Mavzu: Yoshlarimiz ongi va qalbiga qaratilgan “ommaviy madaniyat” ijtimoiy pedagogik tahdidi reja


Ona yurtim, senga dildan mehru vafolar



Yüklə 188,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix25.01.2023
ölçüsü188,31 Kb.
#99220
1   2   3   4
(Musiqa Ommaviy madaniyat)

Ona yurtim, senga dildan mehru vafolar
Quchog’ingda jon yayratar yeru samolar. 
O’zing bilan shavqli shomu bodi sabolar, 
Sen borsanki, dilda faxru zavqu safolar. 
Naqorat: 
O’zbekiston, dovruq solsin azming avjlari, 
Ona yurtim, senga jo’shqin yurak mavjlari, 
kabi otashin satrlar havaskor talabalarning vatanparvarlik tuyg’ulariga ta’siri 
kuchli bo’ldi.


“Ommaviy madaniyat” bilan milliy san’atimizning bir-biriga mutlaqo zid 
mohiyatini ansambl xonandasi Jahongir Niyozov shunday misol bilan tushuntirib 
berdi: “Yaqinda Sirdaryo viloyatiga bir qarindoshimiznikiga borgan edim. Guliston 
shahrida uzoq yillar talabalar badiiy havaskorlik ansamblini boshqargan ustoz 
pedagoglardan Yaxshiboy Safarov bilan suhbatlashib qoldik. U kishi shunday dedi 
“Bir Misha Abramov degan sinfdoshim bor. Xorijda yashaydi. O’tgan yili kelib 
eski tuski gramplastinkalarni terib olib ketdi. Bularni nima qilasan, yangilaridan 
olmaysanmi”, dedim. “Ey Yaxshiboy, chet elda o’zbeklarning mana shu eski 
qo’shiqlarini sevib eshitishadi. Mening yevropadagi katta davlatim ana shu 
orqasidan.
Hozir men har safar soat 4-00 dan 6-00 gacha “O’zbekiston”radiokanalini 
yozib olayapman. Chunki bu vaqt faqat milliy qo’shiqlar qo’yiladi. Olib ketib, 
sotaman. Yoshlarning klassikaga qiziqishi juda yaxshi bo’layotir. Biroq, ayrimlari 
har xil duragay qo’shiqlarni aytishayapti. Esiz”, dedi”. Havaskor talabalar dunyoda 
o’zbek mumtoz qo’shiqlariga bo’lgan shunchalik ixlosdan faxrlandilar. Ayrim 
yosh xonandalarimizning arabcha, eroncha, turkcha, meksikancha ohanglarga 
o’zbekcha so’zni yo’nib, “ommabop” qo’shiq yasab aytayotganliklarini, “ommaviy 
madaniyat” ta’siriga tushib qolayotganliklarini tanqid qildilar.
Ma’lumki, talaba yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan, yangi estetik 
standartlarni tez qabul qilishadi. Ulardagi ana shu ijtimoiy-psixologik xususiyat 
ba’zida “ommaviy madaniyat” orqali kirib kelayotgan shubhali qadriyatlarga 
tanqidiy yondashuvni ham cheklab qo’yadi. Maqbul yoki nomaqbulligi haqida 
muayyan fikr-mulohazasi bo’lmagan yoshlar hayotimizga, milliy mentalitetimizga 
mos kelmaydigan “mafkuraviy” mahsulotlarni o’zlari bilmagan holda qabul 
qilishlari mumkin.
Tajriba-sinov ishlari o’tkazilgan badiiy havaskorlik to’garaklari a’zolari 
ko’plab namunalarni aniqlab keltirdik. Jumladan, 2008 yil 8 sentyabr kuni 
Samarqand shahar Alisher Navoiy ko’chasida joylashgan “Bolalar dunyosi” 
MChJga qarashli “Bolalar mollari” do’konidagi CD, DVD, VCD turg’un savdo 
shoxobchasida “O’zbekkino” milliy agentligi ekspert komissiyasi tomonidan 


namoyish etish, tarqatish va sotish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan 
“Shokiruyushaya Aziya 1-2-3” va “Liki smerti” 1-2-3 filmlar to’plami 
sotilayotganligi; 
Buxoro shahri “Markaziy bozor” hududidagi “Buyum bozori”ga kiraverishda 
o’ng qo’lda joylashgan “DVD market” do’konida “Proklyatiye”, “Bliznesi” va 
«A.Somiy» ko’cha 11-uyning yon tomonida joylashgan do’konda “Pila-3”, 
“O’zbekiston mustaqilligi” ko’chasidagi 13-uyning chap tomonida joylashgan 
do’konda “Xostel” filmi sotilayotganligi; 
Andijon shahrida uyali telefonlardan yozib olingan videolavhalar telefonlar 
xotirasidan yozib olingan pornografik videoyozuvlar birinchisidan ikkinchisiga 
hamda uyali telefonlarga kuy va qo’shiqlar yozib beruvchi nuqtalarda 
kompyuterdan ko’chirib berilayotganligi ma’lum bo’ldi. Ushbu muammo nafaqat 
Andijon viloyatida, balki boshqa viloyatlarda ham mavjudligi ma’lum bo’ldi. 
Havaskor talabalar mazkur videolavhalar yoshlarimizning mentalitetiga milliy 
axloqiy an’analariga mutlaqo zidligini, uyali aloqa telefonlariga yoshlar o’rtasida 
qiziqish yuqoriligini inobatga oladigan bo’lsak, bunday materiallarning talabalar 
telefonlarida mavjud bo’lishi yoshlarimiz g’oyaviy-estetik iyeallariga jiddiy putur 
yetkazishi mumkinligini yakdillik bilan e’tirof etdilar. 

Yüklə 188,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə