Mavzu: tomas kuk kompaniyasi faoliyati tahlili


-chizma.Milliy turistlarni xorijga yuborishda milliy va xorijiy turfirmalarni o‘zaro harakati sxemasi



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə6/12
tarix01.07.2022
ölçüsü315,5 Kb.
#90291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
TOMAS KUK KOMPANIYASI FAOLIYATI TAHLILI- 1

1.3.2-chizma.Milliy turistlarni xorijga yuborishda milliy va xorijiy turfirmalarni o‘zaro harakati sxemasi.

Keltirilgan sxemaga muvofiq:


1) chiqish turizmi bozorida turoperator xorijiy tur mahsulotni sotish va harakatini ta’minlaydi va turistlarni xalqaro tashkil qiladi;
2) xorijiy turoperator turistik mahsulotni shakllantiradi, xizmatlar paketiga narx belgilaydi va qabul qilishni tashkil etilishini va turistlarga o‘z mamlakatida xizmat ko‘rsatilishni ta’minlaydi.
Bu bo‘g‘indan xorijiy operatorni chiqarish mumkinmi? Bu savolga nazariy jihatdangina ijobiy javob berish mumkin. Negaki xorijiy turoperator funksiyasini bajarish uchun milliy turfirmaga chet elda xususiy firmasini ochishga to‘g‘ri keladi, bu uning uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan harajatlarni qilishga olib keladi yoki har bir mehmonxona kompaniyasi, ekskursiya byurosi va boshqalar bilan ularning xizmatlarini yagona turmahsulotga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha birlashtirib, alohida bevosita aloqani yo‘lga quyishi zarur bo‘ladi. Bu shubhasiz, texnik ishlar hajmini keskin ko‘paytiradi va biror bir iqtisodiy samara ko‘rishga imkon bermaydi.
Turli mamlakatlar turistik firmalari o‘rtasida hamkorlik uyushtiriladigan xalqaro turizm taraqqiyoti asosidir. Bunday hamkorlik barcha mamlakatlarda keng qo‘llaniladi va xalqaro iqtisodiy hamkorlik taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shadi.
Agent bitimi. Turoperator va turagent o‘rtasida hamkorlik agent bitimi asosida olib boriladi. Bu bitimda tomonlarning o‘zaro asosiy hamkorlik prinsiplari – turlarni sotish, bir – birlarining va turistlar oldida ularning burch va huquqlari belgilab olinadi. Agent bitimining nisbatan ko‘proq tarqalgan formulasi quyidagilar hisoblanadi:
Turoperator huquq beradi, turagent esa o‘z nomidan turoperatorning turlarini sotish majburiyatini qabul qiladi va ma’suliyatni buyniga oladi. Evaziga turoperator tomonidan komission taqdirlar oladi. Bunday formula shuni beldiradiki:

  • turist bilan tuziladigan oldi-sotdi shartnomasi va boshqa safar hujjatlarda turagent aytilishi kerak;

  • Tursotish bilan bog‘liq barcha ishlab chiqarish harajatlari va chiqimlar turagent tomonidan to‘lanadi;

  • turagent sotilgan turni bajarilishi uchun o‘z haridori oldida bevosita javobgardir.

Turoperator o‘z tomonidan turagentga har bir sotilgan tur uchun komission taqdirlashni tulaydi. Bunday taqdirlash miqdori turni sotish narxiga foiz hisobida belgilanadi yoki qayd qilingan summa ko‘rinishida to‘lanadi. Turoperator shuningdek turagent oldida sotilgan turni bajarish chog‘ida vujudga keladigan turistga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun to‘liq javob beradi.
Bitim ob’ekti. U turoperatorning turlarni sotish va bronlashtirish tartibi va sonining ruyxatini belgilaydi, masalan:

  • turoperator yillik katalogiga muvofiq yoki cheklangan turlar ruyxatiga asosan turlarni sotish;

  • turagentdan tushgan buyurtma va turoperatorda mavjud bo‘sh o‘rinlarga qarab turlarni sotish;

  • turagent tomonidan unga qat’iy birkitilgan o‘rinlar kvotasi bo‘yicha turlarni sotish. Bu holda turagent ajratilgan o‘rinlar kvotasini turoperatordan qo‘shimcha tasdiq olmasdan sotish huquqiga ega.

Turlar narxi. Tomonlar reklamada e’lon qilingan turlarning har biri bo‘yicha yagona narx haqida kelishib olishadi. Hech bir tomon bu narxlarni oshirish yoki kamaytirishga haqli emas. Turagent belgilangan narxga turistning iltimosi bilan ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar uchun narx qo‘shish huquqiga ega. Masalan, turistning yashash joyidan guruh yig‘iladigan joygacha va qaytish qiymatiga.

Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə