Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi


Tayanch tusuncha va iboralar



Yüklə 398,79 Kb.
səhifə23/30
tarix22.12.2023
ölçüsü398,79 Kb.
#153982
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
portal.guldu.uz-TASAFFUF VA MUMTOZ POETIKA ASOSLARI

Tayanch tusuncha va iboralar. Epik tur, latiaf, lirik misra, bayd, drama, tragediya, komediya, g’azal, qasida, ruboiy, tuyuq, qit’a;


1-Savol bayoni:

Aristotelning “Poetika”sidan beri adabiyot asarlarini uch katta guruhga bo’lish ilmda qoida bo’lib qoldi. Bu guruhlarning xar biri hozirgi zamon adabiyotshunosligida “adabiy tur”yoki “adabiy jins”deb ataladi. Bu uch tur –epos, lirika va dramadir. Hozirgi zamon o’zbek tilida epos-“nasr”va “proza”, lirika esa “poeziya” va “she’riyat” terminlari bilan ham ifoda etiladi.


Epik turga mansub asarlarning uch xususiyatini aloxida qayd etish mumkin. Bular- tasvirning ob’ektivligi, voqeabandligi va ko’lamdorligidir.
Eposga mansub har bir epik asarda yozuvchi hayot manzarasini go’yo tashqaridan turib tasvir etayotgandek yo’l tutadi. Bu yozuvchi tasvirlanayotgan kishilar va hodisalarga o’z munosabatini ifoda etmaydi degan so’z emas.
Epos asarining juda muhim xususiyati voqeabandlik, ya’ni asar asosida muayyan bir voqea haqidagi hikoya yotishini “Iliada”, “Odisseya”, “Shohnoma” va “Rustami doston”dan tortib o’zbek romanistlari ijodidan ham darrov payqab olish mumkin.
Hayotni keng ko’lamda qamrab olish –epik asarning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Fol’klor va klassik adabiyotimizning epik asarlari-dostonlarda o’tmish hayotning keng manzarasi beriladi.
XIX va XX asrlarda roman hayotni keng ko’lamda qamrab olishi bilan adabiy janrlar orasida yetakchilik rolini o’ynaydi. Povest va ayniqsa, hikoyaning hajmi kichik bo’lsa ham, ularda epiklik o’ziga xos tarzda ko’rinadi; povest va hikoya mazmunning salmoqdorligi, chuqurligi va umumlashmaning kengligi o’z fikriy ko’lami, umumlashmalari bilan romanga tengdir.
Abdulla Qaxxorning “O’g’ri” ,”Bemor”va “Tomashabog’” kabi hikoyalari hayotning katta muammolari haqidagi o’ylarning, umumlashmalarning kichik “qaymogi’dir.
O’rta Osiyo halqlarining qadimiy eposida asosiy janrlar-latifa,ertak,hikoya,qissa va dostonlardir.
Latifa-eng kichik epik janr. (“Latifa”(arabcha)-nozikva o’tkir mushohada ma’nosidagi “lutf” so’zidan yasalgan atamadir). Latifada qisqa nasriy shaklda qiziq bir voqea aytib beriralida.Shaklning kichikligiga qaramasdan,latifa kishida katta qiziqish uyg’otadigan tarzda to’qilgan bo’ladi.Latifaning eng ko’p tarqalgan shakli Xo’ja Nasriddin (Afandi) haqidagi mitti hikoyalardir.
Ertak ham qadim eposining eng keng tarqalgan janridir. Latifadan farqli o’laroq ertakning mazmuni eshituvchi yoki o’quvchiga kulgi uyg’otishga mo’ljallanmagan bo’ladi. “Jiddiy” mazmunli ertaklar goh kishilar hayotida uchraydigan oddiy hodisalarni, goh fantastik sarguzashtlarni hikoya qiladi.
Lirik asarda, ko’pincha insonning xuddi shu topda boshidan kechirayotgan oniy holati o’z aksini topgani uchun, lirik janr qisqalikka intiladi. Lirik asar eng kichik asardir. Shu sababli undagi syujet va konflikt ko’zga tashlana bermaydi.
Lirik turning eng kichik vakili –misradir. O’zbek klassik adabiyotida, nasr bilan yozilgan asarlar tekstida juda muhim joyda muallif o’z fikrini va tasvir predmetiga munosabatini she’riy misra tariqasida ifoda etadi.
She’riy asarning eng kichik shakli bayt hisoblanadi. Bayt (ikki misradan iborat she’r) ham ko’pincha nasriy asarlar orasida, misra ishlatilgan vazifada qo’llaniladi.
Teatr sahnasida qo’yish uchun yozilgan adabiy asarlarning jami adabiyotning uch asosiy turidan biri bo’lgan dramatik turni yoki qisqa qilib aytganda, dramani tashkil etadi.
Jahon adabiyotining uzoq tarixida dramatik turning juda ko’p janrlari maydonga kelgan. Adabiyotshunoslikda ular shartli ravishda uch xilga bo’linadi va bu xillarning har biri janr deb ataladi. Bu janrlar tragediya, drama va komediyadir.
Hayotiy hodisalarni kishilar estetik jihatdan ikki katta guruhga bo’lib, baholaydilar. Bir xil hodisalar o’zlarining mazmuni bilan bizda ulug’vor, olijanob hislar tug’diradilar. Bu xil go’zal va mahobatlik hayotiy hodisalar va ularga muallif munosabati dramada tragediya deb atalmish janrga material beradi.
Hayotda yana shunday hodisalar borki, ular ulug’vorlikdan mahrum bo’lib, ularda xunuklik ustun turadi. Bunday hodisalarning mujassami yoki yaratuvchisi bo’lgan kishilar bizda nafrat uyg’otadilar, bu nafrat ko’pincha, mana shunday kishilar ustidan kulishimizda o’z ifodasini topadi. Ulug’vorlik-tragediyaga material bersa, xunuklik-asosiy quroli kulgi bo’lgan komediyani ro’yobga keltiradi.
Hayotda ulug’vorlik bilan xunuklik doimo yaxlit va bir-biridan uzoq xolda yashamaydi. Aksincha, hayot-yaxshilik bilan yomonlikning ulug’vorlik bilan bachkanalikning, go’zallik bilan xunuklikning yonma-yon yashashidan iboratdir. Bunday hayotiy holatlar o’zlarining haqqoniy in’ikosi uchun alohida bir shaklni taqozo etadilar. Shu tariqa dramatik turning janri- drama maydonga keladi.

Yüklə 398,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə