Mavzu: tuproqning morfologik tuzilishi reja: I. Kirish



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə3/16
tarix13.05.2022
ölçüsü157,5 Kb.
#87027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Tuproqning morfologik tuzilishi1
Devoriy gazetai
Tuproqning rangi (tusi) ko’zga yaqqol tashlanib turadigan eng muhim morfologik belgilardan biridir. Tuproqning rangi (tusi) unda kechadigan jarayonlarni ifodalab, tuproqlarni muayyan tiplarga kiritish imkonini beradi. Shuning uchun ham aksariyat tuproqlar uning rangi, tusiga ko’ra nomlanadi (podzol, qizil va sariq, qora, bo’z tuproqlar va h.k.)

Tuproqning rangi va tuslarida tuproq paydo bo’lish jarayonlari yaqqol aks etgan bo’ladi. Shuning uchun ham bu belgi tuproqda kechadigan ko’plab jarayonlarni va tuproqning kelib chiqish mohiyatini tushunishda alohida ahamiyatga ega. Tuproqning rangi uni tashkil etgan moddalar tusi hamda tuproqning fizik holati va namlik darajasi bilan aniqlanadi. Tuproq rangini belgilovchi eng muhim moddalar jumlasiga: 1) gumus, 2) temir birikmalari, 3) kremnezem birikmalari va ohak moddalari singarilar kiradi(7– rasm).

Tuproqda organik modda, gumus qancha ko’p bo’lsa, uning tusi shuncha qoramtir bo’ladi. Tuproq tarkibidagi temir oksidi birikmalari tuproqqa qizil, to’qsariq va sariq tus, temirning to’liq oksidlanmagan birikmasi (zakisi) - ko’kimtir, zangori, yashil tusni beradi. Masalan botqoq tuproqlarida uchraydigan vivianit (Fe3(PO4)2 ∙ 8H2O) tuproqqa yashilsimon ko’k tus beradi. Kremnezem (SiO2), kalsiy karbonati (CaCO3) va kaolinit (H2Al2Si6 O8 ∙ 2H2O) oq va oqish tus beradi, ba’zan oqish tus gips (CaSO4 ∙ 2H2O) va suvda oson eruvchi tuzlar (NaCl, Na2SO4 ∙ 10H2O va boshqa) ishtirokida ham yuzaga keladi.


Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə