Mavzu: Yoshlarimiz ongi va qalbiga qaratilgan “ommaviy madaniyat” ijtimoiy pedagogik tahdidi reja



Yüklə 188,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix25.01.2023
ölçüsü188,31 Kb.
#99220
  1   2   3   4
(Musiqa Ommaviy madaniyat)



Mavzu: Yoshlarimiz ongi va qalbiga qaratilgan “ommaviy 
madaniyat” ijtimoiy pedagogik tahdidi 
 
REJA 
 
1.
 
«Ommaaviy madaniyat» ning tarixi va kirib kelish sabablari. 
 
2.
 
«Ommaviy madaniyat» ning asosiy maqsadi, mazmun 
mohiyati. 
 
3.
 
«Ommaviy madaniyat» ning darajalari. 
 
4.
 
«Ommaviy madaniyat» ning rivojlvnishida axborot 
texnologiyalarning tutgan o’rni. 
 
 
5.
 
«Ommaviy madaniyat» ning bugungi kundagi mafkuraviy 
tahdidi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Prezident Islom Karimov 2007 yil 30 avgust kuni Oqsaroyda Senat, Prezident 
devoni, Vazirlar Mahkamasining qo’shma majlisida so’zga chiqib, bugungi kunda 
yoshlarimiz qalbi va ongiga tahdid solayotgan ommaviy madaniyat tahdidi 
mohiyatini ochib berib: “Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir 
masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni kommunistik mafkura va ahloq 
normalaridan voz kechilgandan so’ng, jamiyatda paydo bo’lgan g’oyaviy 
bo’shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo’lgan, ma’naviy va 
ahloqiy tubanlik illatlarini o’z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib 
kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo’lishi kerak” - dedi.
Ushbu ogohlikka da’vat yoshlarni, ayniqsa oliy ta’lim muassasalarida 
talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda yangi, amaliy vazifalarni belgilab berdi. 
Zero shu paytgacha bizga xuruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar qatorida 
“ommaviy madaniyat” tahdidi bu darajada qayd qilinmagan va ma’naviy-axloqiy 
tarbiya rejalarida maxsus qayd qilinmagan edi. Ushbu tahdidning pedagogik 
nuqtai-nazardan o’rganilmaganligi, to’g’ridan to’g’ri talaba yoshlarning 
g’oyaviy-estetik dunyoqarashiga qaratilganligi sababli biz ommaviy 
madaniyatning mohiyati, uning yoshlar madaniyati va ma’naviyatiga ta’sirini 
pedagogik talqin qilishni alohida masala sifatida belgilab oldik. Bu borada xorijlik 
jamiyatshunos, madaniyatshunos, faylasuf va pedagog olimlardan Ortega-i-Gasset, 
U.P. Smolskaya, D.Bell, A.Ya.Fliyer, T.A.Fetisova, V.P.Rudnev, V.P.Shestakov, 
K.T.Teplis, Ye.N.Shaginskaya, O.Xaksli hamda O’zbekistonlik olimlar 
N.Umarova, M.Quronovlarning tadqiqotlariga murojaat qildik.
“Ommaviy madaniyat” iborasining keng tarqala boshlashi XIX asr oxiri va 
XX asr boshlariga to’g’ri keladi. “Ommaviy madaniyat” an’anaviy madaniyatning 
ma’lum yo’nalishi sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o’zgarishi, hayot 
taqazosi asosida yuz berdi. Ommaviy axborot va kommunikasiya (radio, kino, 
televideniye, ko’p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin 
rivoji va tarqatilishi bunga sabab bo’ldi. Ma’naviy boyliklarni industrial tijorat 
ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demokratlashtirish, aholi bilim darajasi 


o’sishi bilan birga uning ma’naviy ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila 
boshladi. 
Tadqiqotchilar ommaviy madaniyatning dastlabki shakli deb, XIX asrning 30-
yillarida adabiyotda paydo bo’lgan va ommalashib ketgan sarguzasht janrini 
ko’rsatishadi. Asr oxirida haftalik ommaviy axborot vositalari ana shunday 
asarlarni tinimsiz chop eta boshladilar. Vaqt o’tishi bilan ushbu jarayonga “Yurak 
matbuoti” yoki “qalb industriyasi” deb nom berdilar.
Asr oxirida Amerika qo’shma Shtatlarida ommaviy madaniyatning komiks 
shakli paydo bo’la boshladi. Bu janr boshda faqat bolalar uchun mo’ljallangan 
bo’lsa, bora-bora kattalar hayotining ham ajralmas qismiga aylandi. Aniqrog’i, 
“Ommaviy madaniyat”ning keskin rivoji XX asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Shu 
vaqtdan boshlab u keng qamrov va hujumkorlik bilan tarqala boshladi. 
Amerikalik atoqli siyosatshunos Zbignev Bjezinskiy: “Agar dunyoga huquqni 
- Rim, parlamentni - Angliya, madaniyatni - Fransiya bergan bo’lsa, AQSh - fan va 
texnologik revolyusiyasi bilan ommaviy madaniyatni berdi” - degan edi. 
An’anaviy madaniyatda bo’lganidek, ommaviy madaniyatning ham universal 
xarakteristikasi hamon mavjud emas. Buni shunday tushuntirish mumkin. Gap 
shundaki, “Ommaviy madaniyat” ilmiy-falsafiy kategoriya sifatida o’ziga yakdil 
uchta tushunchani qamraydi. Birinchidan, “madaniyat” – alohida xarakterdagi 
mahsulot. Ikkinchidan, “ommaviylik” – mahsulotni tarqatish me’yori. 
Uchinchidan, “madaniyat” – ma’naviy boylik.
Ommaviy madaniyat hozir insoniyat hayotining barcha jabhalariga tez kirib 
bormoqda va o’zi tarqalish uchun qulay makonni shakllantirmoqda. Kommunistik 
mafkura hukmronligi davrida o’ziga xos komunistikmadaniyat – komunistik Sobiq 
Ittifoq mintaqasida, mafkuraviy temir devor madaniyatga joy qoldirmas edi. Temir 
devor yiqilgach, Ommaviy madaniyat sovet respublikalariga seldek bostirib kira 
boshladi, shu jumladan o’zbekistonga ham. Shuning uchun ommaviy 
madaniyatning namoyon bo’lish holatlarini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish 
muhim zaruriyatga aylandi. Faylasuf A.Ya.Fliyer taklifiga binoan “ommaviy 
madaniyat” yo’nalishlarini quyidagicha belgilash mumkin: 


-
“Yoshlar submadaniyati” industriyasi; 
-
Ommaviy ijtimoiy mifologiya; odamga murakkab qadriyatlar yo’nalishi 
tizimini joylashtirish; dunyoni ko’p qirrali tushunishini oddiylashtirish; 
– Ommaviy dam olishning tashkiliy turlarini, turli shoularni, qiziqish va 
dam olishni sanoat asosiga ko’chirish; 
-
Sog’lomlashtirishga qaratilgan dam olish industriyasi; 
-
Ehtiyojni qondirishni boshqarish va individual, shuningdek, jamoa 
foydalanadigan xizmatlar, takliflarni rag’batlantirish tizimini tashkil etish 
(reklama, imidjmeykerlik va xokazo). 
- Har xil o’yinlar, mexanik o’yinlardan tortib, elektron, kompyuter va boshqa 
vositalardan foydalanish.
Shunday qilib ommaviy madaniyat – bir o’lchamli hodisa emas. U o’ziga xos 
tur va darajaga egadir. Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, “ommaviy 
madaniyat”ning uchta asosiy darajasini ko’rsatadilar; 
1.
Kitch – madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati) 
2.
Mid – madaniyat (“o’rtamiyona” madaniyat); 
3.
Art – madaniyat (ma’lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega 
madaniyat).
“Kitch” nemischa “kitschen” olmoshidan hosil bo’lgan va saviyasi past, arzon 
va jo’n asar yaratib, sotishni bildiradi. Bunday asarlar haqiqiy san’at durdonalari 
soyasida paydo bo’ladigan bo’sh, tez unutiladigan madaniyat mahsulotlaridir.
Muammolarni cheklangan, hayotdan uzoq qilib tasvirlash, obrazlarni, g’oya 
va syujetlarni qolipga solish, mayda turmush tashvishlariga o’ralashib qolgan 
qatlamga mo’ljallangan madaniyat asarlarini yaratish. 
Mid - madaniyatining qamrovi keng, darajasi ancha baland. U an’anaviy 
madaniyatning ayrim xususiyatlarini aks ettirsa ham, “ommaviy madaniyat”ga 
bevosita taalluqlidir.
Art madaniyati odatda, aholining bilimli qismiga mo’ljallangan “ommaviy 
madaniyat”dir. Uning vazifasi ommaviy madaniyatni maksimal darajada an’anaviy 
madaniyat standartlariga yaqinlashtirishdan iborat.


Bundan tashqari ba’zi bir mutaxassislar ommaviy madaniyatning yana ikki 
alohida turini – popmadaniyat va rokmadaniyatni ham ko’rsatadilar, chunki hayot 
ularning ham yashovchanligini hamda muayyan tabaqadagi kishilarning ongini 
egallaganligini ko’rsatdi. 
AQShda bo’sh vaqt, ya’ni dam olishni sanoat asosiga ko’chirgan. Aholining 
badiiy jihatdan unchalik yuksak bo’lmagan talablarini qondirish (yoki ushbu 
talablarni shakllantirish) maqsadida ommaviy badiiy adabiyot (fantastika, 
sarguzasht, bulvar adabiyoti, “ayollar” romani) dunyoga keldi. Shuningdek, arzon-
garov jangari, triller, melodrama va boshqa filmlarning g’oyasi va o’lchami bitta – 
odamlarning amerikacha munosabatlarini qaror toptirish; musiqa janrida ham 
asosan ana shu maqsad kuzatiladi. 
XX asrda jazning yuzaga kelishi va rivojlanishi bilan dunyo musiqa 
madaniyatini o’zgartirib yubordi. Jaz XX asr arafasida dunyoga keldi. Uning 
tomiri negrlarning an’anaviy madaniyatiga borib taqaladi. Musiqadagi ritmik 
pauzalarning kuchayib, pasayib turishi qora tanlilarning “sprichuels”, regtaym va 
blyuz kabi o’ziga xos o’yinlarini eslatib turadi. 
XX asrda o’yin madaniyati mislsiz miqyosda tarqaldi. Jahonni egalladi. U 
bo’sh vaqtni o’tkazish vositasiga aylandi. Densing va diskotekaga sig’inish yuzaga 
keldi. Musiqa shaklining rivojlanishi, eskilarining yo’qolishi va o’yinda yangi stil 
usullarining kirib kelishiga sabab bo’ldi. 1920 yillarda “Charlston” modada bo’lsa, 
keyinchalik uning o’rnini “step”, “chechetka”, jazdan ajralib chiqqan irland jigisi 
keyinroq, 50 yillarda “rok-n-roll”, 60 yillarda “sheyk” va “tvist” xitga aylandi va 
uning ommaviyligini ta’minlashda barcha vositalar ishtirok etdi: gramplastinkalar 
chiqarildi, televideniye va radiomahsulotlar tarqatildi. Bu “ommaviy madaniyat” 
tarqatilishidagi eng omadli tijorat loyihasi edi.
– Disko o’yin yo’nalishi hozirgi kunlarimizgacha yetib keldi, u juda 
ommaviy bo’lmasa-da, hali bor.
“Ommaviy madaniyat” bugun iqtisodiyotning eng daromadli tarmog’iga 
aylanib bormoqda. Uni hozir “qiziqishlar industriyasi”, “tijorat madaniyat”, “pop-
madaniyat”, “bo’sh vaqtdan foydalanish industriyasi” deb atay boshladilar. 


Ma’lumki, mehnatkashlarning ma’lum qismida bo’sh vaqt serob. “Ommaviy
madaniyat” mazmunini boyitishni taqoza qiladi, chunki mamlakatimizda ishlab 
chiqarishning tobora sanoatlashishi, avtomatlashtirish jarayonida aholi o’rtasida 
“bo’sh vaqtni yopish ehtiyoji” ham oshib bormoqda. Ana shu jarayondan hosil 
bo’ladigan muammolarni hal etish ehtiyoji “ommaviy madaniyatni” yuzaga 
keltirmoqdaki, bu ayniqsa odamning ongiga, ya’ni adabiyot va san’atning barcha 
turlariga bevosita bog’liqdir. Keyingi o’n yillikda madaniyatni 
demokratlashtirishda kino, televideniye, kasseta, sport albatta (uning tomoshabinga 
taalluqli qismi) juda muhim kanallar hisoblanmoqda. Ular ayni paytda turli 
toifadagi odamlarning to’planishiga sabab bo’lmoqda. Ko’pincha ularni 
birlashtirgan istak – o’zlarini psixologik jixatdan bo’shatib olish istagidir. 
“Ommaviy madaniyat” madaniy mollar bozoridagi tovarga aylanib, muayyan 
xususiyatlar kasb etdi. Avvalo u “oddiy” (buni jo’nlik deb atasa ham bo’ladi). 
Chunki ko’pincha bunday mahsulotlar “ko’cha odami”ga mo’ljallangandir. 
Ommaviy madaniyat o’z vazifasini to’la bajarishi, ya’ni ishlab chiqarishdagi 
asabiyliklarni olib tashlashi uchun u eng kamida qiziqarli bo’lishi lozim. Albatta, 
bunday madaniy mahsulotlar intellektual jihatdan yetarlicha rivojlanmagan 
odamlar ehtiyojini qondirishi mumkin va inson ongi, kechinmalariga ta’sir etadi. 
Shuning uchun ham “Ommaviy madaniyat”ning “eng qiziqarli” va hammaga 
tushunarli mavzulari – muxabbat, oila, karyera, jinoyatchilik va xo’rlash, 
sarguzasht, qo’rqinch va xokazolardir. Mavzular ekspluatasiyasidan uning egalari 
katta daromadlar olmoqdalar.
“Ommaviy madaniyat” baynalminal va milliy bo’lishi mumkin. Estrada 
musiqasi bunga misol bo’ladi: u hammaga tushunarli va barcha yoshdagilarga, 
bilim darajasidan qat’iy nazar, aholining barcha qatlamlariga o’ng’ay. 
“Ommaviy madaniyat”ning badiiy qimmati xalq madaniyatidan pastroq 
bo’ladi. Lekin uning auditoriyasi kengroq, chunki u muallifli, u odamlarning shu 
daqiqadagi ehtiyojini qondiradi, har qanday yangi voqyea va hodisalarga 
hozirjavob bo’ladi. Ma’lum vaqt o’tgach, ular o’z dolzarbligini yo’qotadi, eskiradi 


va modadan qoladi. Yuksak darajadagi asarlar va xalq madaniyati bunday 
qismatga uchramaydi.
1917 yili bolsheviklar hukumatni egallagach, avvalo ular madaniyatni isloh 
qila boshladilar. Badiiy ijod ahlidan proletarlashtirilgan asarlar yaratishni talab 
etdilar. Ular shunday shiorni olg’a surdilar: “San’at xalqqa tushunarli bo’lishi 
lozim”. Bolsheviklar bu shiorni nemis marksisti Roza Lyuksemburgga tegishli, deb 
e’lon qildilar. Keyinchalik u aslida bunday demaganligi ma’lum bo’ldi. Ya’ni u: 
“San’atni xalq tushunishi lozim!”, deganligi aniqlandi. Birinchi shiorda yuksak 
madaniyatni ongi jo’n xaloyiq, olomon darajasigacha tushirish nazarda tutilgan. 
Ikkinchisida xalqni jahon madaniyati darajasiga ko’tarish uchun o’qishga va 
takomillashishga chaqiradi. 
Yoshlar bilan ularga tushunarli bo’lgan o’rtacha tilda muloqot va munosabat 
qilinishi ommaviy madaniyat usullarining muhim jihati hisoblanadi, bundan 
tashqari, boshqa kishi ongiga bevosita bog’liq jihatlari ham bor. Masalan, 
individning ijtimoiy voqyea va jarayonlarda ma’naviy va intellektual ishtirok 
etishni hoxlamasligi. Boshqacha aytganda, ko’pchilik jamiyat a’zolarining ongi 
passivligi. Bunga yoshlarning ma’lum qismida madaniyat mahsulotlariga, 
jumladan, ommaviy madaniyatga so’nggi standart deb qarash istagidir.
Axborot texnologiyasi vositalarining roli tobora kuchayib ketganligi bois 
bo’sh, o’ta sayoz madaniyat mahsulotlari ham bozorga chiqarilmoqdaki, ularning 
ko’pchiligi ma’naviyatni yuksaltirish maqsadida emas, balki tijorat maqsadida 
tarqatilmoqda. Natijada an’anaviy madaniyat makonida mumtoz xalq ijodiyoti 
yonida aholi ongini bilim va tafakkurini o’tmaslashtiradigan ijod mahsullari ham 
ko’payib bormoqda. Bu borada mamlakatimizda bir qator tashkiliy-ma’rifiy, 
ma’naviy va moddiy choralar ko’rilmoqda, albatta, lekin bunday mahsulotlar 
hayotimizga selday kirib kelishi hamon to’xtamayotir. Bu esa mutasaddi madaniy 
va ilmiy jamoatchilik oldiga muhim vazifalar qo’yadi. 
XX asrning 80-yillar ikkinchi yarmida sobiq sho’rolar mamlakati 
respublikalarida boshlangan istiqlolga intilish harakatlari sho’rolar davridagi 
mudroqlikka chek qo’ydi. Kommunistik senzura hamma vaqt yoqtirmay tanqid 


qilib kelgan “ommaviy madaniyat” ommaviy axborot vositasida hayotimizga faol 
kirib keldi, hamda aholi o’rtasida yashindek yoyila bordi. Bunga katta 
yoshdagilarning ma’lum darajada qarshilik ko’rsatgani, qabul qilolmagani, 
an’anaviy madaniy qadriyatlar ular ongu-shuuriga ancha chuqur o’rnashgani 
ko’zga tashlanib turdi. Lekin yoshlarning katta qismi ayniqsa talaba yoshlar sho’ro 
davri madaniy qadriyatlariga tanqidiy ko’z bilan qaradilar.
Yangi zamon “ommaviy madaniyat” mahsulotlarining kutilgan haridoriga 
aylandilar. Ular uchun bu mahsulotlarning o’zimizniki yoki xorijniki ekanligi 
unchalik ham ahamiyatli emas edi va hamon shu jarayon davom etmoqda. “Jahon 
to’ri” deb nom olgan internet tizimi orqali ommaviy madaniyat mahsulotlari hyech 
qanday to’siqsiz mamlakatimizga kirib kelmoqda va ayniqsa yoshlar o’rtasida keng 
tarqalmoqda. 
Shashmaqom, Betxovenni tushunish uchun odamdan yuqori musiqaviy 
madaniyat talab etiladi. Ibtidoiy, 2/4 o’lchovli kuy-qo’shiq(masalan, “qarg’alar” 
qo’shig’i)ni hamma tushunadi. Biz “Shashmaqom, Betxovenni o’chir. 
“qarg’alar”ni qo’y” deymiz. Nega shunday deymiz? Sabab – Shashmaqom, 
Betxovenning yomonligi emas, balki sho’rolar yillarida bizning musiqiy 
madaniyatimizning ajdodlarimiznikidan pasaytirilganligida. Ana shuning uchun 
ham “2008 - Yoshlar yili” doirasida aholining musiqa madaniyatiga alohida e’tibor 
berilishi talabalar badiiy to’garaklari faoliyati, milliy ma’naviyat, san’at va 
madaniyatimiz rivojida ulkan ahamiyat kasb etadi.
Xullas, odamlardan puxta madaniy bilimni, didni, tayyorgarlikni shart qilib, 
talab qiluvchi milliy madaniyatni – malikaga, bo’yanib, pardozlanib, odamlarning 
orqasidan ergashib yuruvchi “ommaviy madaniyat”ni – xulqi noma’qul ayolga 
o’xshatish mumkin.
Teatrshunos Shuhrat Rizayev talqini bilan aytganda “Yuksak madaniyat 
ommaviy bo’lishi mumkin emas. U yuqori didni, badiiy mehnatni, tayyorgarlikni 
talab qiladi. Afsuski, ba’zi teatrlarimiz uchun repertuar siyosatini belgilashda 
odamlar didini yuqoriga, yuksakka ko’tarishga emas, balki odamlarning orqasidan 
ergashishga moyillikni ko’rsatmoqdalar. Bu yo’l bilan kassaga tushumni ko’tarish 


mumkin. Lekin bebaho milliy ma’naviy boyligimiz - o’zbekistonliklarga xos 
yuksak badiiy did darajasini o’rtamiyona, ommabop, “bizlarga shu ham 
bo’laveradi”,- deydigan darajagacha tushirib, pasaytirib yuborishi mumkin.
Shuning uchun biz yoshlarimiz, xalqimiz didini pasaytirish, tushirish yo’lidan 
emas, balki aksincha, ko’tarish, yuksaltirish yo’lidan borishimiz kerak. Bu – 
madaniyat, san’at ahlining milliy burchi bo’lmog’i kerak”, - dedi (Muallifning 
filologiya fanlari nomzodi Sh.Rizayevdan 2007 yil 22 noyabr kuni Jizzax shahrida 
olgan intervyusidan). 
Sho’ro davrining o’z hududiy ommaviy-sinfiy madaniyati – “sovetskaya 
kultura”si bor edi. Sovet madaniyati nazariyasida milliy qadriyatlarga sodiq 
odamlarni qoloq, madaniyatsiz, millatchi qilib ko’rsatib, repressiya qilish nazariy 
asoslandi.
 
Ma’naviyatni asramoq – odamdagi insonni asramoqdir. Buni shior emas, har 
kunlik ish, hayotiy talab deb tushunish millatning yana yashashini belgilar ekan. 
Buni shior deb tushunib, amal qilmagan millatlar, xalqlar tarix kitoblaridan o’chib 
ketdilar. Mana yangi misollardan biri: – Patrik Byukenen “g’arbning o’limi” 
degan kitobi (Velikiye protivostoyaniya. Amerika protiv Ameriki)da “Gedonistik 
qo’shiqlarni kim to’xtatadi? Bunday jozibali o’lim qo’shig’ini yoshlarga qarab 
hamma – Gollivud, MTV, “ko’pik operalar”, teleko’rsatuvlar, qalin muqovali 
jurnallar, shou biznes, ayollarning ishqiy g’iybatlari, mish-mishlari, bestsellerlar 
kuylayotgan bo’lsa. O’qituvchidan tortib dindorgacha, hamma o’smirlarga 
“kondom” tutqazayotgan bo’lsa. Bu ahvolda ota-onalarga qanday yordam berib 
bo’ladi? Nima qilsak amerika ayollariga onalari, momolari kabi: “yuvosh er, 
shahar atrofida hovli va bir etak bola”ni qo’msaydilar? Bu sho’rpeshonalik 
ommaviy madaniyat kasofatidan bo’ldi. Chunki, “ommaviy madaniyat o’z 
qadriyatlari iyerarxiyasida shahvoniy hirsni onalik baxtidan yuqori qo’yadi. 
Ayollar jurnallari, “ko’pik operalar”, ayollarning ishqiy romanlari, praym-taym 
teleko’rsatuvlar, hammasida karyera, seks, yosh juvonning mustaqilligi(yolg’izligi) 
madh etiladi”.


Ommaviy madaniyat esa buning teskarisi - “seksual erkinlik”, “seksual 
mo’ljalni tanlash erki”ning tarafdori. qachon, qayerda, kim bilan, nima bilan? 
Buning ahamiyati yo’q. Ana shu g’oya XX asrning 50-60 yillarida AQSh va
Farbiy Yevropada seksual revolyusiyani boshlab berdi. Bu aslida ommaviy 
madaniyatning xristianlikka, xudoga qarshi revolyusiyasi bo’ldi. Bugun xudo 
ularni jazolamoqda. Buzuqi yigitlar 20-30 yoshida notavon, yengiltabiat qizlar esa 
bepusht bo’lib qolishmoqda.
Barcha dinlar, milliy madaniyatlar talaba qizlarga “o’zingni bokira tut. Asra”, 
deb keldi. “Ommaviy madaniyat” esa “Kontraseptivdan foydalan. Partneringni 
hadeb almashtiraverma. Xo’pmi!”, deb nasihat qilmoqda. Bugun u o’z nasihatini 
o’zbeklarning qizlariga aytish uchun kelayotir. 
XV asrda yashab, ijod qilgan notiq va olim Husayn Voiz Koshifiyning hayo 
va andisha haqida teran fikrlar muallifi hamdir. Tahlil qilinsa, hayo va andisha 
nafaqat qiz-ayollarni bezovchi nafis tuyg’u, balki muhim mafkuraviy, 
ijtimoiy-siyosiy, madaniy omillar ekanligi ma’lum bo’ladi: “Hayo va andisha 
dunyoda tartib saqlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Hayo yo’qolsa 
hyech kimda vijdon qolmaydi, (u holda) dunyoda tartib buziladi, kishilar 
bir-birlariga befarq qaraydigan bo’ladilar” (Axloqi Muhsiniy).
“Ommaviy madaniyat”ga, u bilan yopirilib kelayotgan ma’naviy va axloqiy 
tubanlik illatlariga nimani qarshi qo’ysa bo’ladi? Milliy madaniyatni, milliy 
tarbiyani, milliy ma’naviyatni, ota-bobolarimiz e’tiqod qo’yib kelgan islomiy 
qadriyatlarni. Ana shuning uchun ham O’zbekiston MDH mamlakatlari orasida 
birinchi bo’lib maktab, kollej, institutlarda dinshunoslik asoslari predmetini joriy 
etdi. MDHning ayrim peshqadam davlatlari bu ma’rifiy tashabbusning samarasini 
tez his qildilar. Masalan, Rossiya Federasiyasida ham 2006 yildan boshlab 
“Pravoslav(islom, Buddiylik) madaniyati asoslari” o’quv predmeti joriy etila 
boshlandi.
Biz tajriba-sinov o’tkazilayotgan badiiy havaskorlik to’garaklarida ommaviy 
madaniyat tahdidini havaskor talabalarga tushuntirish va ularda mafkuraviy 
immunitetni shakllantirishga qaratilgan “Munosabat” nomli suhbatlar ruknini joriy 


qildik. Unda talaba havaskorlar uchun qiziqarli mavzular: taniqli san’atkorlar, 
ularning mashhur qo’shiqlari, gastrollari, hayotida sodir bo’lgan qiziq voqyealar, 
yangi qo’shiqlar, “ommaviy madaniyat” mahsulotlarini muhokama qilish va o’z 
munosabatini bildirish amalga oshiriladi. Bunda har bir havaskor talaba muhokama 
qilinayotgan spektakl, qo’shiq, kuy, remiks, rep, myuzikl, kliplar, kinofilmlar, 
milliy estrada yangiliklari, jahon musiqa, estrada, teatr san’ati yangiliklariga 
munosabat bildirish metodidan foydalandik. Bunda talabalarga asarning: kontent, 
musiqiy va ijroviy tahlillarini amalga oshirish vazifasi qo’yildi. 
Masalan, 2006 yil 21 oktyabr kuni Samarqand davlat universitetining 
“Guldasta” ansambli a’zolari bilan taniqli xonanda Javodbek Kozimovning
uchrashuvi o’tkazildi. Suhbat asnosida shu yilning iyul oyida taniqli xonanda
Abram Tolmasovning “Ziyoratga keldim” deb nomlangan konsert dasturi haqida 
so’z ketdi. Pedagog-xonanda J.Kozimov konsert “Ziyoratga keldim” nomli qo’shiq 
bilan ochilganligini aytdi. qo’shiqda A.Tolmasov tug’ilib o’sgan shahri - 
Samarqandning, O’zbekistonning muqaddasligi, dunyoda bunday boy madaniyat 
va san’at maskani yo’qligi va buning qadrini musofir bo’lganda bilish mumkinligi, 
uni ko’z qorachig’i kabi asrash zarurligi haqida kuylaganligini hikoya qilib berdi. 
qo’shiq video yozuvda namoyish etildi. Undan so’ng ansambl repertuaridan joy 
olgan V.Obidov she’ri, J.Kozimov musiqasi bilan aytiladigan “O’ktam diyorim” 
qo’shig’i ijro etildi. qo’shiqdagi milliy ohang,

Yüklə 188,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə