Mavzu: vasiylik va homiylik


Farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga roziligi



Yüklə 323 Kb.
səhifə14/17
tarix22.07.2023
ölçüsü323 Kb.
#119806
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
VASIYLIK VA HOMIYLIK

Farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga roziligi
10 yoshga to‘lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.
Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda aniqlanadi.
Agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa va ularni o‘z ota-onasi deb e’tirof etsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.
Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi.
Farzandlikka olishga oid ma’lumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, agar ular vafot etgan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi.
Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, etim yoki ota-ona g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qo‘riqlanadigan sirini oshkor qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston fuqarolari tomonidan farzandlikka olish mazkur bola doimiy yashayotgan davlatning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, farzandlikka olinayotgan bola etim va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yaqin qarindoshi bo‘lgan yoki o‘z vatanida turli sabablarga ko‘ra farzandlikka olinishi mumkin bo‘lmagan hollarda amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning O‘zbekistonga kirishi va O‘zbekistonda doimiy yashashi uchun O‘zbekiston vakolatli organining (ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari) ruxsatnomasi talab qilinadi.
«Hozir ayrim mehribonlik uylari yopilish arfasida, lekin bu raqamlar ortidan quvish kerak degani emas. Bizda mehribonlik uyi bo‘lishi kerak emas deb bir pastda oilaviy bolalar uylari tashkil qilib, to‘g‘ri kelgan joyga berib yuborish noto‘g‘ri. Birinchidan, bolalarni oilaga oladigan oila tayyormi? Har tomonlama o‘ylash kerak, ularda ota-onalik ko‘nikmasi bormi? Bolani olishdan oldin bolani oilaga olayotgan fuqarolarni tayyorlash kerak emasmi?» — dedi Senat raisi.
Tanzila Narbayevaning so‘zlariga ko‘ra, boshqa oilaga berib yuborishdan oldin bolalarni ham tayyorlash kerak, ya’ni uning ruhiyati bilan ishlash pedagoglar bilan suhbatlashish va boshqalar. «Shuning uchun har tomonlama o‘ylab, yetti o‘lchab bir kesgan holda bolalarni oilaviy bolalar uylariga yoki farzadlikka berishni ta’minlashimiz kerak bo‘ladi», — deya ta’kidladi u.
«Bu ko‘chani remont qilish yoki daraxt ekish emas, bu farzandlar taqdiri, farzandlarning yuragi, shuning uchun bu yerda xato qilish umuman mumkin emas», — qo‘shimcha qiladi u.
Senat raisining qayd etishicha, ushbu qonunning asosiy maqsadi farzandlar institutlarda (mehribonlik uylari, bolalar shaharchasi) emas, oila bag‘rida o‘sishi va voyaga yetishini ta’minlashdan iborat.

Yüklə 323 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə