Mavzu: tomas kuk kompaniyasi faoliyati tahlili



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə3/12
tarix01.07.2022
ölçüsü315,5 Kb.
#90291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
TOMAS KUK KOMPANIYASI FAOLIYATI TAHLILI- 1

Faoliyat turiga ko‘ra:
1. Ommaviy bozor turoperatorlari. Ular ommaviy turizm joylariga charter aviareyslardan foydalangan holda turpaketlar sotadilar.
2. Maxsuslashgan turoperatorlar - bozorning ma’lum segmenti yoki mahsulotiga maxsuslashgan turoperatorlardir. Bular o‘z navbatida quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • maxsus qiziqishlar turoperatorlari (masalan, sport-sarguzasht turizmi, Afrikada safari uyushtirish va boshqalar);

  • maxsus boriladigan joylar turoperatorlari (masalan, Angliya, Fransiya va boshqa joylarga safarlar);

  • ma’lum mijozlar guruhi turoperatorlari (yoshlar, oilalar, ish odamlari va boshqalar);

  • maxsus joylashtirish joylari turoperatorlari (dam olish uylari, turbazalar va hokazo);

  • ma’lum transport turlaridan foydalanadigan turoperatorlar (teploxod, poyezd va boshqalar).

Faoliyat joyiga ko‘ra:
1.Mahalliy (ichki) turoperatorlar. Ular o‘zi yashayotgan mamlakat chegaralari doirasida yo‘nalishlar bilan birgalikda turpaketlar tuzadilar.
2.Chiqish turoperatorlari turpaketlarni xorijiy davlatlarga yo‘naltiradilar.
3.Qabul qiluvchi turoperatorlar. Ular turistlsrlar boradigan mamlakatda joylashgan bo‘ladi va ularga xizmat ko‘rsatishadi.
Bundan tashqari, turoperatorlarni Initsiativ va Reseptiv turoperatorlarga ham bo‘lish qabul qilingan.
Initsiativ turoperatorlar - bular turistlarni qabul qiluvchi (Reseptiv) operatorlar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri turistik korxonalar bilan shartnoma asosida xorijga yoki boshqa regionlarga jo‘natadigan operatorlardir. Bu operatorlarning faqat o‘zgalar turlarini sotish bilan shug‘ullanadigan turagentlardan farqli tomoni ular BTT me’yorlari bo‘yicha kamida uchta xizmatlardan (joylashtirish, turistlar transportirovkasi va yuqoridagi ikkitasidan boshqa istalgan xizmat turi) tashkil topadigan turmahsulot komplektatsiyasi bilan shug‘ullanishadi. Klassik Initsiativ turoperator turli joylardagi mahalliy turoperatorlar xizmatlaridan foydaianib, murakkab yo‘nalishli turlarni shakllantiradi, sayohat boshlanadigan joyga borishni va u yerdan qaytib kelishni ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda yo‘nalish ichida transport xizmati ko‘rsatilishini tashkil etadi. Reseptiv turoperatorlar - qabul qilish joyida qabul qiluvchi va xizmat yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida ish olib boradigan turoperatorlardir.
Real turizm tadbirkorligida, ko‘pincha, turizm bozori uchun harakterli bo‘lgan vazifalarning aralashuvi uchrab turadi. Turistik firma o‘zining ba’zi mahsulotlariga nisbatan ham Reseptiv, ham Initsiativ turoperator, ba’zi hollarda esa boshqa turoperator tomonidan shakllantirilgan tayyor turlarni sotish bo‘yicha turagent sifatida ham kelishi mumkin.
"Turizm to‘g‘risida"gi Qonun bo‘yicha o‘z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o‘z yo‘llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. Bunday talablarni turfirma bajaradi. Yo‘llanma turistlar bilan qilinadigan bitimga rasmiy ilovadir (xizmat ko‘rsatish joyiga ko‘rsatiladigan asosiy hujjat - vaucherdir).
Reseptiv turoperator qabul qilish uchun turlarni shakllantirish bilan shug‘ullanadi. Initsiativ maxsuslashgan turoperator, qoida bo‘yicha, bir necha punktlarda qabul qilishlardan mujassamlashtirib turlarni shakllantiradi. Bunga misol qilib ijaraga olingan maxsuslashtirilgan transportdagi transturlami olish mumkin.
Turoperator buyurtma yoki inklyuziv tur bo‘lishi mumkin bo‘lgan (sotish chog‘ida o‘zgarmaydigan, oldindan aniq bo‘lgan xizmatlar to‘plami) dasturlar paketi, turpaket (pekidj-tur) tuzadi. Mos ravishda birinchisi xizmat ko‘rsatish variantlari bilan, ikkinchisi - variantlarsiz, xizmatlar kompleksning to‘plami bilan sotiladi. Bu qabul qilish imkoniyatlari va sayohatlar yo‘nalishiga bog‘liq.

Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə