Mavzu: tomas kuk kompaniyasi faoliyati tahlili


II BOB. “THOMAS COOK GROUP” TUROPERATORLIK KOMPANIYASI



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə9/12
tarix01.07.2022
ölçüsü315,5 Kb.
#90291
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
TOMAS KUK KOMPANIYASI FAOLIYATI TAHLILI- 1

II BOB. “THOMAS COOK GROUP” TUROPERATORLIK KOMPANIYASI
2.1. Tomas kuk - zamonaviy turizm asoschisi
Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi deb tan olingan baptist pastori Tomas Kuk birinchilardan bo‘lib sayohatchilarning ommaviy safar uyushtirishining mohiyati va foydaliligini anglab yetdi hamda 1843 yilda u dastlabki temir yo‘l orqali turni tashkillashtirdi va muvaffakiyatga erishdi. 1851 yilda u mamlakatning barcha burchagidan kelgan inglizlarning Parijdagi ko‘rgazmada ishtirok etishini tashkillashtirdi. U ko‘rgazmaga 165 ming kishini olib kelishga musharraf bo‘ldi. Ko‘rgazma turlari katta foyda keltirganligi sababli, Kuk Angliyalik turistlarning 1865 yilda Parijga Butunjahon ko‘rgazmasiga ommaviy ravishda tashrif buyurishining tashkilotchisi bo‘ldi. 1856 yildan boshlab Yevropa bo‘ylab turlar odatiy xolga aylandi, Kukning turistlik agentligi va uning filiallari tuzildi. Turistlik kompaniyaning misli kurilmagan muvaffakiyatga erishganligini Kuk turistlarga taklif etgan katalogdan 8 mingdan ortiq mehmonxonalarning o‘rin olganligi ham tasdiqlaydi. 1870 yilda «Tomas Kuk» turistlik firmasi mijozlari soni 500 ming kishiga yetdi.
Yevropa va Amerika qit’alari o‘rtasida muntazam kema katnovi 1832 yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 1866 yilda Kuk AQSH ga turistlarning dastlabki ikki guruhini junatadi. Turlar uzoq muddatli bo‘lib, besh oygacha davom etgan. Tomas Kukning xizmatlaridan foydalangan amerikalik taniqli turistlardan biri Mark Tven bo‘lib, u oltmish kishidan iborat guruh tarkibida ishtirok etgan va keyinchalik bu sayohatni kalamga olgan. Tomas Kuk 1872 yilda birinchi bo‘lib industriya asosida jahon bo‘ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Dastlabki 20 sayohatchi butun jahon bo‘ylab 220 kun davomida sayohat qilganlar. Tomas Kuk 1892 yilda vafot etib, uning ishini ugillari va sheriklari davom ettirishgan. Kompaniya o‘z faoliyat sohasini kengaytirib, yirik moliyaviy institutga aylangan va sayohatchilar uchun yo‘l cheklari chiqara boshlagan. Bu esa o‘z mohiyatiga ko‘ra asr ixtirosi - xavfsiz pullar edi. Bugungi kunda «Tomas Kuk» kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan ortiq turistlik agentliklarga ega bo‘lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat ko‘rsatadi.
Sayohatlardan hayot faoliyatning alohida jozibador usuli sifatida yangi shakl - turizm ajralib chiqqan bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlar va hislatlari bilan tavsiflanadi.
Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi dеb tan olingan baptist ruxoniysi - Tomas Kuk birinchilardan bo'lib sayohatchilarning ommaviy safar uyushtirishining foydaliligini anglab еtdi hamda 1843 - yilda o'z qavmi uchun dastlabki tеmir yo l orqali turni tashkillashtirdi va muvaffaqiyatga erishdi.

2.1.1 - rasm. Tomas kuk
Ilk bor Tomas Kuk tashabbusi bilan temiryo’l kompaniyasi “Midland Countries Railway” tomonidan Leyster va Lafboro shaharlariga maxsus sayohatlar uyushtirildi. Keyinroq reklama maqsadida Tomas Kuk sayohatlarining qiziqarli, ajoyib ma’lumotlarga to’la ajralib turganligi uchun hamda sayohatchilarning ko’payib borayotganligi sababli temiryo’l kompaniyasi Tomas Kukga chegirmalar qildi. Tomas Kuk o’ziga to’q sayohatchilardan tortib oddiy, moddiy tomondan qiynalgan insonlar uchun ham maxsus sayohatlar uyushtirardi. Bu ham albatta ommani sayohatga , turizmga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishga yordam berdi. Asta asta sayohatchilarning soni yuzlab emas, minglab osha bordi. Uning sayohatdan asosiy maqsadi “ O’rta narxda yuqori rag’batlar ostida yuqori sayyohlar sonini ko’paytirish” bo’lgan. O’sha paytlarda turizm sohasining rivojlanayotgan davrlarda Tomas Kukning ushbu maqsadi hamma uchun ma’qul bo’lgan edi. Tez orada sayohatlar qatnovi tezlasha bordi. 1850 yildan esa bir qator yevropa shaharlariga ham sayohatlar uyushtirilishi kengaya bordi. Sayohatlarni maxsus uyushtirish maqsadida Tomas Kuk “Tomas va o’gli” deb nomlangan yangi sayohat agentligini ochdi. Agentlikning birinchi amerikalik haridori Mark Tven bo’lgan. Sayohat agentligi tez orada butun dunyoni zabd etdi va mashhurlikni qo’lga kiritdi. Tomas Kuk “Sayohat yaratuvchisi” deya tan olingan. 5, 10 yildan so’ng esa “Tomas va o’g’li” firmasi 84 ta bo’limga, 85 ta agentliklarga ega bo’lgan, eng asosiysi 3 milliondan ortiq haridorlarga ega edi. Eslatib o’tamiz , 27 sentyabr kuni butunjahon Turizm kuni nishonlanadi.
Tomas Kuk — turizm daromad manbai ekanligini amaliyotda ilk bor isbotladi. Kuk 1860 yilda Londonda o’zining birinchi turistik korxonasini ochdi va bu korxona Thomas Cook Trawel nomini oldi. Kukning firmasi 20 yil ichida faoliyatini kengaytirib SHimoliy Amerikaga ham sayohat uyushtirdi.
Kuk 1846 yili qo’shni davlat bo’lgan SHotlandiyaga poezd va paroxodda sayohatlar uyushtirdi. Endi bunday sayohat Dasturlarini ishlab chiqib, pul topish Tomas Kuk va uning o’g’li uchun biznes faoliyati bo’lib qoldi. Kuk 1860 yilda Londonda o’zining birinchi turistik korxonasini ochdi va bu korxona “Thomas Cook travel” nomini oldi. Hozirgi kunda ham bu turfirma o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Kukning firmasi 20 yil ichida faoliyatini kengaytirib, SHimoliy Amerikaga ham sayohat uyushtirishni boshlab ancha tajribalar orttirdi. Kuk SHimoliy Amerikaga olib borgan turistlar guruhini Nyu York, Vashington, Rich­mond, Mammouth Cave, Cincinati, Niagara sharsharasi va Monreal bo’ylab sayohat qildirdi. Kuk tomonidan dunyoning barcha hududlariga sayohat marshrutlarini uyushtirishi natijasida bir shior paydo bo’ldi. Bu shior quyidagicha: «Sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, Kukka murojaat qiling».
Jahon bo’ylab sayohatlar 75 ming mill va undan ko’proqni tashkil qilgan. Ularda ilmiy yo’nalishlar va bilimlar tizimiga asos solgan qimmatli ilmiy ma’lumotlar olingan. Qit’alarning geografik chegaralarini aniq ko’rsatuvchi qadim dunyo xaritalari saqlanib qolgan bo’lib, ularni yaratish usullari o’z izohini topmagan. Bizga ekstremal sharoitlarda eng baland tog’ cho’qqilarini, cho’l va g’orlarni, SHimoliy va Janubiy qutbni zabt etish uchun safar uyushtiruvchi sayohatchilar, suv osti dunyosi tadqiqotchilarining nomlari ham ma’lum.














2.1.1- sxema. Tomas Kukning turizmdagi yangiliklari

Texnika taraqqiyoti ommaviy turizmning rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. 1830 yilda jahonda birinchi temir yo’l Manchester va Liverpul o’rtasida ishga tushib, u amalda sayohat uyushtirishning vaqt chegaralarini o’zgartirib yubordi. Ilgari haftalab davom etgan sayohatlarni endilikda muayyan haq to’lab amalga oshirish har bir kishining qo’lidan keladi. Temir yo’llar barcha mamlakatlarda misli ko’rilmagan sur’atlarda qurila boshladi. 1833 yilda Rossiyada CHerepanovning birinchi parovozi qurildi. 1842 yilga kelib Angliyada temir yo’l orqali yo’lovchi tashish ko’rsatkichi 23 million kishiga etdi. AQSHda 1850 yilga kelib 15 ming chaqirim masofali temir yullar qurib bitkazilgan.





Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə