Mavzu: xorijiy ommaviy axborot vositalarini media reja: makondagi o`rni


Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalar, tahlillar asosida quyidagi xulosalar chiqarildi



Yüklə 55,33 Kb.
səhifə10/12
tarix29.12.2022
ölçüsü55,33 Kb.
#98030
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5 mavzu xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o`

Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalar, tahlillar asosida quyidagi xulosalar chiqarildi:

  • globallashuv jarayonlari juda ko‘plab o‘zgarishlar qatori mutlaqo yangi jahon axborot tartibini vujudga keltirdi, bu tartib katta-kichik davlatlarda deyarli barcha sohani, jumladan, axborot va OAV sohasini tubdan isloh etishni taqozo qildi;

  • yangi jahon axborot tartibi sharoitida dunyodagi barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar shakllandi, bu hol xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashishni osonlashtirdi;

  • jahon jurnalistikasida ikki xil tendentsiya kuzatildi: birinchisi – deyarli barcha davlatlar o‘xshash islohotlar jarayonlarini boshdan kechirdilar, ikkinchisi – ayni vaqtda har bir davlat o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘ldan bordi. Xususan, yosh mustaqil davlatlar mazkur ikki yo‘l orasida muvozanatni saqlash, uyg‘unlikni ta'minlashga harakat qildilar. Ushbu holat ham davlatlarning xalqaro imijini oshirish va mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etdi;

  • globallashuv sharoitida dunyo axborot makonini egallashga urinishlar, unga mutlaq egalikka intilish kayfiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu xalqaro mediamakonda axborotning monopollashuviga yo‘l ochmoqda, ayrim hollarda esa qudratli davlatlarning endigina rivojlanayotgan, endigina mustaqillik yo‘lini tanlagan yosh davlatlar manfaatlari bilan hisoblashmagan holda ish tutishlarida o‘z aksini topmoqda;

  • jahon mediamakonidagi real shart-sharoit va tinimsiz yuz berayotgan o‘zgarishlar milliy jurnalistikamizda keng ma'nodagi professionallashuv, hamda jamiyat a’zolari, o’sib kelayotgan yosh avlodlarning mediata’lim, mediasavodxonlik va axborot madaniyati borasidagi masalasiga alohida e'tibor qaratilishini taqozo etmoqda.

Xulosa Mazkur majmuada Internet makonida uchraydigan xavf-xatar, tahdidlar va tah­likalar haqida so‘z yuritilgani oqibatida, o‘quvchida Internetning zararli va buzg‘unchi vosita ekanligi haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘onishi ehtimoli ham mavjud. Aslida esa, unday emas. Internetda juda ko‘p foydali, ma’rifiy va qiziqarli axborotlar mavjud bo‘lib, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalangan shaxs­da turli sohalar bo‘yicha bilimi oshib boradi. Ota-onalarning vazifasi «virtual olam­ning» barcha ijobiy jihatlari bilan farzandlarini tanishtirish va o‘rgatib borish hisob­lanadi. Buning uchun barcha axborotlarni ota-onalar, avvalo, chuqur tekshirishi va buni farzandlariga ham o‘rgatishi, ularni china­kam ulkan ilm va yuksak san’at namunalari bilan tanishtirib, ularda dunyo qiyofasiga mos bo‘lgan qadriyatlar tizimini shakllantirishi lozim bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, yosh foydalanuvchilarda Internet-mada­niyatni shakllantirish va rivojlantirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 55,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə