Mavzu: Yoshlarimiz ongi va qalbiga qaratilgan “ommaviy madaniyat” ijtimoiy pedagogik tahdidi reja



Yüklə 188,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix25.01.2023
ölçüsü188,31 Kb.
#99220
1   2   3   4
(Musiqa Ommaviy madaniyat)

qoplonlar mafiyasig
a qarshi jangga otlandim. Ular shunday tezlikda 
yurishardiki, hatto 
“Tiko” ham yetolmasdi
. Bizzi to’dadagi sherlarni hammasi 
ishkalda otvechat
qilolmay, Afrika choyxonasida osh damlab o’tirishgandi. Faqat 
sani paxaningdan
tashqari... Mani boshqa 
sherlar podstavka
qilib yuborishgan 
ekan. Keyin ular bilan 
razborkaga 
kirishdim...
Ada, sizzi o’kirishingiz qo’rqinchli, meniki esa vobщyem kulguli
. Xafa 
bo’lma o’g’lim, sabr qil, o’qirishga 
muzikalnыy slux
kerak. 
Konservatoriyaga 
o’qishga kirsang, hammasi joyida bo’ladi. Ada, agar chyotkiy o’kirishimni
xohlasangiz, man 
volyaga
chiqishim kerak. O’g’lim,
nima qamoqdamiding 
volya
so’rab qolding
Sani 
prikrasno tushinib turibman... Voy, krыsa, qani darrov vozvrat 
qilchi ...
Ey Sherpo’lat 
vorovskoy mirda
hyech narsani tushunmaysanda ... Nima 
deysan, o’kirishni o’rganarmikan? Da, konechno, o’zim shkolaga oboraman...
Voy, 
qobil turshak
, sendan oldin men keldim... Voy nomardlar, hali 
spros
berasanlar bunga...
Voy, esim qursin, bugun 
Turdioy bilan strelkam
bor edi. Aytganday, 
jonginam, sanga deb 300 dollarga tilla magazinidan sotib oldim...
“Ommaviy madaniyat” mahsulotlari sirtdan yaltiroq ko’rinishi, yangiligi bilan 
ularni o’ziga jalb qiladi. Yoshlardan chuqur fikr-mulohaza yuritishni talab etmaydi, 
ularni o’qishga, bilim olishga emas, balki o’ynab-quvnab, “yashab qolish”ga 


chaqiradi. Aslida “ommaviy madaniyat”ning, uni tarqatayotganlarning ham asl 
maqsadlari shundan iborat. Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar 
tashkil etishini va ommaviy madaniyat mualliflari aynan ana shu auditoriyani 
nazarda tutayotganini e’tiborga olsak, vazifalarimiz mas’uliyati aniq ayon bo’ladi.
Ana shu vazifalarni oydinlashtirish maqsadida biz “Talaba g’oyaviy-estetik 
immunitetning tarkibiy qismlarini belgilab chiqdik: Har bir to’garak a’zosi – talaba 
bilan erkin suhbat o’tkaziladi. Har bir ko’rsatkich 10 ballik tizimda baholanadi. 
Bunda quyidagi aniqlovchi savollardan foydalanish mumkin: 
1.
“Ommaviy madaniyat”ning asosiy maqsadini, mazmun mohiyatini bilish. 
2.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalari mazmun-mohiyatini bilish. 
3.
Milliy va mumtoz san’atimiz turlarini, afzalliklarini bilish. 
4.
“Ommaviy madaniyat” mafkurasi misollarini hozirgi hayotda uchrayotgan 
ko’rinishlarini bilish, ularga mustaqil munosabat bildira olish. 
5.
Ularni fosh qilish qobiliyati. 
6.
Yot mafkuralarning ta’sir ko’rsatish usullarini bilish. 
7.
Yot mafkuralar ta’siriga duch kelganda nima qilishni bilish (Proyektiv 
pedagogik vaziyatlar orqali ochiladi.) 
8.
Milliy va jahon san’ati tarixi nazariyasi, an’analaridan yangiliklaridan 
xabardorlik 
9.
Sevib tinglaydigan va ijro etadigan san’at namunalari orasida milliy san’at 
asarlarining o’rni. 
10.
Milliy san’atimizni tengdoshlari orasida targ’ib qilish.
Oliy ta’lim muassasasi badiiy havaskorlik to’garaklarida talabalarning 
san’atga bo’lgan ehtiyojlarida muayyan o’zgarishlar yuz beradi. Masalan, 
o’tkazilgan so’rovlardan dastlab havaskor talabalarning 89%i san’atning 
zavqlantirish, rohatlantirish, vaqtni mazmunli o’tkazish kabi gedonistik 
xususiyatlariga e’tibor qaratgan bo’lsalar, keyinchalik bir yildan so’ng 
talabalarning 91%i san’atni o’z dunyoqarashlarini kengaytirish, tasavvurlarini 
boyitish vositasi deb bilishlari kuzatildi. Bu esa badiiy to’garaklarda san’atning 
tarbiyalovchi funksiyasining oshirilishi evaziga erishildi. 


“Ommaviy madaniyat”ning ma’naviyatimizga, badiiyatimizga tahdid 
solishida dastlab ommaviy axborot vositalari asosiy rolni o’ynadi. Globallashuv 
tufayli sanoat asosiga ko’chirilgan, saviyasi past ommaviy madaniyat 
mahsulotlarini ko’paytirish va sotish bo’yicha qudratli tizim yaratildi. Endi istagan 
do’kondan dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo’shiq, klip
audio-videotasmasini topish mumkin. San’atga, “ommaviy madaniyat”ga 
mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo’ladigan, yengil-yelpi ijod bilan tanilgan 
yosh san’atkorlar paydo bo’ldi. o’zlari shoir, o’zlari bastakor, o’zlari ijrochi 
bo’lgan, maxsus musiqiy bilimi bo’lmagan ko’plab guruhlar paydo bo’ldi va ular 
o’z mahsulotlarini istagancha reklama qilmoqdalar. Yoshlar esa ana shunday 
siyqasi chiqqan, lekin ma’lum ma’noda “o’z auditoriyasini topgan”, “san’atkor”lar 
bilan yuzma-yuz turibdilar.
Bunday vaziyatda badiiy havaskorlik to’garaklari “ommaviy madaniyat”ning 
yoshlar didini siyqalashtirib, jo’nlashtirib yuboruvchi buzg’unchi ta’sirga qarshi 
faoliyat olib borish lozim.

Yüklə 188,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə