Mavzu: xorijiy ommaviy axborot vositalarini media reja: makondagi o`rni


Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o'zlarining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobida



Yüklə 55,33 Kb.
səhifə2/12
tarix29.12.2022
ölçüsü55,33 Kb.
#98030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5 mavzu xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o`

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o'zlarining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobida - "Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko'proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo'lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa, buni sezish, ko'rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg'ab yetish nihoyatda qiyin", - degan fikrlari orqali ma'naviy tahdidlar hamda mafkuraviy tazyiqlar qanchalik kuchga ega ekanligini bayon qilganlar. Darhaqiqat, ma'naviy tahdidlar qurol-yarog' urushlaridan ming marotaba xavfliroq ekanligiga guvoh bo'lmoqdamiz. Globallashuvning avj olib ketishi, "Ommaviy madaniyat"ning keng yoyilishi har bir millatga xos bo'lgan milliy an'analarning, urf-odatlarning, millat o'zligining, millat madaniyatining yo'qolib ketishi xavfini yuzaga keltirmoqda. Millat o'zligining tanazzulga yuz tutushi millatning yo'qolishidir. Demak, milliy madaniyat, an'analar xalqning xalq sifatida, millatni millat sifatida yuksalishi uchun asosiy omildir. Bugungi kunda insonlarning internetdan, ommaviy axborot vositalaridan noto'g'ri foydalanishi, har xil zarali axborotlarni qabul qilishi o'zlari bilmagan holatda diniy ekstremizm, terrorizm, fundamentalism, fanatizm kayfiyatidagi turli oqimlarga kirib qolishiga, millatimizga xos bo'lmagan odatlarning avj olishiga va shu kabi axloqqa zid qoidalarni o'zlariga tegishli deb hisoblashiga, hali ongi-tafakkuri shakllanmagan bolalarning pornografiyaga ishqiboz bo'lib qolishiga olib kelmoqda. Bu esa, milliy mentalitetni yo'qolib borishiga, insonlarning ma'naviy dunyoqarashi qasshoqlashishiga, o'zligini unitib, manqurtga aylanishiga zamin yaratmoqda. Ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun, avvalo, insonlarda turli manaviy dunyosini buzuvchi, zararlovchi buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurashish qobig'ini-mafkuraviy immunitetni rivojlantirish zarur. Shuningdek, ta'lim-tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'ya olsak, yoshlarimizni ommaviy axborot vositalaridan foydalanishini nazorat qilib borsak, avvalo ularda mediata’lim va axborot madaniyatini rivojlantirsak ma'naviy tahdidlarga qarshi samarali kurashgan bo'lamiz.
OAV bu so‘z, obrazlar, musiqa va shu kabi shakllarda axborotlarning tezlikda uzatilishi va ommaviy tarqatilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday vositalarga ommaviylik, davriylik, tinglovchi yoki o‘quvchilar auditoriyasining kengligi kabi xususiyatlar xosdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda OAV imkoniyati va qamrovining keskin darajada o‘sganini qayd etish lozim. OAVning qamrov darajasi, boshqacha aytganda:

  • mahalliy;

  • umummilliy;

  • mintaqaviy;

  • xalqaro (global) miqyosda faoliyat ko‘rsatishi ham uning ta’sir doirasini ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.


Yüklə 55,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə