Mavzu: Tarbiyasi qiyinchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishda psixologni ro’li


Tarbiyasi qiyin bolalar bilan olib boriladigan ishlar mazmuni



Yüklə 259,5 Kb.
səhifə8/10
tarix27.12.2023
ölçüsü259,5 Kb.
#163812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DILNAVOZ YO\'LCHIYEVA O\'ZGARGAN

2.1. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan olib boriladigan ishlar mazmuni
O’quvchining mehnatga munosabati, o’qishga bo’lgan munosabati, tarbiyaga munosabati, jamiyatga munosabati, odamlarga munosabati, o’z vataniga, o’z-o’ziga munosabatini namoyon qilishni shakllantirish. Yuqorida bayon etilgan mezonlarga o’qituvchi qay darajada tayyorgarligini, uning nazariy, uslubiy tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorati, qobiliyati, malakaviy darajasi, shaxs sifatida uning faoliyatidagi nuqson kamchiliklarni tuzatishi uchun ularni diagnostikadan o’tkazib borish yaxshi natijalar beradi. Hozirda amaliyotda quyidagi diagnostik usullar qo’llanmoqda: - o’qitish kasbiy mutaxisisligi nazariy va o’qitish metodikasi bo’yicha so’roqlardan iborat didaktik – metodik va pedagogik – psixologik testlar. – diagnostik testlar. – diagnostik karta. – so’rovnomalar (anketalar) – reyting. Diagnostika natijalariga ko’ra ta`limdan ilmiy – uslubiy xulosalar chiqariladi va o’qituvchining kasbiy, nazariy – uslubiy muammolari, pedagogik mahorati va shaxs sifatlarini korretsiyalash tadbirlari belgilanadi. Bu tavsiya va tadbirlar o’z bu navbatida o’qituvchiga uslubiy shakl va mazmuni belgilanadi, uni malaka oshirishga, seminar – treninglarda ishtirok etish, o’z-o’ziga mustaqil ta`lim olishi tavsiya etib boriladi. Ma`lum muddatdan keyin qayta o’tkazilgan diagnostika pedagogik faoliyatdagi sifat o’zgarishlarni aniqlash bilan bir qatorda unga ko’rsatilgan uslubiy yordam, malaka oshirilganligi, mustaqil ta`lim olganligini aniqlash imkonini beradi. O’qituvchi faoliyatini diagnostikalash tartibi va mazmunini yaxlitligiga idrok etish uchun yuqorida bayon etilgan fikrlarimizni quyidagi jadvalda keltiramiz.Bevosita pedagogik faoliyat jarayonini kuzatish. O’qituvchining u yoki bu vositalarni qo’llay olish mahoratlarini o’rganish
Ta’lim-tarbiya jarayonida bilishi muhim bo’lgan pedagogik vaziyatlarni hal etish orqali o’qituvchi pedagogik mahoratining qay darajada namoyon bo’lishini o’rganish Yozma so’rovnomalar orqali o’qituvchining faoliyatiga bo’lgan munosabati. Maqsad va ehtiyojlarini tadqiq qilish, ta’lim va tarbiyaning dolzarb muammolariga bo’lgan munosabatini aniqlash. O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalari, dars samaradorligi, ijodiy ishlarini o’rganish, tahlil etish Didaktik testlar orqali, o’qituvchining shaxsiy, uslubiy saviyasini psixologik testlar yordamida qobiliyatlarini diagnostikalash O’qituvchi pedagogik faoliyatini har tomonlama diagnostikalash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: - diagnostika ob`ektini tanlash; - diagnostika uslubini belgilash (ishlab chiqish); - diagnostika o’tkazish; - diagnostika uchnatijalarini tahlil qilish; - diagnostik tahlil asosida (interpretatsiya) tavsiya, tadbirlar ishlab chiqish; - uslubiy, malaka oshirish, mustaqil mutolaa mazmunini belgilash va amalga oshirish (korrektsion va profilaktik ishlar); - qayta diagnostikalash, oraliq muddatidagi sifat o’zgarishlarini aniqlash Men tarbiyalanganlik darajasini aniqlash maqsadida amaliyot jarayonida bag’dod tumanidagi 17-maktabning 9 B sinf oʻquvchilaridan tarbiyalanganlik testini oldim . Men ularga testni maqsadini tushuntirdim ya’ni Oʻzbekiston respublikasi xalq taʼlimi vazirligi bugungi kunda sizning kelajakdagi qoʻygan orzu -istaklaringizga erishish yoʻlidagi intilishlaringiz, qiziqishlaringiz, dunyoqarashingiz, hayotga boʻlgan tanlov va imkoniyatlaringiz shuningdek yoshlar hayot tarzida uchraydigan voqea hodisalarga boʻlgan munosabatingizni oʻrganish uchun ushbu testni diqqatungizga havola etmoqda . Test savollariga oʻzingizni samimiy javoblaringizni bildirishingizni soʻraymiz. Quyidagi (1-ilova) savollarni oʻqing va hatti-xatakatingiz harakter xususiyatingizga mosini belgilang. Sizga tegishli boʻlgan javobni tagiga chizing deb tushuntirdim va test belgilash uchun 20 minut vaqt berdim.
Olingan natijalar tahlili asosida men 9B sinf oʻquvchilari orasida tarbiyasi ogʻir bolalar borligini yani ularga Xoldarov Doniyor, Ergasheva Mastura, Bahromov Baxtiyor va Egamov Iqbollar kirishini aniqladim. Keyingi navbatda esa bu sinfda oʻziga boʻlgan ishonchi past oʻquvchilar ham mavjud boʻlib: Rustamova Parvona, Tolipov Saidjon, Berdiyev Jonibek, Murodov Shohruhlar kiradi .
Tarbiya tarixini o ‘rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini insoniyat butun hayoti davomida tarbiya bilan shug‘ullanganligiga ishonch hosil qilamiz. Tarbiya jarayonida ajdodlarimiz tarbiyaviy ta’sirning samarali yo‘l, metodlari va manbalarini qidirib hayotga tadbiq qila boshlaganlar, buning natijasida tarbiya haqidagi g‘oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘la boshlagan. Bular o‘z navbatida pedagogika fanining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Jahon mutafakkirlari o‘zlarining pedagogik g‘oyalari bilan fanning rivojlanishiga hissa qo‘shdilar. Bu jarayonda o‘zbek mutafakkirlarining xizmatlari beqiyosdir.
Tarbiya haqidagi g ‘oyalar eramizdan avvalgi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g‘oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta’limoti, uning muqaddas kitobi «Avesto»6da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Tarbiya haqidagi g ‘oyalarni shakllanishida islom ta ’limotining ahamiyatini alohida ta ’kidlash joiz. Qur’oni Karim va hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, ma’naviyati, axloqi, e’tiqodini har tomonlam a shakllantirish yo’lari bayon qilingan. Tarbiya haqidagi g ‘oyalarning rivojlanishida Imom Buxoriy, At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning xizmatlari beqiyosdir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «Fuqarolar endi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlaming ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir». Bunday yangicha yondashishlar pedagogika fanining obyekti va predmetini kengaytirdi. Endilikda pedagogika fanining obyekti faqat ta’lim-tarbiya jarayonining nazariy, metodologik amaliy ta’minlovchisigina emas, balki komil inson shakllanishi, rivojlanishini ta’minlaydigan keng sohalarni o ‘z ichiga oladi. Shuning uchun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida»gi milliy modelida shaxsga kadrlar tayyorlash tizimining bosh obyekti va subyekti sifatida qaraladi. Bundan tashqari pedagogika fani oldiga yangicha fikrlaydigan, yangicha tafakkur, milliy mafkuraga ega komil insonni shakllantirish vazifalari qo‘yildi. ''Pedagogika fanining metodologiyasida, mazmunida, tarbiya nazariyasida, ta’limning tashkiliy shakllarida, komillik darajasi, sifatlarini aniqlashda katta islohiy o ‘zgarishlar amalga oshdi. Bu o‘zgarishlar yangi pedagogik texnologiyalarda o‘z aksini topishi lozim. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, u tarbiyaviy jarayonning mazmuni, metodi va tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi. Jamiyatimizning yangilanishi, taraqqiyoti o‘sib kelayotgan barkamol avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya nazariyasi O‘rta Osiyo faylasuflarining tarbiya haqidagi fikrlariga va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog’angandir. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.
Tarbiya aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dili pok, har tomonlama m a’naviy rivojlangan, vatanparvar, baynalminal, insonparvar barkamol shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Tarbiya mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, milliy an’analar va mintaqalararo xususiyatlarni hisobga olgan holda olib boriladi. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi. xarakteri, g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o‘zlashtiradi: bu o‘zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi ahamiyatga ega bo'ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilimni o‘zlashtira olmaydilar. Bolaning yoshi ulg‘ayib borgan sari bu faollik tobora ko‘proq mustaqillik xususiyatlariga ega bo'lib boradi: tarbiyalanuvchilar o‘zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o'z- o‘zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga hamda idrok etilgan narsalarga tanqidiy munosabatda bo‘lishga ko‘nika boradilar. Hamma davrlarning ilg‘or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz O‘tar, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniylar inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bildilar. Tarbiya jarayonida kattalar, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar jamoasi o‘zaro munosabatda bo’adi. Bu munosabat o‘zaro tushunish, ishonch, hamkorlik asosida qurilishi lozim. Maktab butun tarbiya ishini hayot bilan hamohang tarzda, o ‘quvchilarga o'tmish, tarix, san'at haqidagi m a’lumotlarni chuqur o ‘rgatishi, xalq pedagogikasi asosida ish yuritishi, buyuk allomalarning farzand tarbiyasi borasidagi pedagogik qarashlari, inson ruhini chuqur o‘rganib, sharqona urf-odatlar, an’analar asosida mehnat malakasini singdirishi lozim.


Yüklə 259,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə