Mavzu: tomas kuk kompaniyasi faoliyati tahlili



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə7/12
tarix01.07.2022
ölçüsü315,5 Kb.
#90291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
TOMAS KUK KOMPANIYASI FAOLIYATI TAHLILI- 1

Komission taqdirlashlar. Ular turagent va turoperator hamkorligi shartlarining negizi hisoblanadi. Komission taqdirlash ikki funksiyani bajaradi: birinchidan, turagentning yagona daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi; ikkinchidan, uni faol ishlashga rag‘batlantiradi. Agar turagent o‘zini komission taqdirlanishi oshishidan manfaatda bo‘lsa, turoperator uchun har qanday komission oshirilish uning shaxsiy daromadining kamayishini bildiradi. Turoperator va turagent o‘rtasidagi munosabatlarda hamisha differensiyalashgan, tamoil jihatidan progressiv komissiya qo‘llaniladi: turagent qancha ko‘p tur sotsa, unga to‘lanadigan komission taqdirlash shuncha yuqori bo‘ladi. Komission taqdirlashning quyidagi turlari mavjud:

  • turoperator va turagent hamkorligining dastlabki bosqichida o‘sib boruvchi hajm uchun minimal darajada bazaviy komissiya;

  • nomavsumiy turlarni sotishni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha nomavsumiy komissiya qo‘llaniladi;

  • qo‘shimcha komissiya guruh turlarni (15-20 kishi) sotish uchun ham to‘lanadi;

  • qo‘shimcha komissiya turlarni sotishning yillik hajmiga muvofiq mo‘ljaldan ziyodi uchun ham ko‘zda tutiladi (retrafaol komissiya);

  • qo‘shimcha komissiya turagentning barqaror ishi uchun to‘lanadi.

Komission taqdirlashdan tashqari, turagent ishini rag‘batlantirish uchun boshqa raqobatlantirish choralaridan ham foydalaniladi, masalan, bonuslar to‘lash, ya’ni turlarni belgilangan hajm (norma)dan ortiq sotib, oshirib bajargani uchun qayd etib qo‘yilgan summa to‘lash, bepul safar yo‘llanmasi, qimmatbaho suvenirlar bilan taqdirlash.
Hisob – kitoblar. Turoperatorlar va turagentlar hisob-kitoblari joylashgan manzilga qarab, naqd pul to‘lash va bevosita bank o‘tkazmalari yo‘li bilan amalga oshirildi. Bunda shuningdek turagent tomonidan komission taqdirlashni ushlab qolish tartibi ham aniqlanadi, avans muddatlari va yakuniy hisob – kitoblar, sotuvlar haqida oylik hisobot tartibi belgilanadi.

Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə