Mavzu: Tarbiyasi qiyinchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishda psixologni ro’li


Tarbiyasi qiyinlikni bartaraf etishda psixologning roli va ahamiyati



Yüklə 259,5 Kb.
səhifə9/10
tarix27.12.2023
ölçüsü259,5 Kb.
#163812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DILNAVOZ YO\'LCHIYEVA O\'ZGARGAN

2.2 Tarbiyasi qiyinlikni bartaraf etishda psixologning roli va ahamiyati.
Tarbiyaning maqsadini pedagoglar ham, ota-onalar ham yaxshi bilishlari lozim. Umumta'lim maktablarida tarbiyaning asosiy maqsadi sifatida shaxsning har tomonlama kamolotga erishuvi asos qilib olinadi. Shaxsning har tomonlama kamolotga erishuvi, bu uning ayrim qirralari yoki xislatlarining to'laqonligi, jismoniy, axloqiy, siyosiy, estetik qarashlari уig‘indisini o ’z ichiga oladi. Tarbiya moddiy boyliklarni ishlab chiqarish usuliga, jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga, siyosiy tizimga, mafkuraga bog1 liqdir. Tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va o ‘zaro bog‘liqligi uning muhim qonuniyati hisoblanadi. Shaxsning rivojlanishi tarbiyaning sifatiga bogMiqdir. Ayni chog‘da tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari shaxsning rivojlanish darajasiga bog’iq.
Tarbiya jarayoni murakkabdir. Shuning uchun ham u tarbiyachidan bolaning ruhiy holati, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib, mehribonlik bilan yondashishni talab qiladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchi shaxsini diqqat bilan o‘rganishi, ularni tushunishi, hurmat qilishi lozim. Tarbiyalanuvchilarning hayotiy faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, maqsadga muvofiq va ularning munosabatlari oqilona tashkil qilinar ekan, tarbiya jarayoni shunchalik samarali amalga oshiriladi. Insonni uning atrofini qurshab turgan vositalar: oila, ota-onasi, maktab, do‘stlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, sairat, adabiyot, tabiat va hokazolar tarbiyalaydi. Shaxsning rivojlanish va shakllanish jarayonini boshqarib borish kerak. Shunga ahamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy jarayon umumxalq ishi va uzluksiz boisin, barcha yoshdagi bolalarni qamrab olsin, turli ijtimoiy, jamoat va davlat institutlari va muassasalarining shaxs kamolotini shakllantirish borasidagi harakatlari mujassamlangan bo‘lsa, ayni maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola betakror va o ‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligi e ’tiborda tutilishi zarur. Tarbiya muayyan maqsad bilan rejali ravishda amalga oshiriladigan davomli ishdir. Yosh avlodga har bir tarixiy davrdagi jamiyatning o‘ziga xos ishlab chiqarish metodi va ijtimoiy munosabatlarga muvofiq tarbiya beriladi. Bu tarbiyaning asosiy qonuniyatidir. Tarbiya jamiyat hayoti bilan bog‘liq, jamiyat o ‘zgarib rivojlanishi bilan tarbiya ham o ‘zgarib, rivojlanib boradi. Tarbiya jarayoni hayotiy, amaliy xususiyat kasb etmog‘i lozim. Tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari: pedagoglar, otaonalar, jamoatchilik, yoshlar tashkilotlari va mehnat jamoalarihamma kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari lozim. Tarbiya nazariyasida ham pedagogika fanida bo‘lgani kabi, yangi vujudga kelayotgan qarashlar bilan eskirib borayotgan qarashlar o ‘rtasida kurash ketgan. Tarbiya nazariyasidagi va amaliyotidagi muhim y o ‘nalishlarni tanqidiy o ‘rganmay turib, tarbiya nazariyasining asosiy masalalarini tushuna olish qiyin. Keng tarqalgan nazariyalardan biri avtoritar (boshqalarga ko‘r-ko‘rona bo‘ysinish) tarbiya nazariyasi edi.
Avtoritar tarbiya XVI asrda paydo bo‘lib, hozirda Ispaniyada, Lotin Amerikasining ba’zi mamlakatlarida yaqqol ifodasini topgan. Avtoritar tarbiyani ilmiy ravishda asoslab berishga uringan nemis pedagogi Fridrix Gerbart (1771-1841) 7bola tug‘ilganda «yoshoyi sho‘xlikka» xos bo‘lish fikrini olg‘a suradi. Shu bilan u tartibni buzgan o ‘quvchilar uchun jarima jurnalini tashkil etishni taklif etadi. U tartibni buzgan o‘quvchilarni ovqatsiz qoldirish, burchakka turg‘izib qo‘yish, karserga qamash, jarimaga tortish kabi jazolash turlarini joriy etadi. Avtoritar tarbiyani birinchi bo‘lib J. J. Russo tanqid qildi va o ‘zi erkin tarbiya nazariyasini ilgari surdi. O‘zbek maktablarida ta’lim-tarbiya bir-biridan ajralmas deb hisoblanadi. Sinfdagi har qanday ish doimo tarbiyaviy ishdir, biroq tarbiyaviy ishlarni ta’lim berish bilan cheklash mumkin emas. Tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama o‘stirish, uning ongi va xulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiya - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Tarbiya - tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda m a’lum bir maqsadga qarata va muntazam suratda ta’sir qilishdir. Bu xildagi ta’rif tarbiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani, chunonchi: muayyan dunyoqarash, axloq, ijtimoiy xulq-atvor qoidalarini singdirish, muayyan xarakter va iroda, odat va axloq yaratishni o‘z ichiga oladi.Tarbiya-shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki faoliyatni - o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongi shakllana boradi, his va tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g ‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirga nisbatan m a’lum munosabatda bo’adi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoji va xohishlarini ifodalaydi. Psixologlar va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh ijobiy. xoh salbiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog’iqligini ko’satadi. Bolaning shaxsiy tajribasi ehtiyoj lari tashqi ta’sirga munosabatini belgilab beradi va uning xulqida aks etadi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishning o ‘zigina kifoya qilmaydi. To‘g'ri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan qalbida paydo bo’ayotgan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday anglashni, baholashni, his qilishni hamda ulardan o‘zi uchun nimalarni maqsad qilib olayotganini bilish zarur. Yana shuni hisobga olish kerakki. bularning barchasi turli kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar asosida ro‘y beradi. Bola ulg‘aya borishi bilan bu xil aloqa va munosabatlar murakkablashib boradi va bola shaxsning kamolga yetishida yo ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiya maqsadga muvofiq muntazam ta’sir etishni ko‘zda tutadi, zeroki shu yosh bilan jamiyatning shaxsga qo‘yadigan talablari tarbiyalanuvchining xulqini idora qilib turuvchi ichki ehtiyojga aylanadi. Tarbiya jarayonida o'quvchining onginigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham о ‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga q o ‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o ‘quvchining ongiga (ta’lim jarayoni asosida), hissiyotiga (darsda va sinfdan tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) muntazam ta’sir etib boriladi. Agar o ‘quvchini tarbiyalashda bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya jarayoni ko‘p qirrali va murakkabdir. Maktabdagi tarbiya jarayoni to‘xtovsiz davom etadigan jarayon boMib, unga o ‘qituvchi tarbiyachi rahbarlik qiladi va u tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur boMgan maqsadini, shu maqsadni hal qilishga xizmat etadigan faoliyatini belgilaydi. O‘quvchilarning shu faoliyatiga ishtirok etishini ta’minlab, ular o ‘rtasida ijtimoiy, jamoa va o‘rtoqlik aloqalari va munosabati uchun sharoit yaratadi. O‘quvchilami faoliyatda qatnashishlari orqali ulaming mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi o‘sib borishiga erishiladi. Ana shu jarayonda bolaning qarashlari, e’tiqodlari va voqea hodisalarga nisbatan o‘z nuqtayi nazari vujudga keladi va mustahkamlanib boradi. Bular bolaning atrof-muhitning ta'siriga qanday munosabatda bo‘lishini belgilaydi. Shunday qilib, maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish va kamolga yetkazish jarayonidan iborat bo‘lib, uning mazmuni ta’limdagidek alohida predmetlarda emas, balki o ‘quvchilarning hayot-faoliyatlari va o‘zaro munosabatlaridan tashkil topadi. Mana shulardan tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari kelib chiqadi.


Yüklə 259,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə