglash hodisasi ongning yuqori darajasi bo‘lib, u milliy ongdan bir muncha keyinroq paydo bo‘ladi. O‘zini-o‘zi anglash bu insonning faqat o‘zini – o‘zi tushunib, anglab yetishi bo‘lmasdan, uning o‘z-o‘ziga, imkoniyatlariga, holatlariga bo‘lgan munosabatini ham bildiradi. Bular to‘liq ma’noda milliy o‘zinio‘zi anglashga ham tegishlidir. Demak, milliy o‘zini-o‘zi anglash - bu o‘zini-o‘zi baholashi hamdir.


Globallashuv jarayonining ijobiy tomonlarini jahondagi xalqlarning tinchlik uchun birlashuvi, turli xil mamlakatlarning iqtisod-siyosat, fan-texnika, madaniyat, ta‘lim va boshqa sohalardagi hamkorligi, qurollanish poygasi, terrorizm va giyohvandlik, yuqumli kasalliklar epidemiyalariga qarshi kurashi, tabiiy ofatlar, ya‘ni, zil-zila, suv toshqinlari, yong‘inlar, vulqon otilishi, sunami va boshqalardan zarar ko‘rgan aholiga o‘zga mamlakatlarning beg‘araz yordamida ko‘radigan bo‘lsak, bu jarayonning salbiy jihatlari ekologik muammolar, ya‘ni, ozon qatlamining yemirilishi, Yer haroratining oshib borishi, o‘rmonlarining kamayishi, ya‘ni cho‘l va sahrolarning paydo bo‘lishi, orol dengizi fojiasi, turli mamlakatlarga kasallik epidemiyalarining tez sur’atlarda tarqalishi, terrorizm va giyohvandlikning oshishi, noqonuniy savdoning kengayishi, ma‘naviyatga tahdidi va shu kabilarda namoyom bo‘ladi. Globallashuvni chetlab o‘tish mumkin emas, u jamiyat tarqqiyotidagi tarixiy jarayondir. Lekin jamiyatdagi muayyan unsurlar hamda tuzilmalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaslik XXI asr davlatlari va xalqlari oldida turgan muhim vazifaga aylandi. Afsuski, yangi asrda ham dunyoda barqarorlik, ijtimoiy tenglik tamoyillari to‘liq qaror topayotir deyishga asos yo‘q. Shu holni anglashning o‘zi insoniyat taraqqiyotining samarali texnologiyalarini izlashni davom ettirishga undaydi. Global muammolarning kelib chiqishi, mavjudligi va va ularni hal etish zarurati yangi sivilizatsiyaviy sifat o‘zgarishini taqozo etmoqda. Bu jarayon mohiyatini anglash uchun uning jadalligiga, chuqurligi va miqyosiga e’tibor berish lozim. Zero, o‘nlab va hatto yuzlab yillar davomida o‘zgarmas bo‘lib ko‘ringan ijtimoiy munosabatlar g‘oyat qisqa vaqtda tubdan o‘zgarmoqda. Bu hol kishilar hayotining barcha jabhalarida namoyon bo‘lmoqda. Ko‘lamiga ko‘ra bu jarayon biron mintaqani chetlab o‘tayotgani yo‘q. Globallashuv jarayonining salbiy ta’sirlariga qarshi har bir soha o‘z yo‘nalishidan kelib chiqqan holda kurashadi. Shu ma’noda, uning ma’naviyatga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirlariga qarshi kurashish vazifasi ijtimoiy soha vakillarining zimmasidadir. Ijtimoiy soha vakillari bugungi kunda globallashuvning ma’naviyatga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirini, jumladan, kabi illatlarni bartaraf etish uchun jamiyatning barcha qatlamalari ongiga milliy g‘urur va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yanada chuqurroq singdirishlari, bu borada samarali natijaga erishish uchun targ‘ibotning zamona ruhiga mos yangi usullarini ishlab chiqishlari lozim bo‘ladi.

______________________


Yusubov D.A. Falsafa (etika, estetika, mantiq) – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017. – bet 154. (D.A. Yusubov. Philosophy (ethics, aesthetics, logic) – T.: Academy of the MIA of the Republic of Uzbekistan, 2017. – page 154.)
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, milliy g‘oyani rivojlantirishning ijtimoiy-axloqiy masalalarini o‘rganish hozirgi davrda ilmiy-nazariy, amaliy ahamiyatga ega. Uning ilmiy-nazariy jihati “milliy g;oya” - jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy kategoriyalardan biri ekanligini hisobga olgan holda, uni rivojlantiruvchi ijtimoiy asoslarni tadqiq etish, izlanishlar natijasida yuzaga chiqqan ijtimoiy asoslarni axloq normalari bilan umumlashtirgan holda bugungi davr milliy g‘oyasini rivojlantirishning asosiy tamoyillarini yaratishdan iborat. Amaliy jihati esa milliy g‘oyani rivojlantirishga mo‘ljallangan ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarni jamiyatning barcha qatlamlariga, jumladan, oila va yoshlar, ularning ta’lim-tarbiya jarayonlariiga tadbiq etish, targ‘ibot ishlarini milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy an’ana va urf- odatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ma’naviy munosabatlarni shakllantirish, shuningdek, jamiyatda oila institutini mustahkamlash hamda unda ma’naviy muloqotni ta’minlash tamoyillari bilan uzviy bog‘liqlikda olib borishdan iboratdir.

2020-yil 16-dekabr kuni dunyo universitetlari reytingini belgilovchi Quacquarelli Symonds (QS) reyting agentligi 2021-yil uchun Rivojlanuvchi Evropa va Markaziy Osiyo universitetlari reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekistonning bir yo‘la 4 ta oliy ta’lim muassasasi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat uni-versiteti, Toshkent davlat texnika universiteti qayd etildi. 2021-yil Toshkent davlat yuridik universiteti TOP-500 ta universitetlari ro‘yxatiga kirdi.Ushbu reytingda TDYU dunyoning 94 mintaqa va davlatlaridan qatnashgan minglab universitetlar orasida 401 o‘rinni egalladi. Malakali kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, bugungi kunda ta’lim to‘g‘risidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Unda mamlaktimizda mustaqillik yillari ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohatlar va undagi ayrim kamchilik va nuqsonlarni tanqidiy tahlil etgan holda bu tizimda o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Oily o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Fanlarni optimallashtirish yo‘lidan borilmoqda.


2017-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining «Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda o‘tkazilgan edi. Shundan buyon bu masala e’tibordan chetda qolib kelgani, mazkur Farmonning tarixiy ahamiyatini ko‘rsatib turibdi. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki martadan ko‘proq qisqardi va 2017-yil dekabr oyiga kelib akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi. Davlatimiz rahbarining topshiriqlari ijrosi doirasida qisqa vaqt ichida ilmiy tadqiqot faoliyatining normativ-huquqiy bazasi va moliyalashtirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan maqsadli kompleks chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda.
Bu jarayonda Fanlar akademiyasi alohida o‘rin tutadi. 9 ta ilmiy tadqiqot muassasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Farmonga muvofiq, akademiyaning Hay’ati va faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolari tavsiyasiga ko‘ra, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zosi tasdiqlandi. Akademiklar qatoridan fizika-matematika, kimyo, biologiya, texnika, qishloq xo‘jaligi, tarix, iqtisodiyot, filologiya, huquqshunoslik, pedagogika, tibbiyot fanlari hamda san’atshunoslik sohalarida ko‘zga ko‘ringan, muhim mezonlar bo‘yicha ko‘p bosqichli saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan olimlar o‘rin oldi.


Yüklə 120,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə