Mavzu: tomas kuk kompaniyasi faoliyati tahlili


Tomas Cook turoperatorlik kompaniyasi tarixi



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə10/12
tarix01.07.2022
ölçüsü315,5 Kb.
#90291
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
TOMAS KUK KOMPANIYASI FAOLIYATI TAHLILI- 1

2.2. Tomas Cook turoperatorlik kompaniyasi tarixi
Tomas kuk va o`g`li” AJ 1841-yil 9- iyunda 32 yoshli qimmatbaho mebel ishlovchi usta tomas kuk tomonidan tashkil etilgan. Dastlab 1841-1948 va 1972-2002-yillar davomida xususiy mulk bo`lgan. 1948-1972-yillar davomida Britaniya Transport Komissiyasi tomonidan davlat mulkiga aylantirilgan va turizm va mehmondo`stlikka ixtisoslashgan.
1841-yil 9- iyunda 32 yoshli qimmatbaho mebel ishlovchi usta Tomas Kuk Lester , Nottingam , Birmingam va Derbi shaharlari bo`ylab temir yo`l transportida vazminlikni qo`llab-quvvatlovchilarni safarga olib chiqqan. 2002-yil “Tomas kuk” AJ Germaniya kompaniyasiga sotilganidan so`ng muvaffaqiyatga erishadi. 2007-yildan boshlab “Tomas Kuk” MCHJ ga aylantirilgan.
1851-yilda yilning Buyuk Ko`rgazmasiga sayohat uyushtirgan. U o`zining birinchi sayohatini 1855-yil Yevropaga , 1865-yilda esa AQSH ga uyushtirgan. 1865-yildan boshlab kompaniya asoschisining o`g`li Jon Mason Kuk to`liq stavkadagi ish bilan faoliyat yurita boshlagan.
1865-yilda Tomas Kukning biznes binosi Londonning Flit ko`chasida joylashgan. O`sha paytgacha Kuk maxsus turlarni shakllantirishni to`xtatib , mahalliy va xalqaro sayohatlar bilan shug`ullanuvchi agentlikka aylangan. Bundan tashqari , agentlik savdo bilan ham shug`ullangan (sayohatlar qo`llanmasi , teleskoplar , bagaj va boshqalar ). Tomas diniy va ijtimoiy sohalar bilan ham shug`ullangan ; uning o`g`li esa kompaniyani kengaytirishga imkon beruvchi savdo tajribalarini kiritdi. O`g`li va uning xotini offis yuqorisida kichkina vazminlik mehmonxonasini boshqarganlar. Ularning biznes modeli 1866-yil “ mehmonxona talon hujjat” (biror narsa qilishga ruxsat beruvchi hujjat )ining ta`sis etilganidan keyin oqlandi. Sayyohlar uchun koreshok kitoblarda olinadigan kuponlar nashr qilingan. Kukning ro`yxati o`z ichiga ham restoran ovqatlari va kuni bilan mehmonxonada qolish xizmatlarini oladi.

2.1.rasm. “Tomas Kuk” kompaniyasining emblemalari
Tomas Kukning Lesterdagi binosining devoridagi rasmlarda u taklif qilishi mumkin bo`lgan sayohatlar ro`yxati berilgan.
1865 – yil AQSHda dunyoning turli joylaridan kelgan turistlarni qabul qilish uchun turistik agentlik tashkil etilgan. Jon Mason Kuk bir necha fuqarolik urushi bo`lgan maydonlarga turlarni tashkillashtirgan. 1871 – yil Kuk , o`g`li va Jenkinslar deb nomlangan amerika biznesmeni bilan qisqa lekin mustahkam hamkorlik o`rnatildi. Biroq hamkorlikning bekor qilinishi bilan agentlik yana o`zining eski nomiga qaytgan. 1872-yil atigi 200 gineya evaziga 222 kun davom etadigan Atlantika okeani bo`ylab paraxodda , Amerika bo`ylab turistik avtobusda, Yaponiyaga eshkakli qayiqda, quruqlik bo`ylab esa Xitoy va Hindistonga sayohatlarni tashkil qilib boshlagan. 1873-yildan Kukning har uch oylik continental solnomasi (oylik 1883-yildan)nashr qilina boshladi
1874-yilda Tomas Kuk o`zining “ yumaloq eslatma ” nomli mahsulotini tanishtirdi , keyinchalik American Express's brand ning “sayohatchilar cheklari” nomli brendi orqali yanada mashhur bo`ldi.
1879-yil Kukni nafaqaga chiqishga ko`ndirish borasida ota va o`g`il o`rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. U ortga Lesterga qaytib , o`lgunicha shu yerda yashagan. Firma faoliyati Jon Mason Kuk va uning ikki o`gli tomonidan mustahkamlandi, ayniqsa 1800-yillar davomida O`rta Sharq davlatlariga turlarning tashkil qilinishi boshlanishi bilan Britaniya va Misr uchun pochta xizmatlari va harbiy transport zarurati yetakchi o`rinni egallaydi.
1888-yilgacha kompaniya dunyo bo`ylab o`z ofislarini o`rnatdi. U o`z ichiga Avstraliyada uchta ofis va Okland, Yangi zelandiyada bitta ofisni oladi. 1890-yilda kompaniya 3.25 milliondan ortiq chipta sotgan. Masalan, Germaniya , Shvetsariya va Fransiya bo`ylab 6 haftalik ta`til uchun er-xotin £85 to`lashadi. Garchi sayohat yetarlicha qimmat bo`lishiga qaramasdan , bu ularning hayotida bir marta bo`ladi. Bundan tashqari kompaniya sayohat davomida boshqa ko`plab xizmatlarni taklif qiladi. Masalan, o`rta klass uchun tog`ga chiqish, muzey, operalarga borish va boshqalar. Jon Mason Kuk O`rta Sharqda “Misrdaki eng buyuk inson” nomi bilan ulug`langan. Biroq 1898 –yil nemis imperatori Vilyam II ning Falastinga tashrifi davomida dizenteriya kasalligini yuqtirib, keying yili vafot etadi.
Kompaniya nomi 1924-yilda Thomas Cook & Son Ltd ga o`zgartirildi. 1928-yilda biznes “the Compagnie Internationale des Wagons-Lits et des Grandes Express Européens” operatorligiga sotildi.
Jon Mason Kukning o`g`illari Frank Genri , Tomas Albert va Ernest Edvard boshqaruv sohasida otasi bobosi kabi muvaffaqiyatga erishmaganlar.
1926-yil Londonning Berkley ko`chasida yangi boshqarmasini ochishiga qaramasdan, 1928-yil “Compagnie Internationale des Wagons-Lits” ga sotilgunga qadar oila mulki hisoblangan. 1930-yillar davomida o`z e`tiborini turlardan Misr va Falastinga qaratadi. Haqiqatan ham kompaniya Misrdaki kemasozlik , transport va sayohat operatsiyalarini o`z ichiga oluvchi asosiy ish beruvchi bo`lgan. Bankrotlikning oldini olish maqsadida Toms Kuk va og`li MCHJ o`sha paytdagi 4ta yirik temiryo`l kompaniyalari egasiga sotilgan. 1948-yil Britaniya Transport Komissiyasi tarkibiy qismi sifatida temiryo`l bilan birga davlat mulkiga aylantirilgan.
1950-yillar boshlaridan kompaniya Britaniya bo`ylab “chet el sayohatlari” ni (asosan Italiya , Ispaniya va Shvetsariya) ma`lumotli filmlar orqali reklama qilishgan. Garchi kompaniya transport va joylashtirishni qamragan pekij turlarni sotmagan bo`lsa ham u kompaniyaga qimmatga tushgan.

Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə