Mavzu: xorijiy ommaviy axborot vositalarini media reja: makondagi o`rni


Global tarmoqning chegara bilmasligi



Yüklə 55,33 Kb.
səhifə6/12
tarix29.12.2022
ölçüsü55,33 Kb.
#98030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5 mavzu xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o`

Global tarmoqning chegara bilmasligi foydali axborotlar bilan bir qatorda, no­sog‘lom mazmundagi axborotlarning ham tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin.
Maqsad — bolani Internetdan ajratib qo‘yish emas, balki uning kamol topishi uchun mukammal vositalar yaratish
«MySpace» bu nima? Kiberxavfsizlik bo‘yicha mustaqil ekspert Tomas Uayt MySpace ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari akkauntlarining 427 milliondan ortiq paroldan iborat ma'lumotlar bazasini chop etdi. Ma'lumotlar hajmi 14 GBdan ortiqni tashkil qiladi. Tadqiqotchi foydalanuvchilarga ularning profillari o‘tgan yili xakerlar hujumidan zarar ko‘rganmi yoki yo‘q - tekshirishni taklif qiladi. 2016 yilning may oyida yovuz niyatli kishilar ma'lumotlar bazasini internetning qora bozorida sotishga qaror qilishgan, shundan so‘ng MySpace ma'muriyati barcha parollarni tashladi. Manbaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq akkauntlarining ma'lumotlari hech qanday qiziqish uyg‘otmaydi, biroq foydalanuvchi barcha saytlarga nisbatan bitta parolni qo‘llagan bo‘lsa, bu ma'lumot tovlamachilarga boshqa servislarga ham kirish imkonini beradi.
«MySpace» ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilarining 12 yillik (2003—2015-yillar) ma’lumotlarini yo‘qotib qo‘ydi. Bu haqda «Xaytek» yozmoqda. Ijtimoiy tarmoq 2015-yilgacha joylangan barcha audio, video va fotofayllaridan ayrildi. Taxminlarga ko‘ra, 14 million nafardan ortiq musiqachining 12 yil davomida joylangan 50 milliondan ziyod treklari yo‘qolgan. Bloger hamda «Kikstarter» sobiq texnik direktori Endi Bayo shuncha ulkan ma’lumotlar bazasi «tasodifan yo‘qolib qolishi» mumkinligiga shubha bilan qaramoqda. «MySpace» — musiqa ayirboshlashga ixtisoslashgan ommaviy ijtimoiy tarmoq. Shu tarmoq «Arctic Monkeys» guruhini va qo‘shiqchi Adelni jahonga tanitgan. «MySpace» 2006-yili AQShda hatto «Google»dan ham mashhur edi, biroq hozir Okeanortida «kuchli mingtalik»ka ham kirmaydi.
Yoshlar o’z qarashlarini bayon etishda yoki fikr-mulohazalarini tasdiqlashda mediadan foydalanadi. Medialar fuqarolik jamiyati xususidagi bahsmunozaralar uchun faol maydoncha vazifasini o’taydi. Ular “partisipatsiya” hodisasini, ya’ni shaxslar va hamjamiyatlarning, deylik, ijtimoiy tarmoqlar orqali, turli fuqarolik aksiyalari va munozaralarida birgalikda ishtirok etishini yuzaga keltiradi. An’anaviy medialarda odatda kattalarning fikri ustunlik qiladi, shu bois yoshlar virtual makonda o’z qarashlarini bayon etishni afzal biladi. O’zini jamiyatning faol a’zosi deb his etish yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga yordam beradi. Xabardorligi yuqori bo’lgan insonlar qarorlar qabul qilish hamda jamiyat hayotida ishtirok etishga yaxshiroq tayyor bo’ladi. Bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro Konvensiya bolalar va yoshlarning turli kanallar orqali o’z qarashlarini bayon etish, axborot izlash va olish huquqlarini kafolatlaydi. Shu bilan birga, ularning yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan xabardorligini oshirish, bunda jumladan, mediakontent imkoniyatlaridan foydalanish, ularga qarorlar qabul qilish hamda o’zlari ma’qullamaydigan fikrlarni inkor etishga yordam beradigan axborotni qayerdan va qanday olishni ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 55,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə