Mavzu: Tarbiyasi qiyinchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishda psixologni ro’li


Pedagogik malakani egallaganlik darajasi



Yüklə 259,5 Kb.
səhifə5/10
tarix27.12.2023
ölçüsü259,5 Kb.
#163812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DILNAVOZ YO\'LCHIYEVA O\'ZGARGAN

Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va qo‘llashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab bo‘lganligi bois, o‘kituvchida ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past bo‘ladi.
Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam , maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli harakatlantiruvchi» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «ayaydigan» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va «ayaydigan» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq.
Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvafaqqiyatga erishishiga ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish kerak. Tarbiyaning xususiyatlari: tarbiyaviy texnologiyaning komplektlik xususiyati, tarbiyaviy texnologiyaning ierarxiyalik,tizimlilik, yaxlitlilik.Aqliy tarbiya – bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta‘sir ko‘rsatish.
Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay , har qanday vaziyatlarda o‘zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan kishilardir. Estetik tarbiya -bu bolalarga voqelikdagi, san‘atdagi, tabiatdagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish va ularning badiiy didini o‘stirish,go‘zallikka muhabbat uyg‘otish qobiliyatlarini tarbiyalashdir.Huquqiy tarbiya- muntazam olib boriladigan,aniq maqsadni ko‘zlagan va shaxsda huquqiy ong, huquqiy bilim va qoidalarga rioya etish jihatlarini namoyon etishga undaydigan pedagogik yo‘ldir. Ekologik tarbiya-insonni tabiatga qadam qo‘yganidan boshlab,butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, tabiiy boyliklarni ko‘paytirish , bog‘-u rog‘lar, gulzorlarni tashkil qilishga undashdan iboratdir.Iqtisodiy tarbiya bolalarda tejamkorlik, ishbilarmonlik,iqtisodiy hisob -kitob qilish qobiliyatini shakllantiradi.Shaxsni barkamol shakllanishining zarur shartidir. Yoshlarni iqtisodiy tarbiyalash pedegogikaning asosiy muammolaridan biridir. Mehnat tarbiyasi- kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning ko‘zini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi.Sensor tarbiya- pedagogika fanida bolalarning aqliy,estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga,idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta‘sir sistemasidir. Jismoniy tarbiya-sog‘liqni mustahkamlashga, odam organizmini uyg‘un ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismidir.
Sharqning qomusiy mutafakkiri Abu Nasr Farobiy 4insonni har tomonlama takomillashtirish ,ularni umumiy baxt -saodatga yetaklash yo‘llarini o‘zining ijtimoiy-siyosiy ta‘limoti markaziga qo‘yadi. U ijtimoiy tarbiyani tartibga solish,uni boshqarish masalalariga alohida e’tibor bergan.Mehnat faoliyatini tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi degan xulosaga kelgan. Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va qiyinchiliklarini tushungan. U jismoniy jazoning me‘yoridan ortib ketishiga qarshi chiqqan. Uning fikriga ko‘ra risoladagidek tarbiyani amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda bo‘lish darkor. Tarbiyachining o‘zi bola shaxsini hurmat qilishi, uni sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim.
Alisher Navoiy bola shaxsini shakllantirish va tarbiyalash masalalariga juda katta ahamiyat bergan. U farzandni oilaga quvonch va baxt keltiruvchi shamchiroq, deb bilgan. Bolaga uning yoshiga qarab eng kichik yoshdan to‘g‘ri tarbiya berish zarur, fanlarni iloji boricha barvaqt boshlash lozim, deya ta‘kidlagan.
Abdulla Avloniy fikriga ko‘ra, tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, shogirdlariga bergan darslarini amal ila o‘rgatmoqlari lozim. Bu ta‘lim ila berilgan dars va ma‘lumot shogirdlarning diliga tez ta‘sir qilib ,ular ilmli odobli bo‘ladilar. Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo‘lib , amalsiz bo‘lsa , bu shogirdlar axloqiga yomon ta‘sir ko‘rsatadi.Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yoʻl) tarbiya maqsadiga erishishning yoʻli. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, iroda, tuygʻulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi oʻzining imkoniyatiga koʻra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda oʻzining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi.
Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qoʻyilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi oʻzining tarbiyalanuvchilari bilan yoʻl ochadigan oʻrganilmagan soʻqmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yoʻllar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni toʻgʻri qoʻllay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir koʻrsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yigʻindisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni koʻrsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni koʻrsatish – bu usullar. Soʻz (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bogʻliqlikda ba’zan tarbiya metodlari qoʻyilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud boʻladi.


Yüklə 259,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə