Mavzu: xorijiy ommaviy axborot vositalarini media reja: makondagi o`rni


Jahon media makonida axborot tarqatuvchi OAV(MAS-media) lari



Yüklə 55,33 Kb.
səhifə3/12
tarix29.12.2022
ölçüsü55,33 Kb.
#98030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5 mavzu xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o`

Jahon media makonida axborot tarqatuvchi OAV(MAS-media) lari:

  1. 1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi bugungi kunda 24 soat davomida axborot uzatish bilan shug‘ullanadi. Hozirda CNN tarkibida yangilik tarqatish bilan shug‘ullanadigan 14 kabel va sputnik kanallari, 2 ta radiostansiya, 6 ta internet sayti va xorijiy mamlakatlardagi 37 ta byuro faoliyat ko‘rsatmoqda. CNN yangiliklari 38 ta kosmik yo‘ldosh signallari yordamida uzatiladi, uni 212 mamlakat va hududdagi 1,5 milliard odam bir vaqtning o‘zida ko‘rish imkoniga ega. 1991 yilning yanvarida aynan CNN yordamida Fors ko‘rfazida olib borilgan harbiy harakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleefirga olib berildi. 2001 yilning 11 sentyabridagi terrorchilik amaliyoti haqidagi telesyujetlar ham shu kompaniya harakati tufayli butun dunyoga voqea sodir etilgan joydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib turildi.

  2. Bi-bi-si eshittirishlar korporatsiyasiga (British Broadcasting Corporation, BBC) esa 20 dan ortiq telekanal va 14 ta radiokanal, bir qator saytlar va 40 yaqin jurnallar tegishlidir. BBC 40 dan ortiq tillarda eshittirishlar olib boradi.

  3. Britan Tarqatuv Korporatsiyasi, qisqartmasi: BBC (talaffuzi: Bi-Bi-Si), Buyuk Britaniya ijtimoiy tarqatuv korporatsiyasidir. Birlashgan Qirollikda radioeshittirish olib borish uchun tuzilgan. 23 ming nafar xodimi bilan jahondagi eng yirik tarqatuvchi boʻlib turibdiBBC shtab-kvartirasi Londondagi Broadcasting House binosida joylashgan. Tashkilot 1922 yilda tashkil etilgan. Xalqaro eshittirish 1932 yilda boshlangan. 1929 yildan boshlab Londonda transmitter ishlatilgan, 1930 yilga kelib Brukmans Parkidagi antenna yordamida muntazam televizion ko'rsatuvlar efirga uzatilgan. Baird kompaniyasi, hozir BBC One nomi bilan tanilgan, 1932 yil 2 -avgustda televizor ishlab chiqarishni boshladi. 5 dastur (siyosat, iqtisod, biznes, madaniyat va sport) boʻyicha radioeshittirishlar berib boriladi; 1936-yildan 2 kanal boʻyicha teleeshittirish ham (umumiyommabop va madaniymaʼrifiy sohalarda) beriladi. Chet elga eshittirishlar (BiBiSi Umumjahon xizmati) kecha kunduz (24 soat) ingliz va 40 dan ortiq xorijiy tilda berib, BBC Oʻzbek tahririyati 1994-yil noyabr oyida tashkil etilgan, eshittirishlar oʻzbek tilida olib boriladi. 1996-yil mart oyigacha faqat qisqa toʻlqinda eshittirishlar berilgan boʻlsa, keyinchalik oʻrta va oʻrta qisqa toʻlqinlarda berilmoqda. BBC ning Oʻzbekiston tahririyati Oʻrta Osiyo va Kavkaz xizmati tarkibiga kiradi, mazkur xizmat oʻzbek tilidan tashqari qozoq, qirgʻiz, ozarbayjon va rus tillarida eshittirishlar beradi. BBC jahondagi koʻpchilik davlatlarda keng yoyilgan muxbirlik tarmogʻiga ega.


  4. Yüklə 55,33 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə