Mavzu; Talim nazaryalari konsepsiyalari tizimi Reja: Kirish I bob Talim nazaryalari konsepsiyalari tizimi



Yüklə 37,89 Kb.
səhifə7/11
tarix31.12.2021
ölçüsü37,89 Kb.
#82166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kurs ishi tayyor

falsafiy tushunchalar;


xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo`lgan tushunchalar.


Didaktika uchun “umumiy va alohida”, “mohiyati va hodisa”, “qarama-qarshilik”, “bog`liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo`llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o`rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:



ta’lim - o`quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o`stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo`naltirilgan jarayon;


dars – bevosita o`qituvchi rahbarligida muayyan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli;


bilim olish – idrok etish, o`rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko`nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;


ta’lim jarayoni – o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon.


o`quv fani – ta’lim muassasalarida o`qitilishi yo`lga qo`yilgan hamda o`zida muayyan fan sohasi bo`ycha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.


ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo`ycha o`zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.


Didaktikada “idrok etish”, “o`zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya) hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo`lgan tushunchalar ham qo`llaniladi.

Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to`ldirilib borilmoqda.

Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat:



So`nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.

1) bilim–shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko`rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;

2) bilim olish–idrok etish, o`rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko`nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

3) ko`nikma–olingan bilimlarga asoslanib qo`yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig`indisi;

4) malaka–ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi;

5) ta’lim–o`quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o`stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo`naltirilgan jarayon;

6) ta’lim metodlari–ta’lim jarayonida qo`llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui;

7) ta’lim mazmuni–shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;

8) ta’lim vositalari–ta’lim samaradorligini ta’minlovchi ob’ektiv (darslik, o`quv qo`llanmalari, o`quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va sub’ektiv (o`qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;

9) ta’lim jarayoni–o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon;

10) ta’lim mazmuni–davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo`ycha o`zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;

11) ta’lim maqsadi (o`qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo`nalishini belgilab beruvchi yetakchi g`oya;

12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o`quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;

13) ta’limni boshqarish–ta’lim muassasalarining faoliyatini yo`lga qo`yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;

14) ta’lim tizimi–yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo`lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o`quv-tarbiya muassasalari majmui.


Yüklə 37,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə